Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə14/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Oilaning tarbiyaviy funktsiyasi
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo’lgan yana bir funktsiyasi tarbiyalash funktsiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’nggi g’ishti qo’yilguncha javobgardir. Ota-ona - san’atkor, bola - san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saklab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug’, mahallaning ham ta’siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oilaning tarbiyaviy funktsiyasining susayishi va targ’ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta’siriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo’liga kirish) paydo bo’lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funktsiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya or-qali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g’oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy si-fatlar singdiriladi. Xalqimizda «qush uyasida ko’rga-nini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni o’zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.
Oilaning kommunikativ funktsiyasi
Oilaning kommunikativ funktsiyasi oila a’zolarining o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi - oiladagi o’zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy-psixologik iqlimga to’g’ridan-to’g’ri bog’likdir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotining urbanizatsiyalashuvining (radio, televidenie, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi, oilalarning tobora nuklearlashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funktsiyasining ahami-yati, oila a’zolarining bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbatlashib olishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu o’rinda o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyati: ko’p avlodlilik, ko’p farzandlilik kabilar bunday oilalar a’zolari o’rtasida o’zaro muloqot to’laroq amalga oshishiga asos bo’ladi, ularning o’zaro muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Biroq so’nggi yillarda ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar o’rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e’tiborning pasayishi, oila a’zolari o’rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa qishloq oilalarida), holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o’zaro munosabatlarning yomonlashuvi natijasida oila a’zolarining ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o’z joniga qasd qilish) kabi noxush holatlarning kelib chiqishi ham kuzatilmoqtsa. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun eng avvalo oila a’zolari o’rtasida oshkora, yaqin, o’zaro tushunarli, ishonchli muloqotning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bo’lsa bu borada yoshlarga tegishli bilimlarni berish aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish, treninglar tashkil etish, «Ishonch telefonlari», «Qalb markazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə