2- ma’ruza: Yakuniy malakaviy ishlarni yozish metodikasi Reja



Yüklə 22,71 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü22,71 Kb.
#137504
  1   2
2-Mа\'ruza


2- ma’ruza:Yakuniy malakaviy ishlarni yozish metodikasi
Reja

  1. Bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi.

  2. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi talablari

  3. Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga

Bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi. Rahbarlik qilish.
Bitiruv malakaviy ishi-ta’limning yakuniy bosqichida oliy ta’lim
muassasasi rahbari tomonidan tayinlangan ilmiy rahbarning top-shirig’i va
kо’rsatmasi asosida talaba tomonidan mustaqil bajariladigan ilmiy-nazariy
va metodik loyihadir.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bakalavriat yо’nalishi talabasining
yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi kо’rinishlaridan biridir. Shuningdek,
bitiruv malakaviy ishi talabaning о’z ixtisosligi bо’yicha egallagan nazariy
hamda amaliy kо’nikma va malakalari kо’lami va darajasini, bitiruvchining
saviyasi va salohiyatini belgilovchi, mustaqil ilmiy, ijodiy tadqiqot ishidir.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda
amalga oshiriladi:

Tayyorgarlik bosqichi:


- tanlangan mavzu buyicha bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun
ruxsat olish (mavzuni tasdiqlash);
- malakaviy ishni bajarish bо’yicha topshiriqlarni ishlab chiqish.
- mavzu tanlash;
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
- mavzuning talaba ta’lim yо’nalishi, ixtisosligiga mosligi;
- dolzarb pedagogik muammoga bag’ishlanganligi;
- fanning amaldagi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga mosligi;
- iste’molchilarda qiziqish uyg’otishi va amaliy ahamiyatga ega
bо’lishi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashda quyidagilarni
hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
- tadqiq etilayotgan muammoning adabiyotlarda yoritilishi va
ishlanganlik darajasi;
- oliy ta’limda ta’lim olish davrida talabaning kurs ishlari hamda
boshqa ilmiy ishlarni bajarish borasida egallagan kо’nikmalari;
- bitiruv ishini bajarish uchun zarur bо’lgan ma’lumotlarni topish
imkoniyati;
- iste’molchi tashkilotning bitiruv malakaviy ishi materiallariga
qiziqishi va ehtiyoji;
- talabaning imkoniyatlari va nazariy-amaliy tayyorgarlik
darajasi.

Yüklə 22,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə