Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə17/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Oilaning relaksatsiya funktsiyasi

  • Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funktsiyalaridan yana biri relaksatsiya funktsiyasidir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demaqdir. Ma’lumki fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo’jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko’proq jismoniy, ruhiy zo’riqishlar bermoqda. Butungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o’zining kasb-hunar mahoratini muntazam oshirib borishni taqazo qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib, o’zining mehnat qobiliyatini yo’qotishiga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko’tarinkilik, kuchli zo’riqish bilan ishlagan xodim, ishchi ishdan so’ng o’z uyida, oila a’zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, ular unga ko’rsatadigan mehr-oqibatdan bahramand "bo’lib, ular bilan bo’ladigan o’zaro muloqot, ular tomonidan bo’ladigan emotsional qo’llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olib, ertangi kun mehnat faoliyatiga o’zini qayta tiklab olishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o’zaro tushunish, o’zaro hurmat, mehr

  • oqibat, ijobiy psixologik iklim hukm surmog’i lozim. Aks holda odam bu oilada emotsional jihatdan, ruhiy jihatdan o’zini qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jarohatlarga yo’l qo’yishiga, turli kasshtliklarga duchor bo’lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funktsiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila uchun oila baxtini ta’minlovchi me’zon hisoblanadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, oila - jamiyatning bir bo’lagi, uning asosiy yacheykasidir. Shuning uchun oilaning o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog’lomligiga ham ta’sir etadi. Shunday ekan jamiyatni sog’lomlashtirish uchun eng avvalo oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarini ham hal qilishga hissa qo’shishini ta’minlash lozim















  1. Yüklə 2,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə