Reja Kirish



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə1/13
tarix28.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#138272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
25 Futbol sport turidan xakamlik qilish jarayonlar









Mavzu:Futbol sport turidan xakamlik qilish jarayonlar


Reja
Kirish
1. Futbol musobaqalarni tashkil etish, o`tkazish va uning ahamiyati.
2. Futbol o`yinidan xakamlik qilish va qoidalari
3. Futbol boshqaruvining tashkiliy tuzilishi
4. Futbolning rivojlanishi va musobaqalar tarixi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O’zbekistonda Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to’qrisida kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim muqim aqamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jis moniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning ham da Respublika jismoniy -tarbiya va sport qo’mitasining qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Respubli kamizda amalga oshirilatyotgan jismoniy madaniyatni o’z oldiga qo’ygan maqsadi sog’lom-ruhan tetik va bunyodkor insonni qayotga tayyorlashtdan iborat.
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g’oyat muxim bo’lgan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o’z oldimizga qo’yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI asr-intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor axamiyat kasb etadigan asr, degan xayotiy haqiqatdan kelib chiqqan edik.
"Faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturini amalga oshirishda ta'lim soxasini rivojlantirish, avvalambor, uning moddiy - texnik bazasini mustaxkamlash, yangi o’quv muassasalari qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jixozlash masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta'limini rivojlantirish davlat umum milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida 1 ming 536 ta akademik litsey kasb - xunar kolleji, umumta'lim maktablarining qariyb 9 mingtasi, ya'ni deyarli hammasi, 1 ming 800 dan ortiq sport zali namunaviy loyixalar asosida barpo etildi yoki kapital rekonstruktsiya qilindi.
Ushbu o’quv muassasalarining moddiy - texnik bazasini muntazam yangilab borish, tizimli asosda zamonaviy komp'yuter texnikasi, o’quv - laboratoriya uskunalari, mebel' va o’quv anjomlari bilan qayta jixozlash, ularni talab darajasida hamda yaratilgan bu ulkan salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida mutlaqo yangi bir tuzilma - Moliya vazirligi huzurida maxsus jamg’arma tashkil etildi.
Bu jamg’armaning hisob raqamiga 2016 yili 315 millard so’m mablag’ ajratilgan bo’lsa, 2017 yilda 570 milliard so’m ajratish ko’zda tutilmoqda.
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport soxasida, ayniqsa, bolalar sportini yanada rivojlantirish, har bir shaxar va qishloqda zamonaviy talabalarga javob beradigan, zarur anjomlar bilan jixozlangan sport maydonchalari, inshoot va majmualarni barpo etish bo’yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz o’zining ijobiy samarasini bermoqda.
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming 200 dan ziyod yangi sporo inshooti barpo etilib, ularning mingdan ortiqi qishloq joylarida qurildi. Bu esa 260 ming nafardan ziyod bolang’ich sportning ko’plab turlari bilan muntazam shug’ullanishi uchun imkoniyat yaratdi.
Qiz bolalarni, eng avvalo, qishloq qizlarini sport bilan shug’ulanishga jalb etishda joriy yilda sezilarli natijalarga erishildi. "Sport xayotidan hech kim chetda qolmasligi kerak" degan shiordan kelib chiqqan holda, kam ta'minlangan oilalarning 120 ming nafar qizlari uchun 3 milliard 500 million so’mlik sport kiyimi va jixozlari xarid qilindi.
Yana bir muxim xolatga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Mamlakatimizda badiiy gimnastikani rivojlantirish dasturi qabul qilingach sportning ushbu nafis turi bilan shug’ullanadigan qizlar soni shu yilning o’zida 6-7 barobar, ayrim viloyatlarda esa 10 - 12 barobar ortdi.
Zamonaviy futbolda samarali o’yin ko’rsatish va yuqori natijalarga erishish faqat o’ta shakllangan jismoniy taryorgarlik evaziga amalga oshirish mumkin. O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi "Alpomish " va "Barchinoy" maxsus test savollari joriy etilishi haqidagi qo’shma qarori va ularda belgilangan vazifalar Respublika Oliy va O’rta Maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar talaba va o’quvchi yoshlarni jismoniy- tarbiya va sportni jahon standartlari talablari darajasida rivojlantirish hamda uning faoliyatini tubdan takomillashtirish to’g’risidagi masalalarni hal qilish zarurligini taqozo etmoqda va uni chora tadbirlarini amalga oshirish yo’llarini aniq va ravon ko’rsatib berdi. Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan sport mashg’ulotlarini tashkil qilishning halqaro andozalarini etakchi murabbiylarning ish tajribalari bilan davr talablari asosidagi faoliyatilari izchillik bilan o’rganilmoqda. Yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari sport klublarining faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlarini diqqat markazida turibdi.
Sportchilarimizning halqaro sport maydolaridagi erishayotgan yutuqlari, ayniqsa mahalliy millat xotin-qizlarining sportda jahonga tanilishiga, bu bilan esa yurtimiz shon-shuxratini oshirishdagi say-xarakatlari Vatanimizning bevosita g’amxo’rligining ulug’vor natijasidir. Bu jihatlarda ilmiy xodimlar va murabbiylarning o’zaro hamkorliklarini ta'minlashni davr talab qilmoqda.
R.N.Poliyani fikriga ko’ra 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch va chaqqonlik sifatlarining o’sishi kuzatiladi. Tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezkorlik kuchini rivojlantirishga oid hajmini ko’tarish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrni V.F.Bashkirov, V.P.Filinlar ham qullab-quvvatlaganlar. I.Arshavskiy, Ya.V.Vaynbaum, A.Tujalavskiy va boshqalar. Yosh sportchilaming funktsional tayyorgarligini ilmiy tekshirish nitajasida jismoniy mashqlar organizmning rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynashi tasdiqlangan.
V.S.Daxnovenkiy va boshqalar tezkor kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mab aynida muntazam shug’ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanish mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib bergan.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə