Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni va rivojlantirish



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

1.1. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni va rivojlantirish 
masalalari 
Inson bolalikdan turli yo’nalishdagi harakat malakalarini ongsiz va ongli tarzda bajaradi. 
Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, 
egiluvchanlik) tusida rivojlana boradi. Sekin-asta xayotiy zarur harakat malakalari (yurish, 
yugurish, sakrash, to’xtash, osilish va h.) sayqal topadi. 
Mutaxassislarning fikriga asosan shu jismoniy sifatlar va xayotiy zarur harakat malakalari 
harakatli o’yinlar yordamida yanada samaraliroq rivojlanishi isbotlab berilgan. 
Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, turli bosqichdagi ta’lim maskanlarida ushbu 
muammoga har doim ham rejali va ilmiy jixatdan yondoshilmaydi. 
Jismoniy mashqlarni to’g’ri qo’llash, ularni bolalar qanday o’zlashtirayotganligini 
nazorat qilib borish shu bolalardagi jismoniy sifatlarni, uning qaddi-qomati, jismoniy va 
funksional taraqqiyoti to’g’ri yo’nalishda tarbiyalanib borishga imkon yaratadi. 
Ma’lumki, insonning jismoniy sifatlari uning tug’ilishidan boshlab shakllana boradi. 
Lekin, uning bolaligida shu sifatlar qanday darajada shakllanishi, oddiy yoki murakkab 
harakatlarni o’zlashtirib olishi nafaqat uni o’sib yashab kelayotgan muhitga bog’liq, balki 
bolaning muayyan sifatini qanday vositalar yordamida rivojlantirish bilan belgilanadi. 
Shu bilan bir qatorda harakatni turi, yo’nalishi va qanday maqsadga qaratilganligiga 
(kasb, ro’zg’or ishi, sport, harbiy faoliyat va h.) qarab, har bir jismoniy sifatni shu harakat 
ijrosidagi o’rni turlicha bo’ladi. Shunday bo’lsada, turli kasb faoliyatlarida yoki sport turlarida 
shu jismoniy sifatlarning integral ahamiyati o’ziga xos ulushga ega bo’ladi. Ammo qanday 
bo’lmasin, ko’pincha tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida ayrim jismoniy 
sifatlarning ustuvorligi darhol ko’zga tashlanadi. 
Zamonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchining uzoq muddat 
davomida yuqori sifatli va samarali ish qobiliyatini saqlay olish imkoniyati bilan bog’liqdir. 
Har xil sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar 
qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o’z ish qobiliyatini sifati 
va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi»ga ega 
bo’lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqappap. Boshqacha qilib aytganda ish 
qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasini ko’p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy 
va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor - kuchga bo’lgan 


20 
chidamkorlik, sakrashga bo’lgan chidamkorlik, «texnik–taktik chidamkorlik» va hokazo) 
qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. 
Ma’lumki, ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa so’z uning sifati va 
samaradorligiga tegishli bo’lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag’izi» boshqa jismoniy 
sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Ya’ni samarali natijaga mos 
umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o’zida 
mujassam qilgan bo’ladi. Ushbu sifatlarning o’zaro uzviy bog’liqligi va ularning yuksak 
darajadagi integral natijasi mahoratining muayyan taqdirini belgilab beradi.
Maqsadra muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratini shakllantirish 
va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, 
sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini 
rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy 
sabablaridan biri mashg’ylotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va 
shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi 
(organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi - reaksiyasi) obyektiv ravishda baholanmasligidadir. 
Shuning uchun ham o’quv trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy 
mashqlar) ning shug’ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi 
e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqcadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funksiyasining ikki, bir-biriga uzviy bog’liq 
tomoniga alohida e’tibor qaratiladi: 
- sportchini texnik-taktik malakalarga o’rgatish va ularni takomillashtirish; 
- sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xususiyatiga muvofiq) ravishda 
tarbiyalash. 
So’ngi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy
tayyorgarlikni o’rni, jumladan jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog’liqligi hamda ularni 
sport mahoratiga bo’lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib bormoqda. 
So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda, harakat sifatlarini 
(tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir-biriga bog’lab shakllantirish 
muhimligi haqida borar ekan, bu borada kuch sifatiga alohida urg’u berish maqsadga 
muvofiqdir.
Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida kuch sifati xal qiluvchi 
muhim manba bo’lib hisoblanadi. Diqqatni jalb qiluvchi o’ta muhim ma’lumotlarni keltiradi. 
Chunonchi, sportning yakkakurash turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi 
xususiyatlaridan biri - bu o’zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor-kuch asosida ijro etiluvchi 
murakkab hapakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o’z yetakchiligini 


21 
namoyish etadi. Shu bilan bir qatopda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik 
malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita 
bog’liqligi isbotni talab qilmaydi. Erkin kurash bo’yicha Jahon chempionati ishtirokchilarining 
musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvning 3-davrida o’z samarasini keskin 
susaytirgan. Ushbu vaziyat yana shu kurashchilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada 
shakllanmaganligiga e’tibor qaratadi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, texnik mahorat 
samarasini musobaqalar davomida uzoq saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o’rin 
egallaydi. 
Ma’lumki, maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan holda 
samarali shakllanishi isbot qilingan. 
Maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun kurashchi maxsus texnik mashqarni uzoq 
vaqt davomida, hatto charchash asoratlari mavjud bo’lganda ham, ijro etishi kerak bo’ladi. 
Umumiy chidamkorlik o’rtacha shiddatda ko’p hajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, 
eshkak eshish, suzish, velosipedda yurish va hokazo) surunkasiga bajarish asosida 
shakllantiriladi.
Voleybolchilarni tayyorlashda va texnik mahoratini shakllantirishda egiluvchanlik sifati 
ham zarur omillardan biridir. Yuqori darajada rivojlangan egiluvchanlik sportchi texnik 
malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo’ladi. Egiluvchanlik asta-sekin, uzoq muddatli 
mashg’ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg’ulotlar biroz 
to’xtatib qo’yilsa, bu sifat keskin yo’qolib ketishi yoki susayishi mumkin. 
Voleybolchilarda qo’llaniladigan mashqlar o’z-o’zidan asta-sekin egiluvchanlikni 
shakllantirib boradi. Lekin, buni o’zi ushbu sifati to’laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. 
Bu sifatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo’g’imlarni quyidagi mashqlar 
yordamida rivojlantirish zarur: oldinga maksimal egilish, orqaga egilish, most xolatida turish va 
shu mashqlarini sheriklar qarshiligida hamda og’irliklar bilan bajarish. 
F.A.Kerimov (2001) uzoq yillar davomida turli yoshdagi va malakaga ega kurashchilar 
ustida tadqiqotlar o’tkazish natijasida jismoniy sifatlarning texnik mahoratga va musobaqa 
(olishuv) jarayoniga to’g’ridan to’g’ri aloqador ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jismoniy 
sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo’lsa, sport mahorati shunchalik mukammal 
o’sib boradi. 
Yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlarning tahliliy sharhi tanlangan mavzuning 
qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Darhaqiqat, jismoniy tayyorgarlik malakali 
voleybolchilarni tayyorlashda eng muhim poydevor sifatida sport mahoratini samarali 
shakllanishida beqiyos omil bo’lib hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ilmiy ma’lumotlarning 
tahliliga ko’ra har qanday jismoniy tayyorgarlik jarayoni ham jismoniy sifatlarni samarali 


22 
rivojlanishiga olib kelavermaydi va texnik-taktik mahoratni shakllanishiga ijobiy ta’sir eta 
olmasligi mumkin. Aksincha, aksariyat hollarda sport mahoratiga salbiy ta’sir etishi ham 
ehtimoldan holi emas. 
Binobarin, o’quv-trenirovka jarayonida jismoniy tayyorgarlik mashqlarini qo’llash hap 
bir sportchining yoshi, sport turining xususiyati va sportchining malakasi hamda nasliy 
imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Shuning uchun malakali sportchilarni tayyorlash 
masalasi sport trenirovkasi jarayonida muayyan maqsadga yo’naltirilgan jismoniy majmuasidan 
iborat bo’lishiga undaydi. 
Malakali sportchilarni tayyorlashda maqcadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy 
tayyorgarlik texnik – taktik mahoratni shakllantirishda va musobaqa davomida yuksak natijaga 
erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida hap doim ham 
rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq hapakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani 
bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ylotlarda 
qo’llanilgan. U yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni 
shyg’yllanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi-
reaksiyasi) obyektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv-trenirovka 
jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar) ning shyg’yllanuvchilar 
organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani 
maqsadga muvofiqligi rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. 
Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko’pgina tadqiqotchilar ishlarida 
va ilmiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan. 
Vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilarning tezkorlik-kuchlilik sifatini 
«zarbdor» uslubda rivojlantirish imkoniyati afzal ekanligini ko’rsat i b o’t gan. Uni ng 
fi kri cha «port l ovchi » kuchni rivojlantirishda ushbu uslubdan foydalanish yaxshi 
natija beradi, lekin bunday mashg’ulotlarni musobaqadan 10-12 hafta avval 3 martadan 
o’tkazib turish lozim bo’ladi. 
Voleybolchilarning o’yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik 
davrining bosqichlarida ikki omil bilan belgilanadi: tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi va
tayyorgarlikning aralash omili ( tezkorlik va tezkorlik chidamkorligi). 1 bosqichda 
ularning ulushi 83,3% ga teng. Bunda tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi 1 o’rinda tursa, 
tezkorlik tayyorgarligi 2 o’rinda turadi. 2 bosqichda 93,2% va 3 bosqichda 100%. Bu 
bosqichlarda tezkorlik va tezkorlik chidamliligi 1 o’rinda tursa, tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi 
2 o’rinda bo’lishi kerak. 


23 
Tayyorgarlikning dastlabki bosqichida tananing uzunligidan tashqari, sakrovchanlik va 
chaqqonlik sifatlari ko’rsatgichlari o’ta muhim xisoblanadi. Keyingi bosqichlarda esa tezkorlik, 
qo’l mushaklari kuchi va diqqatning turg’unligi ustivor ahamiyatga ega bo’ladi. 
Voleybol elementlari bilan ko’shib o’tiladigan jismoniy tarbiya darsnii kichik sinf 
o’quvchilari jismoniy tayyorgarligiga ta’sir etish darajasini o’rganish natijasida Zuoza Aureliyus-
Kazis Kazevich (1989) shunday hulosaga keldiki, aniq maqsadga yo’naltirilgan voleybol darslari 
nafaqat yosh o’quvchilarni tarbiyalashda samarali vosita bo’lib hisoblanadi, balki voleybol 
tugaragiga dastlabki tanlov asosida qabul qilish va ularning o’yin ixtisosligini bashorat yordamida 
belgilab olish imkonini beradi. 
Sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan yangicha uslubiyatni taklif qilgan 
M.I.Popichev (1992) bu uslubiyatni yosh voleybolchilarda sinab ko’rdi. U shu voleybolchi bolalarni 
tana bug’imlarining uzunligiga qarab 4 ta guruhga ajratdi:
1) qisqa boldirli va uzun son va gavdali bolalar;
2) uzun son va gavda qisqa boldirli bolalar;
3) uzun boldirli va qisqa son va bolalar;
4) kalta son va uzun gavdali hamda boldirli bolalar.
Aynan shu morfologik xususiyatlarni e’tiborga olgan holda har bir guruhdagi 
bolalarni o’ziga hos aksariyat s akrovchanlik mashqlari bilan shug’ullantirdi va ma’lum 
vaqt o’tganidan so’ng ushbu mashqlar samarasini tekshirib ko’rdi (1 jadval). 
O’zoq 
yillar 
davomida 
malakali 
voleybolchilar 
sakrovchanligi 
s a k r a s h
c h i d a m k o r l i g i n i n g o ’ s i s h i n i k u z a t i b k e l g a n M.Boyirbekov (2003) ilmiy va 
amaliy ahamiyatga ega qator xulosalar qilishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, uning fikricha 
yuqori malakali voleybolchilar bir o’yin mobaynida zarba berish va to’siq qo’yish uchun 306 
martadan 600 martagacha sakrar ekanlar. Ushbu malakalarni ijpo etish uchun eng ko’p 
marta sakrash 4 partiyaga to’g’ri keladi (142 marta). To’siq qo’yish uchun sakrash (122), 
zarba berish uchun sakrashdan ko’prok, qaytarilar ekan (113 marta). Kuzatuvlarga ko’ra bitta 
trenirovka mashg’uloti davomida bajariladigan sakrash soni, bitta musobaqada sakrash sonidan kam 
ekanligi aniqlangan. 
Yuqorida qayd etilganidek o’yin davomida sakrash sifatini nafaqat soni, balki uni 
qanday balandlikda ijro etilayotganligi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu sifatni 
dastlabki bosqichidan boshlab, samarali mashqlar asosida shakllantirish zarur. 
Sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini oshirishda nafaqat maxsus maiщlar, balki turli 
moslama-trenajyorlardan ham foydalanish yaxshi natija beradi. 
Masalan: Sakrash tumbasi sakrovchanlikni va sakrash chidamliligini rivojlantiradi. 
Tumba bo’limlardan iborat bo’lib, uni har hil balandlikka qo’yish mumkin. Asosan 


24 
sakrovchanlikni oshirishda bajariladigan mashqlar quydagilardan borat. Bir oyoqda va ikki 
oyoqda depsinib sakrash; sakrab utish; yuoriga sakrash va xujumchi zarbasini bajarishdagi 
sakrashlar kiradi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə