Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy


-masala. Z.M. Boburning ma‘rifatparvarlik g’oyalari



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix14.06.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#117133
1   2   3   4   5   6   7   8
XIV-XVI asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar

5-masala. Z.M. Boburning ma‘rifatparvarlik g’oyalari  
O’zbek mumtoz adabiyotida alohida o’rin tutgan, Temuriylar avlodining 
so’nggi vakillaridan Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta Osiyoda fan va 
madaniyatning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan, o’zining g’oyat samarali 
faoliyati bilan tarixda o’chmas iz qoldirgan shaxsdir.
Otasi Umarshayx Temurning chevarasi, Farg’ona viloyatida hokim, onasi 
Qutluq Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo’lgan. Bobur saroy 
muhitida tarbiyalandi va o’qidi, yoshligidan ilmga, she’riyatga berildi. 
Dovyurakligi, jasurligi va epchilligi tufayli uni «Bobur» (ya’ni yo’lbars) deb 
atadilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur ilm va fanning, san’atning, umuman hayotning 
hamma sohalari bilan yaqindan qiziqqan. G’ayrat va tashabbus, sinchkovlik va 
iste’dod Zahiriddin Muhammad Boburni rivojlangan feodal davrining ulug’ 
namoyondalaridan biriga aylantirdi. U har bir sohani aniq bilishga intilgan, undagi 
nuqsonlarni ko’ra bilgan va masalaning mohiyatini tezda tushunib etgan.
Jahon sharqshunoslari tomonidan olim sifatida e’tirof etilgan. Zahiriddin 
Muhammad Bobur fanning ko’pgina sohalari bo’yicha qimmatli ishlarni amalga 
oshirgan. Yaqin va O’rta Sharq xalqlari madaniyati tarixi uchun katta xizmat 
qilgan. 
Masalan, o’zbek olimi, geografiya fanlari doktori, professor H. Hasanov uni 
faqat davlat arbobi emas, balki mashhur lashkarboshi tarixchi, geograf, biolog, 
musiqa va me’mor ham bo’lganini ta’kidlaydi. 
Bobur ijodiyoti asosan uning lirik she’rlari va adabiy-tarixiy asari 
«Boburnoma» bilan yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning xotiralaridan tashkil 
topgan va temuriylar davlatining tanazzulga ketish davrini o’zida ifodalagan, 
qomusiy xarakterdagi «Boburnoma» kitobi ilmiy-tarixiy jihatdan muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, unda tarix, geografiya, botanika va fanning boshqa 
sohalariga taaluqli qimmatli ma’lumotlar bor. Bundan tashqari, mazkur asar eski 
o’zbek tilidagi prozaning ilk namunasi va nodir yodgorligi hamdir. 


Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Hindistonning 
tabiiy manzaralarini ham, mahalliy aholining kiyinishi va urf-odatlarini ham, 
hayvonlari, qushlari hamda ularning qiliqlarini ham tasvirlaydi. O’zi tilga olgan 
narsalarni teran fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi. 
Buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir ham 
o’zining ma’lum tarixiy-ma’rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab qolmoqda. 
Uning ko’p qirrali merosida pedagogikaga oid biror maxsus kitob yoki risola 
mavjud bo’lmasa-da deyarli hamma asarlarida hayotga va vatanga muhabbat 
hislarining yaqqol ifodasini insonning yuksak burchi va kishilarning ma’naviy 
qiyofasi haqidagi teran fikr-mulohazalarni, fan va dinga munosabat masalalarini 
yaxshi xulqli va odobli bo’lishga da’vatni, ilm-fan va ma’rifatni egallashga 
chaqiriqni, axloqiy va estetik g’oyalarni, jo’shqin va mazmundor hayot kechirishga 
targ’ib qilishni va hokazolarni ko’rish mumkin. 
Fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlagan Bobur adabiyot, san’at va ilm ahli 
bilan doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo’ldi, ularga homiylik qildi: 
ilmiy-adabiy suhbatlar, mushoiralar uyushtirdi. U o’z davrida ilmga berilgan 
odamlar juda kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda 
mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini 
quyidagicha ta’kidlaydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, 
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. 
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’q, 
Men bormen bormen ilm tolibi, ilm kerak
Yozuv ham yarim ilm, deb hisoblagan Bobur chiroyli va to’g’ri yozishga, 
fikrlarni aniq ifodalashga alohida ahamiyat bergan. Buni uning o’g’li Humoyunga 
yo’llagan ushbu maktubi misolida ham yaqqol ko’rish mumkin. 
Bobur ana shu maktubida o’z o’g’lini adolatli, haqgo’y, insofli bo’lishga, 
kamtarinlik va kamsuqumlikka undaydi. Bir she’rida: 
Davlatqa etib mehnat elin unutma, 
Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma


deb yozgan Boburning o’zi ham doimo ana shu qoidaga amal qiladi. 
Ulkan so’z boyligiga ega bo’lgan va o’zbek adabiy tilining rivojida salmoqli 
o’rin tutgan «Boburnoma» da keltirilgan va asarning filologik qimmatini oshirgan 
ajoyib rivoyatlar, ta’sirchan she’riy parchalar, jozibador iboralar, ayniqsa, «Har 
kimdin yaxshi qoida qolg’on bo’lsa, aning birla amal qilmoq kerak», «Yomon ot 
bila tirilgandin yaxshi ot bila o’lgan yaxshiroq» kabi juda ko’p uchraydigan va 
hikmatli so’z darajasiga ko’tarilgan jumlalarning hammasi kishini bilimdonlik va 
ezgulikka, xushfe’llik va shirinsuxanlikka chaqiruvchi xitobdek eshitiladi. 
Bobur kishining hayotidagi eng asosiy burchi hamma joyda ham o’zini tuta 
bilishdan va yaxshi xulq-atvorli bo’lishdan iborat ekanini ta’kidlab: 
Xulqingni rost etgil, har sorigaki borsang, 
«Ahsanta» der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang
-desa, boshqalariga doimo yaxshilik qilish eng olijanob fazilat ekanini 
ta’kidlab: 
Bori elga yaxshilik qilg’ilki,
Mundin yaxshi yo’q, 
Kim degaylar dahr aro qoldi, 
Falondin yaxshiliq. 
-kabi misralar orqali ifodalaydi. Shuning uchun ham u ilm fanining 
ahamiyatini chuqur his etib, yuqorida aytganimizdek o’zi juda qadrlagan ilm-fan 
kishilarni eng avvalo ularning yurish-turishiga ko’pchilik manfaati uchun qilgan 
xizmatlariga qarab baholaydi. 
O’z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir o’zidan avvalgi 
kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni, zulmni, qabihlikni qoralaydi. Xalqimizning 
«Ekkaningni o’rasan» degan naqliga amal qilib:
Har kimki vafo qilsa, vafo topg’usidir, 
Har kimki jafo qilsa, jafo topg’usidir. 
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz, 
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topg’usidir


-deb yozadiki, Bobur she’rlarida bunday hayotiy jozibali misralar ko’plab 
topiladi. 
Bulardan tashqari, Bobur do’stlikni, hayotni, uning har bir fursatini 
qadrlashga, qayg’u-hasrat bilan emas, oqilona, xushchaqchaqlik yashashga 
chorlovchi, yoshlarga ibrat bo’ladigan talaydigan baytlar bitgan. Shulardan biri: 
Ahbob yig’ilmoqni farog’at tutingiz, 
Jam’iyatingiz borini davlat tutingiz. 
Chun gardishi charx budurur, tengri uchun, 
Bir-birini necha kun g’animat tutingiz. 
Boburning fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o’zi shakllantiradi, lekin 
bunda mehnat va mehnatda toblanish muhim rol o’ynaydi. Mehnat qilgan va 
mashaqqat chekkan kishilardagina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi.
Umuman Bobur merosini o’rganishda uning davlat arbobi sifatidagi 
faoliyatida ham adiblik ijodiyotida ham chuqur ziddiyatlar mavjudligini 
unutmaslik kerak. Chunki akademik V. Y. Zohidov ta’biri bilan aytganda: «Bobur 
o’ziga xos sifatlarga ega bo’lgan siymodir. U avvalo o’z davrining, o’z sinfining 
farzandi, murakkab ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlarning va g’oyaviy-siyosiy 
qarashlardagi yo’nalishlardagi ziddiyatlarning mahsulidir». U o’sha davrning 
hukmron mafkurasiga mos kelmaydigan fikrlarni ham feodal hokimligi yaqqol 
ko’rinib turadigan qarashlarni ham aytar edi. O’z vatanini tashlab ketgan va 
begona yurtlarda yurganini doimo vatanini qo’msagan: 
Toli’ yo’q jonimg’a balolig’ bo’ldi, 
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi. 
O’z erni qo’yib Hind sori yuzlandim, 
Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. 
deb nadomadlar chekkan.
Boburning she’rlari original ijod samarasi sifatida ko’p avlodlarga manzur 
bo’lib kelgan, ota-bobolarimiz serqirra faoliyatidagi ijobiy jihatlari uchun Boburni 
e’zozlaganlar, biz ham uni va uning ma’naviy merosini xususan yosh avlod 


tarbiyasida muhim ahamiyatga molik bo’lgan axloqiy, ma’rifiy va pedagogik 
g’oyalarni qadrlaymiz. 

Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə