Reja Kirish



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə10/13
tarix28.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#138272
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
25 Futbol sport turidan xakamlik qilish jarayonlar

Maydon korinishi rasmda korsatilgan.
O’yinda har bir jamoada 11 tadan o’yinchi: 1ta darvozabon va 10 ta maydondagi o’yinchi o’ynaydi. O’yin maydon markazidan to’pni oldinga uzatish bilan boshlanadi. Agar biron bir jamoa o’z darvozasidan to’p o’tkazib yuborsa, o’yin yana maydon markazidan boshlanadi. O’yin vaqtida hakamning ruxsati bilan 3 yoki 5ta o’yinchini almashtirish mumkin, maydondan chiqib ketgan o’yinchi qaytib maydonga tushmaydi. O’yin 45 daqiqadan 2 taym davom etadi; taymlar orasida 15 daqiqa tanafus beriladi. O’yinda 5 ta hakam: 1 ta hakam o’rtada, 2 ta hakam yon chiziqda, 1 ta yordamchi hakam, 1 ta nazoratchi hakam ishtirok etadi.
Erkin to’p. To’p raqib jamoasidan tashqariga chiqib ketganda darvozabon maydonchasidan to’pni tepib o’yinga kiritiladi, hamda o’yin vaqtda raqib jamoasi o’yinchilariga taqiqlangan harakatlarni qo’llansa ya’ni raqibni ushlab qolish, turtsa, itarsa, chalsa, beixtiyor to’p jarima maydonidan tashqarida qo’lga tegsa, himoyachi atayin uzatgan to’pni darvozabon ushlasa, erkin to’p belgilanadi.
Jarima to’pi. Maydonda va jarima maydoni oldida to’p bilan o’ynayotgan o’yinchiga nisbatan atayin taqiqlangan harakatlar qo’llansa, jarima to’pi belgilanadi.
Burchak to’pi va yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish. To’p darvozabon yoki himoyachiga tegib maydondan chiqib ketsa burchakdan to’pni tepib o’yin kiritiladi. Burchak to’pi tepganda to’p darvozaga kirsa gol hisoblanadi.
Yon chiziqdan to’pni tashlab o’yinga kiritish maydon o’yinchilari qo’lda o’ynaydigan yagona usul bo’lib, to’p raqib jamoa o’yinchisi oyog’idan maydonni tark etganda qo’llaniladi. To’pni tashlash vaqtida maydon ichiga kirish, oyoqni ko’tarish yoki sakrash man etiladi. Shunday holat ro’y bersa to’p, raqib jamoaga beriladi. To’pni tashlagandan so’ng to’pni tashlagan o’yinchi to’pni sherigi yoki raqibdan qaytgandan so’ng o’ynashi mumkin.
11 metrlik jarima to’pi (penalti). Himoyachilar va darvozabon tomonidan jarima maydoni ichida hujumchiga qarshi qo’pollik ishlatilsa, himoyachini qo’liga to’p tegsa, 11 metrlik jarima to’pi belgilanadi. 11 metrlik jarima to’pi bajarilayotgan vaqtda to’p 11 metrlik nuqtaga qo’yiladi jarima maydoni ichida faqat darvozabon va 11 metrlik jarima to’pini tepuvchi o’yinchi bo’ladi, qolgan hamma o’yinchilar jarima maydonidan tashqarida bo’ladi.
Taqiqlangan o’yin qoidalarini qo’llagan, qo’pol va sportga xos bo’lmagan harakat qilib intizomni buzgan o’yinchiga hakam tomonidan sariq kartochka ko’rsatiladi. O’yin vaqtda shunday harakatlarni takror bajarsa, hakam sariq kartochka ketidan qizil kartochka ko’rsatib o’yinchini maydondan chiqarib yuboradi. Maydondan chiqarilgan o’yinchi qaytib maydonga tushmaydi. Jamoa o’yinni 1 kishi kam bo’lib davom ettiradi. Agar ikkala jamoa o’yinchilari bir vaqtda xatolikka yo’l qo’ysa yoki o’yin qandaydir sababga ko’ra to’xtatilgan bo’lsa, bahsli to’p tashlash belgilanadi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə