Reja Kirish


O’yinlar (musobaqa)da o’rinlarni aniqlash



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə7/13
tarix28.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#138272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
25 Futbol sport turidan xakamlik qilish jarayonlar

4.6. O’yinlar (musobaqa)da o’rinlarni aniqlash
O’tkazilgan musobaqa natijasida g’olib va musobaqada ishtirok etgan jamoalar egallagan keyingi o’rinlar aniqlanadi. Shu musobaqada jamoaning o’tkazgan har bir o’yini uning natijasiga qarab, ochkolar berish yo’li bilan baholanadi. Kollektivdan bitta jamoa qatnashadigan davralar tizimi bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalarda quyidagicha hisobga olish shkalasi keng tarqalgan bo’lib, unga binoan g’alaba uchun – 2, durang uchun – 1, mag’lubiyat uchun -0 ochko beriladi. Jamoalarning o’yinga kelmaganligini mag’lubiyat bilan tenglashtirmaslik uchun boshqacha hisoblash shkalasi qabul qilinadi, masalan: g’alaba –3 ochko, durang – 2 ochko, mag’lubiyat – 1 ochko, o’yinga kelmaslik – 0 ochko.
Klublar bo’yicha hisobga olishda, jismoniy tarbiya jamoalari musobaqalarda bir necha jamoalar bilan qatnashganda (viloyat, shahar va tuman birinchiliklari o’ynalayotgan vaqtda shunday bo’lishi mumkin) hisobga olish shkalasi har bir jamoaga alohida-alohida ochkolar yozishni talab qiladi.
Natijalar klublar bo’yicha hisobga olinadigan musobaqada oltita jamoa bilan qatnashuvchi jismoniy tarbiya jamoalariga beriladigan baholash ochkolari shkalasi misol tariqasida keltirilgan.
Musobaqa o’tkazishning muayyan sharoitlari va oldinga qo’yilgan vazifalarga qarab ochkolar differenstiastiyasi turli jamoalar uchun boshqacha bo’lishi mumkin. Biroq, odatda, mag’lubiyat g’alaba uchun beriladigan ochkolarning 1/3 ni, durang uchun beriladigan ochkolarning 2/3 ni, kelmaganlik uchun 0 qismini berishini nazarda tutish kerak.
4.6-jadva

Musobaqada o’rinlar jamoalarning hamma o’yinlarda to’plagan ochkolar yig’indisiga qarab uzil-kesil aniqlanadi. Eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib hisoblanadi. Agar dastlabki bir necha jamoalarning to’plagan ochkolari soni bir xil bo’lsa, g’olibni uzil-kesil aniqlash uchun ular o’rtasida qo’shimcha o’yinlar o’tkazilishi mumkin yoki o’rinlar kiritilgan va o’tkazib yuborilgan to’plar nisbati bo’yicha, yoki ular o’rtasida musobaqa jarayonida o’tkazilgan o’yin natijalari bo’yicha aniqlanadi
Jismoniy tarbiya jamoalari musobaqada ishtirok etish natijasida to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab klublar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi.
Quyida nisbatan qisqa muddatlarda ko’p jamoa ishtirokida o’tkaziladigan musobaqalarda qo’llaniladigan davrali o’yin tizimining xillarida biri keltiriladi. Bu tizimda hamma jamoalar bir necha guruhga bo’linadi.
Har bir kichik guruhdagi o’yinlar davrali tizim bo’yicha ochkolar berish yo’li bilan o’tkaziladi. Shundan so’ng kichik guruh g’oliblaridan yoki kichik guruhlarda 1-2-o’rinlarni olgan jamoalardan yangi guruhlar tuziladi va bu guruhlar ham davrali tizim bo’yicha o’yinlar o’tkazadi. G’olibni aniqlash uchun bo’ladigan final o’yin guruh g’oliblari o’rtasida o’tkaziladi. Qolgan hamma o’rinlar kichik guruhlarda tegishli o’rinni egallagan jamoalar o’rtasida o’yinlar o’tkazish bilan aniqlanadi.
Masalan: Germaniyada bo’lib o’tgan 16 jamoa o’rtasidagi 1974-yilgi jahon birinchiligi musobaqalari shunday tizim bo’yicha o’tkazilgan. Dastlabki bosqichda hamma jamoalar to’rtta guruhga bo’lingan edi:
I guruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar
III guruh: 9, 10, 11, 12-nomerlar
II guruh: 5, 6, 7, 8-nomerlar
IV guruh: 13, 14, 15, 16-nomerlar
Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda, jahon birinchiligida bo’lgani kabi, har bir guruhga avvalgi jahon birinchiligida katta natijalar ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi.
Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha o’ynaydilar. Kichik guruhlarda o’tkazilgan o’yin natijalariga qarab, har birida 4 tadan jamoa bo’lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada 1-bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan chiqib ketar va ularning o’rni aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o’xshash tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham):

«A» guruh

«B» guruh

I guruh 1-o’rin

I guruhdagi 2- o’rin

II guruh 2 - o’rin

II guruhdagi 1- o’rin

III guruh 1 –o’rin

III guruhdagi 2- o’rin

IV guruh 2- o’rin

IV guruhdagi 1- o’rin

«A» va «B» guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha bir davra o’yin o’tkazadilar. Finalda birinchi o’rin va chempionlik unvonini olish uchun «A» va «B» guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3-4 o’rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday jadval bo’yicha 16 jamoa bo’lganda, dastlabki to’rt o’rinni aniqlash uchun 38 ta o’yin o’tkazilgan bo’lishi kerak.
Guruhlarda tegishli o’rinlarni egallagan jamoalar o’rtasida o’tkaziladigan shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni aniqlash mumkin.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə