Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati






 Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati:
YuQCh - yurakni qisqarish chastotasi; 
NOCh - nafas olish chastotasi; 
O‘TS - o‘pkaning tiriklik sig‘imi; 
M - metr; 
S - soniya; 
NG - nazorat guruhi; 
TG - tajriba guruhi; 
n - tekshiruvchilar soni; 
Х
- o‘rtacha statistik ko‘rsatgich; 
m - o‘rtacha statistik hato
XO‘ - harakatli o‘yinlar. 
 
 
 
 
Kirish 



Mavzuning dolzarbligi. 
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, 
ayniqsa, kelajagi uchun g‘oyat muxim bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni 
tarbiyalash vazifasini o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan 
XXI asr-intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu 
qadriyatlar ustuvor axamiyat kasb etadigan asr, degan xayotiy haqiqatdan kelib 
chiqqan edik. 
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini amalga oshirishda ta`lim soxasini 
rivojlantirish, avvalambor, uning moddiy – texnik bazasini mustaxkamlash, yangi 
o‘quv muassasalari qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jixozlash 
masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta`limini rivojlantirish davlat 
umum milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida 1 ming 536 ta akademik 
litsey kasb – xunar kolleji, umumta'lim maktablarining qariyb 9 mingtasi, ya'ni 
deyarli hammasi, 1 ming 800 dan ortiq sport zali namunaviy loyixalar asosida 
barpo etildi yoki kapital rekonstruksiya qilindi. 
Ushbu o‘quv muassasalarining moddiy – texnik bazasini muntazam yangilab 
borish, tizimli asosda zamonaviy komp'yuter texnikasi, o‘quv – laboratoriya 
uskunalari, mebel va o‘quv anjomlari bilan qayta jixozlash, ularni talab darajasida 
saqlash hamda yaratilgan bu ulkan salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida 
mutlaqo yangi bir tuzilma – Moliya vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil 
etildi. 
Bu jamg‘armaning hisob raqamiga 2010 yili 315 milliard so‘m mablag‘ 
ajratilgan bo‘lsa, 2011 yilda 370 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda.[1] 
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport soxasida, ayniqsa, bolalar sportini 
yanada rivojlantirish, har bir shaxar va qishloqda zamonaviy talabalarga javob 
beradigan, zarur anjomlar bilan jixozlangan sport maydonchalari, inshoot va 
majmualarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz o‘zining ijobiy 
samarasini bermoqda. 
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming 
200 dan ziyod yangi sport inshooti barpo etilib, ularning mingdan ortig‘i qishloq 



joylarida qurildi. Bu esa 260 ming nafardan ziyod bolaning sportning ko‘plab 
turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratdi. 
Qiz bolalarni, eng avvalo, qishloq qizlarini sport bilan shug‘ulanishga jalb 
etishda joriy yilda sezilarli natijalarga erishildi. “Sport xayotidan hyech kim chetda 
qolmasligi kerak” degan shiordan kelib chiqqan holda, kam ta'minlangan 
oilalarning 120 ming nafar qizlari uchun 3 milliard 500 million so‘mlik sport 
kiyimi va jixozlari xarid qilindi. 
Yana bir muxim xolatga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Mamlakatimizda 
badiiy gimnastikani rivojlantirish dasturi qabul qilingach sportning ushbu nafis turi 
bilan shug'ullanadigan qizlar soni shu yilning o‘zida 6 – 7 barobar, ayrim 
viloyatlarda esa 10 – 12 barobar ortdi. 
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini bajarish uchun barcha manbalar 
xisobidan joriy yilda qariyb 8 tirillion so‘m mablag‘ sarflanganining o‘zi bu borada 
amalga oshirgan ishlarimizning ko‘lami va miqyosi nechog‘lik ulkan ekanidan 
dalolat beradi.
Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik 
mahoratni yuksak cho‘qqilarga olib chiquvchi yagona va hal qiluvchi poydevor 
bo‘lib hizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun 
jismoniy sifatlarni erta yoshlikdan, to‘garakka endi kelgan bolalar tomonidan 
tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish 
sport trenirovkasining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to‘g‘ri 
tanlash va amalga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish 
iste'dodli sport zahiralarini yetishtirishda o‘ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi. 
Ushbu masalani ilmiy asosda tashkil qilish va bolalar sport maktabini 
xalqaro miqyos darajasiga olib chiqish Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 
qabul qilingan “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish 
to‘g‘risida” gi Qarori (24.10.2002) da alohida ta'kidlab berilgan. Shunday ekan 
yosh sportchilarni tayyorlash uslubiyati qayta ko‘rib chiqilishi va ilmiy jixatdan 
asoslanishi o‘zbek sportining muhim vazifalaridan biridir. 



O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilning 4 sentyabrdagi «Jismoniy 
tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi Qonunining yangi taxriri, «Sog‘lom 
avlod uchun» dasturi, «O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini 
tuzish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (24.10.2002 y.) va boshqa qator hukumat 
qarorlari 
jismoniy 
tarbiya 
va 
sportning 
rivojlanish 
imkoniyatlarini 
kengaytirmoqda.[1] 
Mazkur bitiruv malakaviy ishi qishloq sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan 
voleybol to‘garaklarida shug‘ullanayotgan yosh sportchilarning jismoniy 
imkoniyati, jumladan tezkorlik-kuch sifatlarini rivojlanganlik darajasini va 
samarali nostandart mashqlar yordamida shu sifatlarni maqsadga muvofiq 
shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqishga qaratilgan. 
Ma'lumki, harakatli o‘yinlar yoki ularni muayyan sport turi xususiyatiga 
moslashtirilgan variantlari noan'anaviy va nostandart vosita sifatida maqsad qilib 
olingan jismoniy sifatlarni yanada samaraliroq shakllantirish imkoniyatini beradi. 
Ish mavzusidan joy olgan ikkinchi bir masala – bu muayyan sifatlarni baholashda 
qo‘llaniladigan me'yoriy test mashqlarining fiziologik qiymatini o‘rganishdan 
iboratdir. Chunki, test mashqlarining o‘zi ma'lum jixatdan yuklama bo‘lib 
xisoblanadi. Ko‘pgina tadqiqotlarda mazkur masalaga deyarli e'tibor qaratilmaydi. 
Ushbu bitiruv malakaviy ishida bu masalaga ham urg‘u berilgan. Jumladan, 
tezkorlik-kuch sifatlarini baholovchi qator testlarning fiziologik qiymati o‘z 
ifodasini topgan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə