Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

 
 
 
 
1-bob. TEZKORLIK-KUCH SIFATLARIGA DOIR ADABIYOTLAR 
TAXLILI 


Inson harakati qanday mazmunda yoki qanday yo‘nalishda ijro etilmasin 


uni pirovard unumdorligi tezlik-kuch sifatlariga bog‘liqdir. Tezlik – bu muayyan 
harakat faoliyatining qiska muddatda ijro etilishidir. Kuch – tashqi qarshilikni 
yengish yoki mushaklar qiskarishi evaziga ish bajarishi qobiliyatini anglatadi. 
Lekin, inson o‘z hayot faoliyati davomida qanday maqsadda harakat qilmasin 
tezlik va kuch sifatlari alohida namoyon bo‘lmaydi. Shuning uchun bu sifatlar 
birikkan holda tezlik-kuch sifatlari deb nomlanadi. 
Tezlik sifatini rivojlantirishga ustunlik berilsa, kuch ham rivojlanadi va 
aksincha, kuchni rivojlantirishga urg‘u berilsa, tezlik sifati ham shakllanadi
1

Sport o‘yinlari va yakkakurash sport turlarida aksariyat vaziyatlarda ijro 
etiladigan harakatlar “portlovchi” kuch asosida amalga oshiriladi. Boshqacha qilib 
aytganda qisqa muddat ichida bajarilishi zarur bo‘lgan texnik-taktik malakalar 
samaradorligi shu malakalarni qanchalik tez va kuchli ijro etilishiga bog‘liq. 
Tezkorlik sifati turli mustaqil harakatlar reaksiyalaridan iborat. Harakat 
reaksiyalari hayotda, jumladan sport yoki kasb faoliyatlarida muhim rol o‘ynovchi 
sifatlar tarkibiga kirib, oddiy va murakkab ko‘rinishdagi reaksiyalarga bo‘linadi. 
Oddiy harakat reaksiyasi – bu biror-bir oldindan ma'lum signalga nisbatan imkoni 
boricha tez harakat bilan javob berishdan iborat signalga (sport to‘pponchasidan 
o‘q otish ovoziga) tez harakat bilan javob berish yoki har hil rangdagi 
lampochkalar yonishiga oddiy harakat reaksiyasi bilan javob berish. Bu oddiy 
harakat reaksiyasini muntazam mashq qildirish natijasidagi tezlik, boshqa harakat 
reaksiyalariga (murakkab reaksiya, harakatdagi ob'ektga reaksiya, tanlab olish 
reaksiyasi) ham ko‘chadi. Lekin, shakklanib borayotgan murakkab reaksiya oddiy 
reaksiya tezligini oshirmaydi, ya'ni aksincha ko‘chish ro‘y bermaydi. 
Oddiy reaksiya turli mashqlar yordamida shakllantiriladi. Bunda qaytarilish 
uslubi, vaqtni xis qilish metodi, har hil rang yoki tovushlarga tez harakat bilan 
javob berish uslublaridan fodalaniladi. Murakkab reaksiyalar – harakatlanayotgan 
ob'ektga nisbatan javob berish yoki har hil signallar (rang, tovush, harflar va h.) 
ichidan keragini farqlab, tanlab olib harakat bilan reaksiya qilish ko‘rinishlarida 
1
A.Abdullayev, SH.Honkeldiyev. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. 2006 y. Farg’ona.



bo‘lishi mumkin. Masalan: yo‘naltirilgan to‘pni kuzatib, kerak paytda tez reaksiya 
bilan javob berish. Murakkab reaksiyalar murakkablashtirilgan mashqlar 
yordamida shakllantiriladi. Bunda turli murakkab signallarga javob berish, 
harakatlanayotgan ob'ektga kerak paytida javob berish, muayyan signalni tanlab 
javob berish mashqlarini qaytarish, qismlarga bo‘lib ijro etish, o‘yin va musobaqa 
uslublaridan fodalaniladi. 
Signallarni berish sharti, vaqti va vaziyatlarini murakkablashtirish uslubi 
ham murakkab reaksiyani shakllantiradi. 
Harakat reaksiyasi fiziologik jihatdan quyidagi bir-biriga bog‘liq 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Retseptorlar (analizatorlar) yordamida signalni xis qilish; 
2.
Retseptor orqali afferent nerv tolalari MNSga yetkazish; 
3.
MNS da signal mohiyatini tahlil qilish va kerakli qaror qabul qilish; 
4.
Qabul qilingan qarorni (javobni) afferent nerv tolalari orqali mushaklarga 
yetkazish; 
5.
Mushaklarning qo‘zg‘olishi va kerakli harakat bilan reaksiya berish. 
Signalni his qilishdan boshlab, to mushaklarni harakatga kelgan vaqtga 
bo‘lgan davr latent davri deb ataladi. Bu davr sport bilan shug‘ullanmaydiganlarda 
0,2-0,3 soniyaga teng, shug‘ullanadiganlarda 0,1-0,2 soniyani tashkil etadi. Kuch 
statistik va dinamik kuch turlariga bo‘linadi. Statistik kuch o‘z navbatida 
qarshilikni (m: og‘irlikni) “yenguvchi, bir holatda “ushlab” turuvchi va 
“yengiluvchi” kuchlarga bo‘linadi. 
Dinamik kuch – o‘zgaruvchan, ya'ni turli sharoitda bajariladigan kuch va 
amartizatsion kuchga bo‘linadi. Dinamik kuch turli yo‘nalish, tezlik va 
vaziyatlarda harakatlarda namayon bo‘ladi. Yuqori tezlikda bajariladigan kuch 
“portlovchi” kuch deb ham ataladi. 
Ushbu kuch turlarini rivojlantirishda quyidagi uslublar qo‘llaniladi: 
1.
Qaytarish (“imkoni boricha”); 
2.
Maksimal kuchlanish; 
3.
Dinamik kuchlanish. 


10 
Qaytarish uslubi – bu uncha katta bo‘lmagan og‘irlikni charchaguncha 
qayta-qayta ko‘tarish. 
Maksimal kuchlanish – bu katta og‘irlikni ko‘tarish. 
Dinamik kuchlanish – katta bo‘lmagan og‘irliklarni masimal tezlikda 
ko‘tarish yoki shunga o‘xshash mashqlarni katta tezlikda bajarishdir. 
Kuchni o‘sish darajasi muvofiq mashqlarni muntazam bajarish natijasida 
ro‘y beradigan mushak tolalarining yo‘g‘onlashuvi, ularning qisqarish 
(taranglashishi) va bo‘shashish imkoniyatlarining taraqqiy etish, elastikligi va 
boshqa omillarga bog‘liq. 
Ma'lumki, zamonaviy voleybolda o‘yin samaradorligi, texnik-taktik 
mahorat, texnik-taktik kombinatsiyalarni tez, unumli va aniq ijro etilishi hamda 
pirovard yuqori sport natijasiga erishish muvofq ravishda shakllangan tezlik-kuch 
sifatlarsiz amalga oshirilishi o‘ta mushkul ekanligi barcha amaliyotchi trenerlar va 
tadqiqotchi olimlar tomonidan e'tirof etib kelingan. Shuning uchun ushbu sifatlarni 
maxsus rejalashtiruv xujjatlar asosida shakllantirish va har yoshdagi sportchilarda 
shu sifatlarning o‘zgarib borishini nazorat qilish hamda baholash odat tusiga 
kirgan. Barcha sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda tezlik-kuch 
sifatlarini dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab, toki yuksak mahorat 
bosqichigacha o‘ziga xos tartibda va muvofiq sport turi xususiyatiga mos mashqlar 
yordamida shakllantirib boriladi. 
Voleybol bo‘yicha mavjud ilmiy, uslubiy va o‘quv adabiyotlarida malakali 
voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarni, ayniqsa tezlik-kuch sifatlarini 
rivojlantirish o‘ta muhim shartlardan biri ekanligi ta'kidlab o‘tilgan 
(L.R.Ayrapetyans, 2005) yuksaltirish aksariyat tezkorlik-kuch sifatlariga 
bog‘liqdir. Lekin, bu sifatlarni rivojlantirish qaysi yoshdan amalga oshirilishi 
kerakligi har bir trener uchun muhimdir. R.A.Piloyan (1991) ni hisoblashicha 8-9 
yoshli bolalarda tezkorlik-kuch va chaqqonlik sifatlarining yaxshi o‘sishi, tezkorlik 
va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayar ekan. 11-12 yoshli bolalar 
mashg‘ulotida tezkorlik-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga urg‘u berish 
mumkin ekan. 13-14 yoshda – tezkorlik va chaqqonlik, 14-15 yoshda – tezkorlik 


11 
va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish maqsadga loyiq deb topilgan. Ushbu fikr 
V.F.Bashkirov (1987) va V.P.Filin (1987) lar tomonidan ham ma'qullangan. 
Albatta, masalaga bunday yondoshish dogma emas yoki hamma uchun shart 
degani emas. Har bir muayyan yosh organizm biologik jihatdan turlicha 
rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun har bir vaziyatda muayyan yondoshuv bo‘lishi 
kerak va albatta har bir sport turining o‘ziga xos xususiyatini ham e'tiborga olish 
lozim. 
Yosh futbolchilarni tayyorlash tajribasini atroflicha o‘rganishi natijasida 
sport mahoratini samarali shakllantirish jismoniy sifatlarni rivojlanganlikdarajasiga 
bog‘liq 
ekan. 
Futbolchining 
tezlik-kuch 
sifatlarini 
shakllantirishda 
ixtisoslashtirilgan mashqlardan foydalanish yaxshi natija beradi. 
Z.R.Nurimov (2005) malakali futbolchilarda guruh bo‘lib taktik 
harakatlanish malakalarini takomillashtirish masalasiga doir tadqiqot o‘tkazib, bu 
borada tezlik-kuch sifatlariga oid ayrim mashqlarga alohida ahamiyat qaratilgan. 
Jumladan, Toshkentning “Akademiya” jamoasi futbolchilarida 30 m ga yugurish 
4,3 s, 5 karra uzunlikka sakrash – 12,9 m, 7x50 m ga yugurish – 63,9 s. Aynan shu 
ko‘rsatkichlar O‘zbekiston chempionati sovrindorlarida 4,2 s; 13,1 m; 60,5 s 
natijalariga teng bo‘ldi. E'tiborli joyi shundaki, tezlik-kuch sifatlari yuksak 
darajada bo‘lgan futbolchilar taktik harakatlarni unumli – tez ijro etishdi va 
aksincha taktik harakatlarni yuqori shiddat bilan aniq ijro etgan futbolchilarda 
tezlik-kuch sifatlari ham yuqori darajada rivojlanganligi ma'lum bo‘ldi. Ushbu fikr 
va 
tadqiqot 
natijalari 
R.E.Nurimov, 
I.A.Koshbaxtiev 
va 
G.M.Sergeev 
(2005)larning xulosalarida ham o‘z aksini topgan. 
R.E.Nurimov (2005) yosh futbolchilarni texnik va taktik tayyorlash 
jarayonini chuqur va atroflicha taxlil etib, jismoniy qobiliyatlarini, jumladan tezlik-
kuch sifatlarini texnik-taktik tayyorgarlikka chambarchas bog‘liq ekanligini e'tirof 
etgan. Uning fikricha, so‘ngi yillarda zamonaviy futbolchining o‘ta shiddatli 
darajaga ko‘tarilishi bugungi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, ayniqsa 
ularning tezlik-kuch sifatlari va chaqqonlik yuksak shakllanganligidadir. 


12 
Shu bilan bir qatorda yosh futbolchilarda tezlik-kuch sifatlarini zo‘rma-
zo‘raki rivojlantirish, o‘ta shiddatli yoki katta og‘irliklar bilan bajariladigan 
mashqlarni qo‘llash nafaqat texnik-taktikmahoratini shakllanishiga keskin halaqt 
beradi, balki ularni mashg‘ulotlardan bezdirishi mumkin. Bolalar jismoniy 
zo‘riqishi, psixologik tushkunlikka tushishi va boshqa ko‘ngilsiz holatlar vujudga 
kelishiga sabab bo‘ladi. Mazkur sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar 
hajmi va shiddati borgan sari to‘lqinsimon tarzda oshirilib borishi kerak. 
Bundan tashqari sport mahorati shakllana borgan sari tezlik-kuchga oid 
mashqlar sekin-asta ixtisoslashtirib borilishi darkor. 
Ma'lumki, sport o‘yinlarida, ayniqsa voleybolda, sportchi o‘z vazni va 
og‘irligi bilan munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun u o‘z kuchidan asosan o‘zining 
gavdasi hamda to‘p inersiyasini yengib o‘tish uchun foydalanadi. 
Harakatning boshlanishi, tezlanish, to‘xtash, harakat yo‘nalishini 
o‘zgartirish, sakrash, to‘pga zarba berish - bu voleybolchidan kuch sifatlarini 
namoyon qilishni talab etadigan harakatlar hisoblanadi. Ko‘rinib turibtiki, xamma 
hollarda ham u dinamik xususiyatga ega, o‘yin paytida voleybolchilarda tezkor-kuch 
sifatlarining - kuch va tezkorlikning kompleks uyg‘unligi namoyon bo‘lishi kuzatiladi. 
Voleybolchining tezkor-kuch sifatlari ularning qisqa vaqt
 
ichida qandaydir 
kuch qarshiligi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni bajara olish qobiliyati orqali 
aniqlanadi. Bunday kuch qarshiliklariga quyidagilar kiradi: 
a) sportchining o‘zining tana og‘irligi kuchini yengish (to‘pga oyoq, bosh 
bilan, sakrab zarba berish, to‘pni oyoqqa tashlanib yoki sidirib olib qo‘yish, 
darvozabonlarning sakrashlari, to‘satdan start olish va o‘yin paytida yo‘nalishni 
o‘zgartirish va h.k. 
b) to‘pni 
zarba berish, to‘pni o‘yinga kiritish bilan bog‘liq; 
bo‘lgan kuchni yengib o‘tish; 
v) raqibning kuch bilan qarshilik ko‘rsatishda namoyon bo‘ladigan 
(yakkama-yakka olishuv) kuchni yengish. 


13 
Bir qator tadqiqotchilar sportchining tezkor-kuch hamda texnik tayyorgarlik 
o‘rtasida uzviy o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini isbotlaganlar. Yu.A.Morozov o‘z 
vaqtida eng kuchli futbolchi S.Metrevelining o‘yinini tahlil qilayotib, shuni 
aniqlanganki, uning o‘yinini asosi tezkor-kuch harakatlaridan tarkib topgan: 
to‘satdan spurt, maksimal tezlikda harakat yo‘nalishini sezdirmasdan o‘zgartirish, 
yukoridan kelayotgan to‘plar uchun kurashishda balandga sakrash va h.k. 
Futbolchilar tomonidan o‘yin paytida bajariladigan rang-barang harakatlar ulardan 
nafaqat bu harakatlarni to‘g‘ri bajarishni, balki har tomonlama jismoniy 
rivojlanganlikka birinchi navbatda esa tezkor-kuch tayyorgarligiga ega bo‘lishni 
taqozo etadi. 
Murakkab texnik usullarni katta tezlikda raqib qarshiligi ostida bajarish 
uchun kuchli, epchil, chidamli bo‘lish lozim. Shuning uchun yuqori toifali 
sportchilarni tayyorlashda trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida sportchilarning 
jismoniy sifatlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratish zarur. 
Texnik va taktik usullarning muvafaqqiyatli qo‘llanilishi to‘g‘ridan-to‘gri 
ularning bajarilish tezligiga bog‘lik, bo‘lganligi sababli yuqori malakali 
sportchining eng zarur sifatlari - bu kuch hamda tezkorlik hisoblanadi Agar 
futbolchi o‘z o‘rnidan tez turib chiqib keta olmasa, to‘satdan turila olmasa, to‘p
 
uchun yetarlicha baland sakray olmasa, unda u yaxshi o‘yin ko‘rsatmaydi. 
O‘yinchilar o‘rtasidagi uzaytirilgan o‘yindagi taktik aloqalar,
futbolchilarni 
o‘yin shiddatini oshirishga va tezlik bilan manyovr qilish hamda chiziqlarda qulay 
taktik aloqalarni ushlab turish uchun zarur tezlikka ega bo‘lishga majbur qiladi. 
Zamonaviy futbolda mavjud bo‘lgan yuqori darajadagi manyovr olib borish 
yanada aniq xamda uzoqqa beriladigan to‘p oshirishlarni talab etadi. Zamonaviy 
futbolda to‘p oshirishlar kuchliroq hamda raqib uchun ko‘pincha kutilmaganda 
bajariladi, darvozaga hamla qilganda zarbalarning kuchi muhim darajada oshdi, 
tezkorlik juda ko‘tarildi va yana yuqori darajaga oshadi, ya'ni nafaqat "texnik" 
futbolchilar, balki yuqori tezlikda texnikani egallagan futbolchilar talab qilinadi. 


14 
Yuqori 
malakali 
futbolchilarning 
tezkor-kuch 
sifatlarining 
ba'zi 
ko‘rsatkichlari hamda jismoniy tayyorgarlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni 
aniqlash S.A.Savin va I.M.Asovichlarning tadqiqot maqsadlari edi. O‘yin oldidan 
o‘tkazilgan nazorat mashqlaridan foydalanib, mualliflar tezkor-kuch tayyorgarligi 
ko‘rsatkichlari hamda to‘pni ushlab turish davomiyligi o‘rtasida bog‘liqlik 
mavjudligini aniqlaganlar. 
So‘nggi yillarda futbolchilarning o‘yin faoliyatini baholash bilan bog‘lik 
bo‘lgan pedagogik kuzatishlarning bir qator yangi shakl hamda uslublari paydo 
bo‘ldi.
Pedagogik kuzatishlarning qiymati shundan iboratki, olingan ma'lumotlarni 
tahlil qilish asosida futbolchilar trenirovka jarayonini xolisona boshqarish mumkin. 
Futbolchilarning o‘yinini baholashga yordam beradigan xolis mezonlarga bo‘lgan 
ehtiyoj to‘g‘risida A.Starostin gapirib o‘tgan

Muayyan raqamlarda ifodalangan 
bunday mezonlarning mavjudliga futbolchilar tomonidan bajariladagan turli 
usullarga xolis baho berishga imkon yaratadi. 
Yuqori malakali futbolchilarning o‘yin jarayonidagi harakat, o‘yin va ruhiy 
faoliyatini pedagogik kuzatish ma'lumotlari futbolni statistik jihatdan tavsiflashga 
imkon beradi. 
Nurimov o‘z
 
kuzatishlari asosida shunday xulosaga keladiki, futbolchilar 
bitta o‘yin davomida 30 dan 60 martagacha maksimal tezlikda yuguradilar hamda 
tez yugurish masofasi 10 m dan 150 m gacha bo‘lishi mumkin. 
Muallif pedagogik kuzatishlar orqali chiziqdagi futbolchilar yugurishining 
o‘rtacha vaqtini aniqlagan. Markaziy xujumchining o‘rtacha yugurish vaqti
 
23 
min. 37 s. ga teng, qanotdagi xujumchilarniki esa 22 min.0,7 s. ga teng.
Oxirgi yillarda o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 
sportchilarning tezkor-kuch tayyorgarliga harakatlanish san'ati bilan bog‘liq 
bo‘lgan sport turlarida katta axamiyatga ega. Yuqori malakali gimnastikachilarda 
texnik mahorat darajasi umumiy va maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi bilan o‘zaro 
bog‘liq (korrelyasiya koeffitsienti 0,53 va 0,65 - 0,73 ga teng). 


15 
Maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi darajasi sportda yuqori natijalarga 
erishishda eng muxim
 
omil xisoblanadi. Muallifning ta'kidlashicha, sprinter 
velosipedchining tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishni kuch va tezlikni ma'lum bir 
nisbatda o‘zaro bog‘liqlikda, sportchining individual xususiyatlarini xisobga olgan 
holda amalga oshirish lozim.
Yuqori malakali sportchilartayyorlashga qaratilgan ko‘p sport trenirovkasi 
jarayonini boshqarish samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri pedagogik nazorat, 
tayyorgarlik darajasini maqsadga muvofiq testlar yordamida baholash masalalari 
bilan bog‘liqdir. 
Ushbu jarayonni sifatli samarali tashkil qilish pedagogik nazoratni uslubiy 
va texnologik jihatlardan to‘g‘ri o‘tkazish, muayyan sport turi xususiyatiga mos 
keluvchi testlarni tanlash, ulardan to‘g‘ri foydalanish, olingan natijalarni aniq 
xisoblash va ob'ektiv baholashga asoslanadi. 
Tayyorgarlik jarayonini boshqarish uch pog‘onadan iborat bo‘ladi. 
-
boshqarish ob'ekti va ob'ekt faoliyat ko‘rsatadigan muhit haqida axborot to‘plash; 
-
yig‘ilgan axborotlarni tahlil qilish; 
-
qaror qabul qilish va rejalashtirish.
Bu pog‘onalar tugallangan siklni xosil qiladi. U boshqarishning maqsadli 
dasturi to‘liq amalga oshirilgunga qadar qayta takrorlanaveradi . 
Trenirovka jarayonini samarali boshqarish uchun sportchini yaxshiroq 
baholaydigan nazorat testlarini tanlash, bajariladigan trenirovka vazifalari va 
mashqlanganlik holatini o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zgarishi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni aniqlash zarur. 
Xozirgi paytgacha sportchilar tayyorgarligining turli tomonlarini baholash 
uchun ko‘pgina testlar ishlab chiqilgan. Ayniqsa, ularning ko‘pchiligi harakat 
sifatlari hamda texnik mahoratini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. 


16 
M.A.Godik va xammualliflarining fikricha testlash muvaffaqiyati kamida 
ikkita vazifaning hal etilishiga bog‘liq. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash 
uchun qanday va qancha testlar tanlab olinishi kerak. Ular testlash o‘tkazilayotgan 
sharoitlarni juda muxim deb hisoblaydilar. 
Futbolda testlardan muayyan foydalanish to‘g‘risida V.Avanesov ta'kidlab, 
testlash vazifalarini ko‘rib chiqadi, testlar bilan yomon ishlash tamoyillarini 
aniqlaydi, testlarga bo‘lgan talablarni sanab o‘tadi. 
Boshqarish - bu xar bir sportchi uchun optimal rejimdagi o‘quv-trenirovka 
jarayoni uslublari, vositalari va uning tashkil qilinishini aniqlashdir. Lekin 
pedagogik nazoratsiz trenirovka jarayonini samarali boshqarib bo‘lmaydi. 
Pedagogik nazorat futbolchilar tayyorgarligida katta ahamiyatga ega ekanligiga 
qaramay, afsuski, to‘liq qo‘llanilmaydi. Yana shunisi achinarliki, so‘ngi yillarda 
futbol soxasidagi ilmiy tadqiqotlarda nazorat masalalariga kam ahamiyat 
berib kelinmoqda. 
Trener amaliy ishida quyidagi turdagi xolatlarni xisobga olishi lozim, ya'ni 
turg‘un, joriy va tezkor. 
Turg‘un xolat nisbatan uzoq vaqt orasida-bir necha oygacha saqlanadi. 
Masalan, ko‘pgina trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida xosil qilinadigan sport 
formasi shunday holatga kiradi. Turg‘un holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
trenirovka jarayoni istqbolini rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin. 
Joriy holat - bu trenirovka mashg‘ulotlari seriyalarini bajargan 
sportchining xolatidir. Bu vaqtda yuzaga keladigan o‘zgarishlarning chuqurligi 
hamda xususiyati joriy xolatni ifodalaydi va keyining trenirovka mashg‘ulotiga 
nagruzkani rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Tezkor holat shunday holatki, bunday holatga sportchining 
organizmi mashqlarning bitta seriyasini bajargandan so‘ng tushadi. Bu bitta mashq 
yoki bitta trenirovka mashg‘uloti (undan ortiq emas) davomida sodir bo‘ladigan 
organizmdagi o‘zgarishlardir. 


17 
Bo‘linishning ma'nosi shundan iboratki, uning har birini tahlil qilish uchun 
o‘zining nazorat mashqlari kerak bo‘ladi. Demak, uchta turdagi holatni baholash 
uchun amaliyotda uchta turdagi nazoratni: bosqichli, joriy va tezkor nazoratni 
qo‘llash tavsiya qilinadi. 
Bosqichli nazorat eng muhimi hisoblanadi. 
Bosqichli nazorat testlar yordamida amalga oshiriladi. 
Test - bu insonning aqliy rivojlanishi, iroda sifatlari, harakat qobiliyatlari va 
boshqa tomonlarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan standart shakldagi (so‘z orqali 
ifodalalangan, rasmlar yoki qandaydir jismoniy mashqlar ko‘rinishidagi) vazifadir. 
Lekin, hamma nazorat mashqi ham test bo‘lavermaydi. Har qanday nazorat mashqi 
kamida ikkita talabga javob berishi lozim: birinchidan, u ishonchli bo‘lishi kerak. 
Ishonchlilik test natijalarining qayta takrorlanish darajasi bilan aniqlanadi, 
ya'ni futbolchilarning me'yorlar bo‘yicha natijalari takroriy o‘lchashlarda bir xil 
chiqishi lozim, shunda testni ishonchli, deb xisoblash mumkin. Ikkinchidan, 
testning eng muhim xususiyati - bu axborotlilikdir. Bu degani shuki, har bir 
muayyan test aynan biz baholashni hoxlaetgan sifatni baholashi lozim. Masalan, 
agar biz futbolchining tezkorligini baholash uchun qandaydir testdan foydalansak, 
shunga ishonchi hosil qilishimiz kerakki, test orqali kuch yoki chidamlilik emas, 
balki aynan tezkorlik baholanmoqda. 
Har qanday testning axborotliligi va ishonchliligi tekshirilishi lozim. Agar 
test bunday tekshiruvdan o‘tmagan bo‘lsa, unda testlash natijalari bizga hyech 
qanday axborot bera olmaydi. Bundan tashqari, biz yolg‘on axborotni olishimiz 
mumkin, chunki bunda o‘lchash lozim bo‘lgan futbolchi sifatidan tashqari, 
hohlagan boshqa narsani baholash mumkin. 100 metrli masofani bosib o‘tish 
vaqtiga ko‘ra futbolchining tezkorlik imkoniyatlari to‘g‘risida xulosa chiqarish 
mumkin. Biroq o‘yinchilarning musobaqa jarayonidagi harakat faollitini 
kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ular 8 m. dan 40-30 m. gacha siltanishlar va 
tezlanishlarni amalga oshiradilar. Bu degani shuki, futbolchiga aynan 
8,10,15,20,30 m masofalarda yaxshi tezlik kerak. 100 metrga yugurish vaqti 
ko‘proq tezkorlik chidamliligi to‘g‘risida ma'lumot beradi. 


18 
Testning ishonchliligi son jihatdan qayta takrorlash koeffitsientini 
hisoblash orqali aniklanishi mumkin. Bunda birinchi ustunda birinchi 
urinish yaxshisi bir vaqtning o‘zida ham uzoqlik, ham aniqlik talab 
qilinadigan testlarni qo‘llash zarur. 
To‘pni oyoq bilan aniq va uzoqqa otib berish testi ham o‘ng, ham chap oeq 
orqali bajariladi. Zarbalar bir joyda turgan to‘pga beriladi, koridor 
kengligi - 5 m. Koridor kengligi ustunlar va bayroqchalar bilan belgilanadi. 
Chaqqonlik nazorat qilish uchun eng qiyin bo‘lgan harakat sifati xisoblanadi. 
Bunday vaziyatning eng asosiy sababi - uning ko‘p tomondan o‘lchanishidir. 
Ulardan asosiylari quyidagilar: 
1.
Harakat vazifasining koordinatsion murakkabligi. 
2.
Vazifaning aniq bajarilishi. 
3.
Vazifaning tez bajarilishi. 
Bundan tashqari, chaqqonlikning o‘lchovlariga diqqatni taqsimlash 
va boshqa joyga ko‘chirish (u ko‘rish analizatorlari faoliyatiga bog‘liq 
bo‘ladi) qobiliyatini kiritish mumkin. Bunda pereferik ko‘rish kengligi 
bilan bir qatorda ko‘rish o‘tkirligi hamda chuqurligi nazarda tutiladi. Masalan, 
o‘yin vaziyatlarida taktik vazifalarning hal etilishi periferik ko‘rish kengligiga, 
texnik harakatlariing bajarilishi ko‘rish o‘tkirligiga bog‘liq. 
Yuqorida qayd etilganadabiyotlar taxlilidan ko‘rinib turibdiki, har bir 
jismoniy sifatni namoyon bo‘lishi va uni rivojlanganlik darajasini muayyan 
o‘lchov birligi, ya'ni me'yoriy testlar yordamida aniqlanadi. Lekin, muayyan 
jismoniy sifatlarning muayyan sportchida namoyon bo‘lishi shu sportchining 
funsional imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim, hollarda biror jismoniy sifat 
bo‘yicha (masalan tezkorlik) ko‘rsatilgan yaxshi natija katta bioenergiya yoki katta 
funksional qiyinchilik evaziga namoyon bo‘lishi mumkin. Ba'zida shu yaxshi natija 
kam energiya yoki kam funksional “harakat” evaziga namoyon bo‘lishi mumkin. 
Demak, xulosa qilib aytganda har bir jismoniy sifatning o‘ziga hos fiziologik 
qiymati mavjuddir. 


19 
Sport amaliyotida jismoniy imkoniyatlarining fiziologik qiymatini o‘rganish 
texnik-taktik mahoratni shakllantiruvchi mashqlarni qo‘llash me'yorini belgilashda 
muhim ahamiyatga egadir. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə