Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


Tadqiqot ob'ekti va predmeti



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

Tadqiqot ob'ekti va predmeti:
Tadqiqotning ob'ekti nazorat va tajriba 
guruhlarida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli voleybolchi bolalar va ularda tezkor-
kuch sifatlarini nostandart (noan'anaviy) va harakatli o‘yinlar ta'sirida 
rivojlanish dinamikasi
Tadqiqot metodlari:
-
Ilmiy uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish.
- Pedagogik kuzatish.
- Pedagogik tajriba. 
- Test. 
- Suhbat. 
- Matematik statistika. 
-Taqqoslash 



Ilmiy farazi: 
Yosh voleybolchilarda tezkorlik - kuch sifatlarini 
rivojlantirishda nostandart o‘yin mashqlardan foydalanish samaradorligini 
aniqlash. 
Ilmiy yangiligi: 
Yosh voleybolchilarda tezkorlik-kuch testlarining fiziologik qiymati va shu 
sifatlarni harakatli o‘yinlar yordamida rivojlantirishning samarali usullari ishlab 
chiqildi. 
Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: 
-Sport amaliyotida jismoniy imkoniyatlarining fiziologik qiymatini o‘rganish
-O‘yin vaziyatlarida taktik vazifalarning hal etilishi periferik ko‘rish kengligiga, 
texnik harakatlarning bajarilishi ko‘rish o‘tkirligiga bog‘ligini o‘rganish.
Tadqiqot ishining tuzilish va xajmi.
Bitiruv malakaviy ish kirish, III bob, 
xulosalar, 1 ta diagramma, 2ta jadval hamda adabiyotlar ruyxatidan iborat 
bo‘lib, 48 betni tashkil qiladi.
Tadqiqot natijalari.
Pedagogik tadqiqotda ishtirok etgan 10-12 yoshli 
voleybolchilarda tezkorlik-kuch sifatining rivojlantirish darajasi talabga javob 
bermasligi qayd etildi. Shu bilan bir qatorda tadqiqot davomida qo‘llanilgan 2 
xil variantdagi trenirovka mashg‘ulotlari turli samaradorlikka ega ekanligi 
ma'lum bo‘ldi. Jumladan, tarkibiga maxsus moslashtirilgan harakatli o‘yinlar 
kiritilgan trenirovka jarayoni tezkorlik-kuch sifatini tez sur'at davomida 
rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu natija 30 m ga yugurish va maxsus 
yugurish testlari ko‘rsatgichlari bilan isbotlandi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə