Tasavvur qiling sizda 100k $ pul bor. Savol: Investitsiya samaradorligini aniqlash formulasi orqali quyidagi qaysi yo’nalishga sarmoya kiritish eng afzali bo’lishini izohlab bering



Yüklə 12,32 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü12,32 Kb.
#160643
(3)OPEN BOOK.docx new


3. topshiriq
Tasavvur qiling sizda 100k $ pul bor. Savol: Investitsiya samaradorligini aniqlash formulasi orqali quyidagi qaysi yo’nalishga sarmoya kiritish eng afzali bo’lishini izohlab bering.
1. Aksiyalar sotib olasiz
2. O’zbeksiz – shuning uchun avtomobil sotib olasiz
3. Bankka omonatga qo’yasiz
4. Kriptovalyuta sotib olasiz
5. Ko’chmas mulk (uy) sotib olasiz
6. Sherikchilikda ishlab chiqarish qilasiz
7. Inomarka avtomobil sotib olib, “zags”larga chiqasiz
8. Magazin sotib olib, arendaga berasiz
9. Toshkentni 3-4 ta “tochkasida” somsa sotishni yo’lga qo’yasiz
10. “Iman Invest” kompaniyasiga sarmoya kiritasiz
11. Hayot sug’urtasiga sarmoya kiritasiz
12. Developer kompaniya tashkil etasiz
13. Pulingizni ishonchli boshqaruvga topshirasiz
14. Lombard bilan shug’ullanasiz
15. Iphone 14 Pro ni olib kelib sotasiz
Qaysi yo’nalishni tanlaganingizni quyidagi savollarga berilgan javoblar bilan izohlang:
1. Nega aynan shu yo’nalishni tanladingiz? Yo’nalishingiz haqida tushuncha bering
2. Nimaga asosan hisob-kitob qildingiz? Formulalarini keltiring
3. Kiritilgan investitsiyangiz qachon to’liq qaytishini va investitsiya samaradorligini aniqlang

Men o’zimning shaxsiy g’oyamga asoslanib zamonaviy avtomobillarga xizmat ko’rsatish (self-service car wash) sohasiga $100k miqdorida investitsiya kiritishni tanladim. Nega aynan ushbu soha ? Sababi hozirgi zamonaviy dunyoda odamlarning yangi, qulay va samarali texnikalarga (avtomobil va shunga o’xshagan boshqa texnikalarga) bo’lgan ehtiyojlari to bora ortib bormoqda. Masalan, O‘zbekistonda har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 dona yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi. Statqo‘mga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etgan. Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar oyida14 046 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 65,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3 037 ta yengil avtomobil import qilgan. Avtomobil egalari o’z texnikalariga servis xizmatlariga (car wash) 1 oyda eng kamida 1 yoki 2 marta olib borishadi



An’anviy avtoshahobchlardan farqli ravishda o’z o’ziga xizmat ko’rsatuvchi avtoshahobchalarda sizda ko’proq daromad ko’rish ehtimoli yuqori hisoblanadi. Misol uchun sizga ishchilar va boshqa kichik jihozlar kerak bo’lmaydi. O’z o’rnida bu sizning harjatlaringizni birmuncha qisqarishini anglatadi. Hisoblab ko’ramiz online bozordan Self-service car wash AF-L029 rusumidagi jihozning narxi $4200 ni tashkil qiladi. Ushbu jihozdan biz 10 dona sotib olsak va qolgan mablag’ni yer, qurolish va hokozolar uchun sarflaymiz. . Birinchi uch oy mobaynida mijozlar o’rganib olishgunga qadar kunlik tushumlar u qadar katta bo’lmaydi. Lekin 7-8 oydan boshlab kunlik daromod miqdori oshishi kutilmoqda va sizning oylik o’rtacha foydangiz 10- mln so’mdan 25mln so’mgacha tashkil qiladi. Umumiy xarjatlarga kelsak siz kiritgan sarmoyangizni 4-5 yilda to’liq chiqarib olasiz . “RETURN ON INVESTMENT” formulasiga ko’ra investitsiyadan oladigan daromadingiz foizi

ROI= PROFIT/COST OF INVESTMENT * 100%

PROFIT =current value – cost of investmant

Profit = $157k - $100k = $57k

ROI = $57k/$100k *100%=57%

Foyda foizi 54%


Yüklə 12,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə