Reja Kirish


Futbol qoidalariga eslatmalar



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə9/13
tarix28.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#138272
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
25 Futbol sport turidan xakamlik qilish jarayonlar

Futbol qoidalariga eslatmalar
O’smirlar jamoasi (16 yoshgacha bo’lgan o’yinchilar), ayollar jamoasi va faxriylar jamoalari (35 yoshdan kata bo’lgan o’yinchilar) ishtirokidagi o’yinlarda futbol qoidalariga quyida keltirilgan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin:
futbol maydoni hajmiga;
to’p og’irligi va materialiga;
darvoza balandligi va kengligiga;
o’yin vaqtiga;
o’yinchi almashtirish soniga.
Qolgan o’zgartirishlar faqatgina Xalqaro Kengash roziligi bilan amalga oshiriladi.
Erkaklar va ayollar Futbol qoidalari matnida keltirilgan tushuntirishlar va aniqlashtirishlar hakamlar borasidagi shuningdek o’yinchilar va jamoa rahbarlar borasida masalalar erkaklarga tegishli bo’laganidek shu o’rinda ayollarga ham tegishlidir.
Futbol o`yin qoidalari
Qoidalar-2019/2020ni qayta ko’rib chiqish tarixi
2016/2017 mavsumda o’yin Qoidalarini qayta ko’rib chiqish IFAB (XALQARO FUTBOL ASSOTSIATSIYASI HAYATI) tarixida har tomonlama keng o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Maqsad — Qoidalarni yanada aniqroq, yanada hammabop qilish bo’lib, u, shubhasiz, barcha darajadagi zamonaviy o’yinning talablarini o’zida aks ettirishi kerak.
Qoidalar-2016/2017dan boshlab eng so’nggi o’zgarishlar ko’p tamoyillarni kengaytirdi. “Halol o’yin!” strategiyasida ta’kidlanganidek, barcha darajada futbolning jozibadorligini oshirishga harakat qilish kerak. Shundan kelib chiqib, 2017 yilgi Yillik bosh majlis (AGM) quyi darajadagi futbolning rivoji uchun ba’zi sezilarli o’zgarishlarni tasdiqladi.
Jumladan:
o’z mamlakatida futbolni rivojlantirish maqsadida Milliy futbol assotsiatsiyalarining imkoniyatlarini kengaytirish uchun Qoidalardagi ba’zi tashkiliy jihatlarini modifikatsiya qilish;
yoshlar, faxriylar, imkoniyati cheklangan insonlar o’rtasidagi va ommaviy futbol o’yinlarida muqobil jazo chorasi sifatida vaqtinchalik chetlatish (qoidabuzarlar o’rindig’i)dan foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
yoshlar, faxriylar va imkoniyati cheklangan insonlar o’rtasidagi futbol o’yinlarida (ommaviy futbolda bo’lganidek) o’yinchini qayta almashtirish imkoniyatini kengaytirish. 2018 yilning mart oyida IFABning Yillik bosh majlisi navbatdagi bir qator o’zgarishlarni tasdiqladi. Ulardan ikkitasi musobaqalar uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi: qo’shimcha bo’limlarda yana bitta o’yinchi almashtirishga ruxsat berish va videoyordamchi hakam (VAR)dan foydalanish. Qo’shimcha bo’limlarda yana bitta o’yinchi almashtirish imkoniyati futbolning barcha toifalari uchun manfaatli bo’ldi. Boisi, maydonga tushirilgan yangi futbolchi o’ynayotgan o’yinchining madori qurishi yoki jarohatlanishining oldini oladi hamda qo’shimcha bo’limlarda o’yin taqdirini hal qilish imkoniyatini oshiradi. VARning joriy qilinishi so’nggi yuz yillikda professional futboldagi eng katta inqilob bo’ldi. Mazkur texnologiya orqali qabul qilinadigan qaror o’yinning uzluksizligiga putur yetkazmaydimi, hissiyotlarni so’ndirib qo’ymaydimi, mazmunidagi qizg’in bahs-munozaralarga ko’p yillar kerak bo’lganini inobatga olsak, bu hayratlanarli darajada tezkor inqilob bo’ldi. VAR qo’llanilgan dastlabki o’yin 2016 yilning 12 avgust kuni AQShning Nyu-York shtatidagi Nyu-Jersi shahrida bo’lib o’tdi. E’tiborli tomoni, oradan atigi 23 oy o’tib, VAR Moskva shahrida bo’lib o’tgan 2018 yilgi Jahon chempionati finalida qo’llanildi. VAR hech qachon barcha munozarali vaziyatlarni hal qilib bermaydi, boisi, ko’p qarorlar o’ziga xos xarakterga ega. Shunga qaramay, bu texnologiyadan foydalanayotgan ko’pgina yetakchi mamlakatlar shuni ko’rsatmoqdaki, VAR futboldagi adolatni o’rnatishda yordam bermoqda va o’yinchilarning xulqiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Qoidalar-2019/20dagi ko’p o’zgarishlar o’yinning borishiga va uning mavqeiga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Masalan:
to’pni darvoza maydonidan o’yinga kiritish chog’ida to’p jarima maydonini tark etishi shart emasligi o’yinni tashkil qilishni tezlatdi;
jarima zarbasi paytida hujum qilayotgan o’yinchilarning “jonli devor”da turishiga ruxsat berilmasligi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan to’qnashuv va mojarolar (shuningdek, o’yinning cho’zilishi)ning oldini oladi);
to’p tashlab berishning adolatliroq tartibi hozirgi “suiste’mol qilishlar”ga barham beradi; to’p hakamga tegib darvozaga kirsa, to’pni nazorat qilayotgan jamoa almashsa yoki yangi hujum boshlansa, to’p tashlab berish orqali o’yinga kiritiladi.
Qoidalardan foydalanish bo’yicha IFAB talabining qismi sifatida ishtirokchilarning xulqi va o’yin mavqeini yaxshilash maqsadida jamoalarning o’zini nomunosib tutgan rasmiy shaxslari endi sariq va qizil kartochkalar bilan jazolanadi. Agar qoidabuzarni aniqlashning imkoni bo’lmasa, u holda kartochka murabbiylardan lavozimi bo’yicha kattasiga ko’rsatiladi.
IFAB Qoidalarga sezilarli o’zgartirish kiritish bo’yicha tajribalarni davom ettiradi. Tajribalarning aksariyati muvaffaqiyatli chiqdi, lekin «AB-BA» shaklidagi o’yindan keyin penaltilar seriyasi, ya’ni dastlabki jamoa bir marta zarba berganidan keyin jamoalar ikki martadan zarbani amalga oshirish tizimi u qadar ommalashmadi. Boisi, u murakkab tizim edi. Futbol esa tabiatan oddiy (va an’anaviy!) o’yin hisoblanadi. Shu bois, mazkur tajriba to’xtatildi.
Futbol o’yini va undagi hakamlik jahondagi har bir futbol maydonida — FIFA jahon chempionatining finalidan tortib, eng kichik qishloqqacha bir xil bo’lishi kerak. O’yin qancha davom etishi, unda qancha odam ishtirok etishi, nomaqbul harakatlar qanday jazolanishi mamlakatda
masalan, bir nechta vaqtinchalik chetlatishlar uchun ogohlantirishlarda bo’lgani kabi diskvalifikatsiya qilish haqidagi qarorni musobaqalar nizomi / milliy futbol assotsiatsiyalari hal qiladi.
Vaqtinchalik chetlatish tizimlari
Musobaqalarda quyidagi vaqtinchalik chetlatish tizimlaridan biri qo’llanilishi mumkin:
A tizim — barcha ogohlantirishlar uchun
B tizim — ba’zi ogohlantirishlar uchun, ammo barchasi uchun emas.
A tizimi — barcha ogohlantirishlar uchun vaqtinchalik chetlatish
Barcha ogohlantirishlar vaqtinchalik chetlatish bilan jazolanadi.
Bitta o’yinda ikkita ogohlantirish olgan o’yinchi:
Ikkinchi vaqtinchalik chetlatish bilan jazolanadi va o’yinda boshqa ishtirok etmaydi;
Ikkinchi vaqtinchalik chetlatish muddati tugagandan keyin uning o’rniga boshqa o’yinchi tushirilishi mumkin, agar uning jamoasi barcha almashtirishlar imkoniyatidan foydalanib bo’lmagan bo’lsa (jamoa ikki marta vaqtinchalik chetlatish paytida mazkur o’yinchisiz o’ynash bilan jazolangani sababli).
B tizim — barcha emas, ba’zi ogohlantirishlar uchun vaqtinchalik chetlatish
Oldindan belgilab qo’yilgan ro’yxatdagi qoidabuzarliklar uchun ogohlantirish vaqtinchalik chetlatish bilan jazolanadi.
Boshqa barcha qoidabuzarlik uchun ogohlantirish sariq kartochka bilan jazolanadi.
Bir marta vaqtinchalik chetlatilgan va vaqtinchalik chetlatishga loyiq bo’lmagan qoidabuzarlik uchun ogohlantirish olgan o’yinchi, o’yinni davom ettiradi.
Vaqtinchalik chetlatishga sabab bo’lmaydigan ogohlantirish olgan o’yinchi, keyinchalik vaqtinchalik chetlatilsa, vaqtinchalik chetlatish muddatini o’tagandan so’ng o’yinni davom ettirishi mumkin.
Bir uchrashuvning o’zida ikkinchi marta vaqtinchalik chetlatish bilan jazolangan o’yinchi, vaqtinchalik chetlatish muddatini o’taydi va uchrashuvda boshqa ishtirok etmaydi. Agar jamoa o’yinchi almashtirish imkoniyatidan to’liq foydalanib bo’lmagan bo’lsa, ikkinchi vaqtinchalik chetlatish muddati tugagandan keyin uning o’rniga boshqa o’yinchini tushirishi mumkin. Lekin o’yinchi, shuningdek, vaqtinchalik chetlatishga sabab bo’lmaydigan ogohlantirish ham olgan bo’lsa, uning o’rniga boshqa o’yinchi tushirilishi mumkin emas.
Bir uchrashuvda vaqtinchalik chetlatishga loyiq bo’lmagan, ammo ikkita sariq kartochka olgan o’yinchi maydondan chetlatiladi va u uchrashuvda boshqa ishtirok eta olmaydi, uning o’rniga boshqa o’yinchi tushirilmaydi.
* Ba’zi musobaqalarda faqat “nomaqbul” xulqi bilan bog’liq qoidabuzarlikka beriladigan ogohlantirish (SK) uchun vaqtinchalik chetlatish jazosini qo’llash foydali bo’lishi mumkin, masalan:
Simulyatsiya;
O’yin vaqtini ataylab cho’zish;
Hakamning qaroriga so’z yoki ishoralar bilan e’tiroz bildirish;
Raqibni ushlab qolish, quchoqlab olish, itarib yuborish yoki to’pni qo’l bilan o’ynash orqali yuzaga kelayotgan istiqbolli hujumni to’xtatish;
Penalti tepayotgan o’yinchi taqiqlangan aldamchi harakatlarni amalga oshirsa.
Qayta almashtirish bo’yicha tavsiyalar
2017 yilning 3 mart kuni Londonda bo’lib o’tgan IFABning 131-Yillik bosh majlisi yoshlar, faxriylar, imkoniyati cheklangan insonlar o’rtasidagi va ommaviy futbolda qayta almashtirishdan foydalanishni ma’qulladi. Bunda musobaqa uchun mazkur qoida milliy futbol assotsiatsiyalari, konfederatsiyalar yoki FIFA tomonidan ma’qullangan bo’lishi kerak. Qayta almashtirish qoidasiga havola:
3-qoida – O’yinchilar (almashtirishlar soni):
Qayta almashtirishlar
milliy futbol assotsiatsiyalari, konfederatsiya yoki FIFA tomonidan ma’qullangan holatda faqat yoshlar, faxriylar, imkoniyati cheklangan insonlar o’rtasidagi va ommaviy futbolda qayta almashtirishdan foydalanishga ruxsat etiladi. “Qayta almashtirish” — uchrashuvda ishtirok etib, zaxiraga olingan o’yinchining keyinchalik boshqa o’yinchining o’rniga maydonga tushirilishi. Zaxiraga olingan o’yinchining maydonga qaytishiga ruxsat berilishidan qat’i nazar, 3-qoidaning qolgan barcha bandlari va O’yin qoidalari qayta almashtirishga tatbiq qilinadi. Jumladan, 3-qoidada yozilgan o’yinchi almashtirish tartibiga rioya qilinishi kerak.
Futbolning 17 qoidasi.



Qoidalar nomi

1

Futbol maydoni o’lchamlari

2

Futbol to’pining og’irligi

3

O’yinchilar soni

4

O’yinchilar kiyimi

5

Bosh hakam

6

Yordamchi hakamlar

7

O’yin vaqti

8

O’yin boshlanishi

9

To’p qachrn o’yinga kiritilgan va kiritilmagan xisoblanadi

10

O’yin hisobi

11

O’yindan tashqari holat

12

Qoidani bo’zish va o’yinchilarning intizomsizligi

13

Jarima va erkin to’plar

14

11 metirli jarima to’pi

15

Autdan to’pni tashlash

16

Darvoza chizig’idan chiqib ketgan to’pni o’yinga kiritish zarbasi

17

Bo’rchak to’pi



Futbol asosan ochiq havoda chim yotqizilgan maydonda yoki usti yopiq sun’iy chim yotqizilgan manejlarda o’ynaladi
Maydon o’lchami eniga 45 m - 90 m gacha uzunasiga 90 m - 120 m gacha bo’ladi. Darvozani o’lchami eniga 7,32sm, balandligi 2,44 sm Maydonda quyidagi chiziqlar chiziladi: maydon chegara chiziqlari: maydon o’rtasida markaziy chiziq va markazdan 9,15 metr radiusli aylana chiziladi. Jarima maydoni darvoza ustunidan uzunligi 16,5 sm, eniga 16,5 sm bo’ladi va ikki nuqta birlashtiriladi. Darvozabon maydonchasi uzunligi 5,5 sm eniga 5,5 sm, bunda ham ikki nuqta birlashtiriladi. Jarima maydonida darvoza chizig’idan 11 metr masofada 11 metrlik jarima to’pi bajariladigan belgi bo’ladi. Shu belgidan 9,15 metrlik radiusli yarim oy shaklidagi chiziqni jarima maydoniga chiziladi. Maydonning to’rtta burchagida 1 metrli yarim aylana chiziladi, bu aylana burchak to’pini tepish uchun belgilanadi. Har bir burchakda balandligi 1,5 metr bo’lgan bayroqchalar o’rnatiladi. Bayroqcha rangi har xil bo’lishi mumkin. Bayroqchalar egiluvchan plastikdan esalgan bo’ladi.
To’p og’irligi 410-450 gr, Diametri 68-70 sm, To’pning atmasfera havo bosimi 0.6-1.1 at.bosmiga ega. Futbol to’pi charim va kauchukdan tayorlanadi.


Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə