Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Ustoz shogird an’anasi milliy- qadiryat



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/6
tarix09.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#89172
1   2   3   4   5   6
Bobojonova Nazokat

1.2 Ustoz shogird an’anasi milliy- qadiryat
Mustaqillik yo’lida dadil borayotgan O’ zbekistonning bugungi kunida yoshlarni kamolatga intilishi ma’naviy qadiryatlarni kamolatga intilishi ma’naviy qadiryatlarni tiklash va vatanga sadoqat tuyg’ularini o’stirishda ulkan tadbirlar olib borilmoqda .O’zbek xalqining o’tgan ajdodlar tamonidan yaratilib meros bo’lib qolgan madaniy boyliklari xalq orasidagi ustoz- shogird an’analarini ham kiritish mumkin. Bu nodir an’ana mamlakatni yuksaltirishda beqiyos o’rin tutadi.
Inson o’zi qiziqib tanlagan sohaning ustasi bo’lsa ,ongli hayot kechirish uchun zarur moddiy istaklar (rizq-nasiba butunligi ,dasturxon to’kinligi, qulqy shart sharoit) va ma’naviy ehtiyoj(poklanish,hayotdan mazmun va halovat topish),
Uyg’unnligiga erishadi .Istiqlol yillarida O’zbekistonda taraqqiyotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlar xalqimizning ezgu intilishlari negzi-Barkamol avlod orzusini ro’yobga chiqarishga xizmat qilmoqda .
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ma’naviy sohalarda ham islohatlar olib boorish zaruryati tug’uldi.’’Biz uchun ,-degan edi muxtaram birinch Prezidentmiz I.A.Karimov-ma’naviyat, tarixiy va madaniy qadiryatlar ,aholining ma’naviy,axloqiyholati,yosh avlodni tarbiyalash en asosiy ustuvor vazifa bo’lishi lozim’’.


Darhaqiqat mamlakatimiz tarixini so’ngi davirlariga nazar tashlar ekanmiz ,sobiq ittifoq davrida yurtimizda barcha sohalar qatorida madaniy boyliklarimiz asosini taminlashga xizmat qiluvchi soha hisoblangan arxiv ishiga bo’lgan e’tiborsizlik oqibatida soha jamiyatda o’z o’rnini yo’qotgan edi. Shuningdek ,soha vakillarining aksaryatining yoshi o’tgan kishilardan iboratligi hech kimga sir emas, shunday ekan , ustoz shogird kabi asriy an’analar hususida so’z yuritishning xojati ham yo’qligi barchamizga ayon.
Mamalakatimiz istiqlolga erishgan dastlabki yillardan davlat va jamiyat qurishning barcha sohalarda keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilib ,arxiv ishi sohasida ham juda katta islohatlar amalga oshirildi.Jumladan Respublikamizda arxiv ishini takomillatishga qaratilgan qator qonun, qaror va me’yoriyhujjatlar ishlab chiqilib faolyatga tadbiq etildi.Hududlarda arxiv muassasalari tashkil etildi ,mavjudlariga yangi binolar qurildi ,ularning moddiy texnik ba’zasi yangilandi.Shu bilan birga ,sohada kadirlar salohyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.Xususan birgina Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizmidagi arxiv muassasalarida milliy qadiryatimiz sifatida qadimdan rivojlanib kelgan ‘’ustoz-shogird ‘’ an’anasi asosida soha vakillari viloyatda arxiv ishini rivojlantirish yo’lida mehnat qilib kelmoqdalar .Bugungi kunda viloyatimiz arxiv muassasalari xodimlarining o’rtacha yoshi 24-25 yoshni tashkil etib ,yosh kadirlarni soha taraqqiyoti yo’lida to’g’ri yo’naltirish maqsadida ‘’ustoz- shogird ‘’an’anasi asosida malakali xodimlarga biriktirilgan .
Bilamizki ,ustoz degan sharafli nomga sazovor bo’lish har kimga ham nasib etmagan . Bu ulug’ nomni olish uchun ko’p yillar davomida murakkab sinovlardan o’tish lozim bo’lgan .
Turkey xalqlar qadimiy madanyatining jahon taraqqiyotidagi o’rni salmoqlidir Xuroson, Movaraunnahr,Afrosiyob, So’g’diyona, Marokant, Turon,Turkiston va boshqa joylar butun dunyoga mashhur bo’lib ,tabarruk bu zaminda Ahmad Yassaviy,Al- Beruniy,Al-Farobiy,Ibn Sino, Mahmud Qashg’ariy,Alisher Navoiy singari buyuk allomalar hamda Spitamen,Shiroq ,Muqanna,Jaloliddin Manguberdi,Mahmud Tarobiy,Sohibqiron AmrTemur va temuriyzodalardek jasur o’g’lonlar dunyoga keladilar.Ular o’z xalqining baxt- saodati,madanyati uchun jisman va ma’nan kurashadilar.Shuning uchun ham jahon ahliularning ezgu amallarini olqishlab, hanuz tabarruk zotlar deya o’z qalblarida muqaddas tutmoqdalar. Ular ayniqsa yoshlarning tarbiyasiga ,hunar va ilm olishiga katta e’tibor berganlar va bunga doimiy ravishda chaqrib keladilar.
Qadimiy milliy an’ana bo’yicha shogirdlikning o’ziga xos odob axloq qoidalari bo’lgan .Chunonchi Husayin Voiz Koshifiy bunday deydi:<Darhaqiqat mustaqillik yoshlar kamolatiga yangicha talablar ham qo’ydi .Har qchongidan ko’proq ichki va tashqi go’zallikning axloq bilan birlashuviga ahamiyat kuchaydi.Yoshlardagi faqat tashqi ko’rinish estetik madaniyatning yaxshi bo’lishiga olib kelmasligi ,balki ulardan axloqan pokiza ,ma’naviy dunyosi boy ,sahovatli umuminsoniy ahloqiy qadiryatlar ham talab etila boshlanadi.
Binobarin sog’lom avlod tarbiyasi faqat jismoniy jihatdan chiqqan ,kamol topgan yoshlargina emas ,shuningdek sharqona axloq- odob va umumbashariy ma’naviy qadiryatlar asosida tarbiya topgan insonni ham ko’zda tutmog’I lozim. Zero buyuk alloma A,Avloniy aytganidek: Tarbiya biz uchun yo hayot ,yo mamot ,yo najot, yo halokat yo saodat, yo halokat masalasudir.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə