Reja Kirish



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə2/13
tarix28.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#138272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
25 Futbol sport turidan xakamlik qilish jarayonlar

Kuch va tezkorlikni chidamkorligi sportchilarni yosh sportchilarni juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo’rma-zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatlarga olib kelish extimolidan xoli emasligi alohida ta'kidlab o’tilgan (A.R.Akromov, M.A.Godip, SH.T.Iseev, G.M.Sergeev, R.I.Nurimova, S.A.Savin va boshqalar).
Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko’pgina tadqiqotchilar shularida va ilmiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan (Z.G.Gapparov, D.Jarnin, V.I.Samakov, G.M.Sergeev va boshqalar).
Ta'kidlash lozimki Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy va ijtimoiy pedagogik xususiyatlari hamda uning tarbiyaviy mohiyatlarini yurtimiz olimlari tomonidan ijobiy ravishda mukammal asoslab bergan.
Futbol musobaqalarni tashkil etish, o`tkazish va uning ahamiyati.
Futbol musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ular mashg’ulotlarda qiziqishni oshiradi, mamlakatda futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi. Futbolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi.
Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Musobaqalar qat’iylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, korxona jamoasi, shahar, respublika, mamlakat oldidagi ma’suliyat hissini tarbiyalaydi. O’yinlarning emostional keskinligi futbolchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ochiq havoda o’tkaziladigan musobaqalar qatnashchilarni sog’lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositalaridan biridir. Musobaqalar ko’p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan futbolni targ’ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarga uyushtiruvchi ta’sir ko’rsatib, tomoshabinlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga jalb etadi.
Futbol hakamining tarbiyachi – pedagog va o’yin rahbari sifatidagi ahamiyati juda katta. Aniq hakamlik qilish, maydonda ro’y beradigan qo’polliklarga va ayrim futbolchilarning intizomsizligiga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o’yinchilariga o’z vaqtida tanbeh va ko’rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o’tkazishga yordam beradi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə