Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə13/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Oilaning iqtisodiy funktsiyasi
Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejab ro’zg’or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishlariga bog’liq. Shuningdek oilada o’sayotgan bola ham mana shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borishi zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o’rgata borish lozim.
Oila o’zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorni tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida etishtirish uchun(uni boqish, kiyintirish, o’qitish, moddiy ta’minlash va sh.k.) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan mablag’ va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo’lsak, o’rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming so’mni tashkil qiladi.
Tasavvurga osonroq bo’lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani voyaga etkazish uchun oila davlatga kamida 1ta «Neksiya» avtomashinasi qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya’ni har tomonlama kamol topgan ma’naviy-axloqiy etuk, jismoniy-psixologik sog’lom shaxsni etishtirishning ma’naviy-axloqiy jihatlarini hech qanday iqtisodiy me’zon bilan o’lchab bo’lmaydi.
Bu oilani iqtisodiy funktsiyasini atigi birgina shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko’rsatadi xolos. Oilada xo’jalik ishlarini yuritish, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, fermer xo’jaligi, shaxsiy ishlab chiqarish kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funktsiyasi ahamiyatini tobora orttiraveradi.
Oilaning reproduktiv funktsiyasi
Oilaning muxim bo’lgan funktsiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funktsiyasitsir. Bu funktsiyaning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir. Oila faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti odamda farzand ko’rishga, ularni o’stirishga va tarbiyalashga bo’lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o’zini baxtiyor xis qila olmaydi. Shuningdek er-xotinda farzand tug’ilishi bilan bog’liq holda butunlay yangi hissiyotlar: ayolda - onalik, erkakda - otalik hissi paydo bo’ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustahkamlovchi asosiy omil hamdir.
Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funktsiyasi va uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo’lishi lozimligi nazarda tutiladi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo’ladigan bo’lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo’q bo’lib ketishi mum-kin ekan. Har bir oilada ikkitadan farzandning bo’lishi ham aholi sonini saqlab turishni ta’minlay olmaydi. Demograflarning ta’kidlashlaricha, oila o’zining reproduktiv funktsiyasini bajarishi uchun har bir oilaga o’rtacha 2,6 ta farzand to’g’ri kelishi kerak.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funktsiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bu o’rinda hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bunday siyosatning asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko’p bolali va kam ta’min-langan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar va shu kabilardan iborat.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə