Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy


-masala. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix14.06.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#117133
1   2   3   4   5   6   7   8
XIV-XVI asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar

4-masala. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari
O’zbek xalqining ulug’ shoiri va dunyo adabiyotining klassiklaridan biri 
Alisher Navoiydir. U 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug’ildi. Uning oilasi va 


qarindosh 
urug’lari 
temuriylar 
saroyiga 
yaqinlashtirilgan 
xizmatchi 
aristokratiyadan edi. Uning otasi G’iyosiddin kichkina Abulqosim Bobirning saroy 
xizmatchilaridan bo’lib, keyin sabzavorda hokim bo’lgan. 
Alisher oilasi va Husayn Boyqarolar oilasi bir-birlari bilan yaqin 
edilar.Alisherning o’qishga havasi erta boshlandi. U maktabga Husayn Boyqaro 
bilan birga o’qidi. Ular orasidagi do’stlik mana shu maktabdan boshlangan.Alisher 
o’quvchilik yillarida fors adibi Shayx Sa’diyning «Guliston va Bo’ston», eron 
shoiri Fariddin Attorning «Mantiqut-tayr» asarlarini zavq bilan o’qigan.Alisher 
otasining yordami bilan jiddiy o’qishga berildi, adabiyot va san’atni sevdi. O’zbek, 
Eron va arab adabiyoti bilan tanishdi.Alisher 1456 yil Hirotdan Mashhatga keldi va 
Husayn Boyqaro bilan Xuroson podshosi Abulqosim Bobir xizmatiga kirdi.1472 
yil 
fevral 
oyida 
Navoiy 
Husayn 
Boyqaroning 
rasmiy 
vaziri 
qilib 
belgilandi.Zamonasining katta olimi, shoiri A. Jomiy, shoir Said Hasan 
Ardasherlar Navoiyning yaqin do’sti va maslahatdoshlari edilar.Navoiy xalqning 
hayotini bilar, uni sevar va xalq ma’rifati ustida doim o’ylar edi. Alisher o’zining 
butun faoliyatini xalq manfaati ustida doim o’ylar edi. Alisher o’zining butun 
faoliyatini xalq manfaati uchun muhim bo’lgan ishlarga bag’ishlashni istar edi. 
Odami ersang demagil odami, 
Oniki yo’q, xalq g’amidin g’ami
Alisher va uning atrofidagi taraqqiyparvar kishilar xalqni izmiga, 
mansabdorlarning o’zboshimchalikdagi, davlat daromadlarini o’z foydasiga 
ishlatishga qarshi kurashdi. 
Navoiy 1488 «Sirojul-muslimin», «Majolisun-Nafois» asarda 413 shoir va 
yozuvchilar haqida Navoiy ma’lumot beradi. 1490 yilda «Risolai Mufraft dar fani 
muammo» 1492 «Mezonul-avzon (vazn mezoni) 1492-94 yillarda «hamsatul-
mutayyirin» («Besh hayrat») 1494 «holati pahlavon Muhammad» 1496 
«Nasoimul-Muhabbat» («Sevgi shabadalari»). Bu asar darveshlar to’g’risida 
yozilgan. 
Navoiy 1498-99 yillarda «Lison ut-tayr» («Qush tili») nomli doston yozadi. 
Bu asar Navoiyning bolalikda sevib o’qigan «Mantiqut-tayr» ga o’xshamaydilar. 


1499 yilda yozgan «Muhokamatul lug’atayn» asarida turkiy til-o’zbek bilining 
boyligi va bu tilda ilmiy, badiiy asarlar yaratish uchun to’la imkoniyat borligini 
isbot qiladi. 1500 yilda yozilgan asar «Mahbub ul-qulub» («Ko’ngillarning 
sevganidir») dir. 
Navoiy 1501 yil 3 yanvar yakshanba kuni tong vaqtida vafot qildi. 
Navoiy-o’zbek adabiy tilining asos soluvchisi, o’zbek adabiyotining eng 
buyuk klassigi, zamonasining entsiklopediyachi olimi, lingvist, adabiyotshunos, 
muarrixidir. Uning adabiy merosi juda boy ko’p qirralidir.
Navoiy o’z asarlarida, o’zbek tilining dunyodagi eng boy va go’zal adabiy va 
fanniy tillardan ekanini ko’rsatgan, bu tilda mislsiz badiiy va ilmiy asarlar yaratgan 
genial yozuvchi va mutafakkir sifatida maydonga chiqadi. O’zbek madaniyati va 
tarixida yangi bir davr ochadi. Navoiyning genial asarlari orqali bu til dunyoning 
eng boy va go’zal poetik tillari qatoridan o’rin oldi. 
Turk nazmida chu tortib men alam
Ayladim ul mamlakatni yakkalam. 
Navoiyning insonparvarlik ideallarini targ’ib qildi. 
Odami ersang demagil odami, 
Onikim yo’q, xalq g’amidin g’ami
Navoiy mehnatkashlar hayotini yaxshilashni ularni ma’rifatli qilishni orzu 
qildi. U fan va bilimning sof vijdonli kishilar qo’lida umuxalq baxti uchun xizmat 
qilishiga ishondi. Hiylagar va munofiqlar bilan bilim olganlaridan so’ng yanada 
xavliroq bo’lib qoladilar. Ular ilm mo’’jizalaridan xabardor bo’lganliklaridan 
foydalanib, mehnatkash xalqni aldashga, harakat qiladilar, fanni firibgarlik va 
aldash vositasiga aylantiradilar. 
Ilmni kim vositai joh etar, 
O’ziniyu xalqni gumroh etar. 
Olim agar joh uchun o’lsa zalil, 
Ilmi aning jahliga bo’lgay dalil. 
Navoiy vafo va muhabbat zaminiga aql va ilm urug’ini sepib, ularning guli va 
mevalari bilan hayotni bezamoqchi, ilm va ma’rifatning ildizlari keng yoyilgan bir 


mamlakat barpo qilmoqchi bo’ladi. Navoiyning fikricha, kishilar aql va adolatni 
shior qilsalar hayotning zangini oltinga aylantirish mumkin.Xuddi shuning uchun u 
ota-onalarning o’z farzandlarning ta’lim va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatuvchi 
omillarga e’tibor berishni qayd qiladi.
Qilmoq erur biri muallim talab, 
Qil-ali ma’lum anga ilmu adab. 
Itki, tallumda chu bo’ldi kamol. 
Navoiy o’z zamonasidagi ayollarning o’ta ayanch ahvoliga yurakdan 
achinadi, ularning xo’rlanganliklaridan shikoyat qiladi, ayollardagi qobiliyatni, 
mahoratni, o’quvchi madh etadi. 
Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq 
Pok xotinlar oyog’ining izi. 
Shoir kishilarni ota bilan birga onani ham juda hurmat qilishga, onalarni 
qadrlashga chaqiradi. 
Boshini fido ayla ato qoshig’a, 
Jismini qil sadqa ano qoshig’a. 
Tun-kununga aylagil nur fosh, 
Birisini oy angla, birisin quyosh

Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə