Reja: Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal turlari va uning elementlari



Yüklə 23,46 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü23,46 Kb.
#159690
Pasient bilan verbal va noverbal muloqot va uning elementlari

Pasient bilan verbal va noverbal muloqot va uning elementlari.

Reja:
1. Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal turlari va uning elementlari.
2 .Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari

Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal turlari va uning elementlari.

Bemor bilan munosabalda so 'z orqali (verbal) va so 'z yordamisiz-(noverbal) muloqot ko'nikmalari mavjud. Suhbatdosh bilan muloqot quyidagi o‘lchamlarda yuz beradi. Bir tarafdan muloqotda verbal nutq rejasi: suhbatdoshlar bir-biriga aytmoqchi bo‘lgan (ammo ular bunday fikrlamasliklari ham mumkin) so‘zlar, iboralar; 2-tarafdan esa, inson beixtiyor o‘zining harakatlari bilan suhbatdoshiga bo‘lgan chin munosabati, kayfiyati, niyatlari, emotsional holatini bildirishi mumkin. Imo-ishoralar, mimika, intonatsiyalar – muloqotning eng asosiy qismidirlar. Ba'zida, aynan shu vositalar (ular noverbal vositalar deb ataladi) yordamida so‘zlardan ham ko‘p narsani ifodalash mumkin. Avstraliyalik mutaxassis A. Pizning ta'kidlashicha, so‘zlar orqali 7 % ma'lumotni, tovushlar vositalari orqali 38%, mimika, imo-ishoralar, poza (tana holati) orqali - 55% ma'lumotni berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nima gapirayotganimiz emas, qanday gapirayotganimiz muhim. Suhbatdoshimiz tomonidan ifoda etilayotgan noverbal ma'lumotlar – ovozining intonatsiyasi, qarashlari, mimika, imo-ishoralari, turli tana harakatlari va tana vibratsiyalari – biz uchun juda muhimdir. Qolaversa, deontologiya faqat bemorga shirin so‘z gapirib, kulib qarab turish degani emas. Deontologiyaning ustuvor yo‘nalishIaridan biri, ishonchdir. Ba’zan hadeb vahima qilaveradigan bemorni qattiqroq «koyib» qo‘yishga ham to‘g‘ri keladi. Ana shundagina u vrachga ishonadi. «Agar kasalim haqiqatan ham tuzalmas bolganida, doktor meni urishib bermasdi», deb o'ylaydi. Ba’zan davo usuli bemorni qoniqtirmaydi. Ko‘p dori-darmon yozilsa, unda «Shuncha dori shartmikan yoki kasalim ogirm i, yoki vrach tajribasizmi?» degan fikrlar paydo bo‘ladi. «Falonchi doktor falonchi bemorni ikkita dori berib tuzatib yuboribdi», degan so'zlarni ba’zan eshitib turish mumkin. Xo‘sh, bunday paytlarda qanday y o l tutish kerak? Ayniqsa, ba’zi kasalliklarni birmuncha uzoq davolashga to‘g‘ri keladi. Muolajalar darrov natija beravermaydi. Bunday paytda kasallikning mohiyatini bemor tushunadigan tilda bayon qilish kerak. Kerak boisa, bemorni tinchlantirish uchun tashxisni yanada aniqroq qo‘yish maqsadida, vrach o ‘zidan tajribaliroq hamkasblaridan maslahat so'rashi zarur. U bemorning oldida aslo o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Shuni unutmaslik kerakki vrach bemorni tekshiradi, bemor esa vrachni kuzatadi.

Bemor bilan muloqotda verbal muloqot va uning elementlari.


Nutq- fikrimiz, bilimimiz, munosabatlarimiz va dunyoqarashimizning so'zlar orqali ifodalanishidir. So'z - bu qurol, so 'z - bu tig', so 'z - bu malham. So 'z ko 'rkimiz, mohiyatimiz, madaniyatimizdir.
Qadimdan so'z buyuk shifobaxsh kuch-qudratga ega bo'lib kelgan. So'z odamzod zabonidagi eng aziz gavhardir. Mashhur yunon hakimi Buqrot «Inson ruhini davolamay, tanga shifo berib bo'lmaydi», deb ta'kidlaganida aynan «so'z»ni nazarda tutgan. Darhaqiqat, turli kasalliklar ruhiyatda u yoki bu o'zgarishlarni vujudga keltiradi, bu esa bemorlar bilan bolgan muloqotda o'z ifodasini topadi. Inson aqliy va fiziologik faoliyatining mevasi - nutq orqali bu muloqot namoyon bo'ladi. Zamonaviy tibbiyotda shifobaxsh omil sifatida so'zning ahamiyati yanada ortdi. Turli davrlarda nutq madaniyatiga doimo katta e'tibor bilan qaralgan. Nutq madaniyatiga, bemor bilan muloqot san'atiga bekamu ko'st, mohirona amal qilish oson emas. Bu tibbiyot xodimidan yuksak ruhiy manbani, yuqori madaniyatni, o'ta nozik darajadagi sezgirlikni, bilimni, matonatni va hatto ba'zida aktyorlik darajasidagi mahoratni talab qiladi.
Qadimgi hind tabibi Sushruta: «So'z muloyim, yoqimli va umidvor qila oladigan, ruhga taskin berguvchi bo'lmog'i lozim», deb yozgan edi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham dolzarbdir.

Abu Ali ibn Sinoning zamondoshi Muhammad Zakariyo ar-Roziy «Tibbiyot hikmatlari» asarida shunday yozadi: «O'zini tib olamiga bag'ishlagan inson eng avvalo, bilimli, kamtarin, insonparvar, haqparvar, mulohazali, fahm-farosatli, istalgan masalaning mohiyatini tushuna oladigan bo'lishi lozim». Bu ta'rifga sazovor bo'lish uchun tibbiyot xodimidan katta bilim sohibi bo'lish talab qilinadi. Buning uchun shifokor va hamshira tib ilmlarini egallabgina qolmay, balki adabiyot, san'atni bilishi, nutq go'zalligini takomillashtirishi lozim. Nutqning vazminligi, yorqinligi, go'zalligi va hikmatliligidan tashqari, shifokor va hamshira uchun nutqdagi xulq-atvor, uslub, ohang, dadillik, ma'lum darajada chiroyli talaffuz ham muhimdir. Shifokor va hamshiraning nutqi dalilga asoslangan va ishontiruvchan, bemorni o'ziga rom qilib oladigan, aytgan tavsiya va ko'rsatmalariga rioya qilishga undaydigan bo'lishi kerak. Shifokorning fikri maqsadli, izchil bo'lishi, bemor uning so'zlaridagi kuchni, asoslanganlikni hamda o'zi haqidagi g'amxo'rlikni sezishi kerak. Tajribali shifokor kitob, she'r mutolaa qilayotganida, teatrga borganida oqilona jumlalar, she'riy satrlarni yodda tutishga harakat qilib, ularni bemorlar bilan bo'ladigan suhbatlarida qo'llay oladigan bo'lmog'i darkor. Bemorlar bilan suhbatda shifokor xalq donishmandlarining hayotni sevish, kelajakka ishonch haqidagi qisqa, yorqin ifodalangan maqollardan va o'gitlardan ham foydalanishi kerak. Bir so'z bilan aytganda, keng ma'lumotga egalik, his-tuyg'ularni tarbiyalash, xususan, nutq madaniyati bemorlar bilan mohirona va ta'sirli so'z orqali aloqa o'rnatishning asosidir. Nutqning ohang ifodasi, talaffuzi ayniqsa muhimdir. Suhbatda keskin, qo'pol, baland ohangda gapirish bemor bilan iliq munosabatni o'rnatishga xalaqit beradi. Bu to'g'rida nemis faylasufi Gegel shunday degan edi: «Ovozning xush ohangligidan gapirayotgan odam qalbining go'zalligini, uning ovozidagi qo'pollikda esa unga xos bo'lgan qo'pol hissiyotni anglab olish mumkin» Shifokor va hamshira butun hayoti davomida nutqining aniqligi, o'tkirligi, go'zalligi ustida ishlashi kerak. Bu holat shifokor kasbi va bemorlar bilan bo'ladigan jonli muloqoti uchun zarurdir. Afsuski, ayrim tibbiyot xodimlari o'rtasida nutq madaniyatiga ega bo'lish mutaxassis - psixoterapevtning vazifasi, oddiy terapevt yoki jarrohning bundan boshqa tashvishlari ko'p va ular «so'z ustasi bo'lishlari shart emas», degan fikr bor. Yo'q, nutq madaniyatiga ega bo'lish har bir tibbiyot xodimi uchun juda zarurdir.


Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari
Donolar hikmatlari asnosida so'z atalmish zar-oltin yoinki cho'g' bilan qanday munosabatda bo'lgan ma'qul? Bu haqda quyidagi bandlar orqali ma'lumot olish mumkin:
1. Bir kishi so'z boshlaganda juda zarurat bo'lmasa tashlab ketmang, oxirigacha eshiting. So'zlagan vaqtingizda qichqirmang, qizishib ketmang, odob, tarbiya doirasidan chiqmang.
2. Yolg'on aralashtirib so'zlamang, to'g'ri so'zlang, hech kimni g'iybat qilmang, birovning gapini orttirib, ko'paytirib so'zlamang.
3. Tilingizni yomon so'zlarga o'rgatmang, eshitgan hamma gapni to'g'ri deb ishonavermang, tekshiring, to'g'ri bo'lsa so'zlang. Nutqingizni juda cho'zib yubormang.
4. Muloqotda biror kishi haqida noloyiq so'zlar aytmang. Boshqalarga gap bermasdan faqat o'zingizgina so'zlab, hammani bezor qilmang, odamgarchilik so'zda emas, balki amalda ekanini unutmang.
5. Ota-bobongizni, o'zingizni hadeb maqtab, kerilib yurmang. Kamolotdan, ya'ni mukammallikdan mahrum bo'lgan odamga quruq so'z bilan maqtanib yurish soyasida kamolot kelmaydi.
6. Biror narsa to'g'risida so'rasalar, qo'pollik bilan emas, odob tarbiyasiga rioya qilib javob bering. Tinglovchi kishi so'zingizni yana qaytarib aytishni so'rasa, yo'q demay, qaytarib ayting.
7. Agar bir voqea to'g'risida gapirmoqchi, fikringizni bayon qilmoqchi bo'lsangiz, avvalo yaxshilab o'ylab, tarbiya odobiga rioya qilib, muloyimlik bilan so'zga kirishing, so'zingizni qasam ichib quvvatlamang, o'z fikringizga o'zingiz hayron bo'lib qolmang, o'z flkriga hayron bo'lish - nodonlar odati, qasam ichib: «Mening so'zim to'g'ri», - deb da'vo qilish yolg'onchilik alomatidir.
8. Zaruriyat bo'lmasa, qayg'u-alamli xabarlarni so'zlamang. Hikoya yo'li bilan bo'lsa ham odob, tarbiyaga qarshi bo'lgan so'zlarni og'zingizga olmang. Zimmangizga omonat qo'yilgan sirlarni fosh qilmang.
9. Hech kimni yomon so'zlar bilan tilga olmang, ta'na va tuhmatdan uzoq bo'ling, jamoa oldida ikki kishining pichirlab so'zlashuvi odobsizlikdir, buni yodingizdan chiqarmang.
10. Ota-bobolarimiz, «Yaxshi so'z-jon ozig'i, yomon so'z-bosh qozig'i» deganlar. Bobolarimizning bu hikmatli so'zlariga amal qiling, hamma bilan yaxshi muomalada bo'ling, hech kimning diliga ozor bermang, yaxshilik qilishni o'zingizga odat qilib oling. To'g'rilik sizga yo'ldosh bo'lsin, egrilikdan uzoq yuring. Yaxshi so'zlash ham buyuk san'atdir. Har narsaning chegarasi bo'lgani kabi, kishi faoliyatining barcha qirralari, jumladan, so'zlashish san'atining ham odob doirasi bor. Yaxshi, shirin, odobli so'zlashish uchun quyidagilarga e'tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo 'ladi:
1. So'zning mantig'i, go'zailigi va boyligi insonning jamiyatda o'z o'rnini topishida, kishilar hurmatini qozonishida muhim ahamiyat kasb etadi. So'zlari sermazmun, muloyim kishilarning gapini boshqalar miriqib tinglaydi.
2. Shirinsuhanlik, go`zal notiqlik sanatiga ega bo'lish ham baxtdii -nutqi shirin kishilarning do'sti, yoru birodarlari ko'p bo'ladi. Shirin va oqil so'z - umr ozig'i va do'stliknmg mustahkam kalitidir.
3. Shirinso'zlik kishi umrini uzaytiradi. Bu fazilatga badiiy asarlarni o'qish va nutqni mashq qilish orqali erishish mumkin.
Buyuk allomalar Jomiy, Lutfiy, Navoiy, G'alur G'ulom, Oybeklar ko'plab o'qish, o'r ganish orqali so'z san'atkorlari bo'lib yetishganlar.
Kishi xalq og'zaki ijodi namunalaridan, ya'ni ertak, hikoya, rivoyatlarni ko'p o'qisa, tinglasa ham so'z boyligi ortib, shirinso'z va ma'noli gapiradigan bo'ladi.
4. So'zlashish me'yorini ham bilish kerak. Ko'p gapirish odobdan emas. Sukut saqlash yaxshi odob, so'zni qisqa, aniq ifodalash katta san'atdir. So'z - gavhardir. Gavhar esa noyobdir. Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o'rganganidan so'ng, o'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi.
Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi doiraga «ko'prik» sola olish san'ati bilan belgilanadi. Aynan shu «ko'prik» solinganidan so'ng bemor shifokorga ishonch va umid ko'zi bilan qaray boshlaydi.
Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo'lsa, shunga mos maqomda, akademik bo'lsa, albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy talablardandir. Shifokor beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o'zining tuzatib bo'lmas xato qilganini bir umr afsus bilan eslab yurishiga to'g'ri keladi. Shifokor bemorni o'rab turgan atrof-muhitga katta e'tibor bermog'i lozim. Uning botiniy va zohiriy ko'rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta'sir o'tkazishi mumkin. Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo'lishi, albatta, uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu - botiniy ta'sirdir. Zohiriy ta'sir esa bemor atrofida kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy xodimlarning yoki tashrif buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko'rinadi. Bu ta'sirga, atrofdagi shovqin-suronlar, qo'shni bemorlarning muloqoti, hatto, shifokorning yoqimli bo'lib tuyulgan tovushi, mimikasi, jestlari ham kiradi.
Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko'z o'ngida ma'lum ma'noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O'z axloq normalarini to'g'ri belgilay olmagan shifokor bemor ko'z o'ngida obro'sizlanadi. Obro'sini yo'qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o'z bemori bilan talab qilingan saviyada muloqot qilishga ma'naviy haqqi bo'Imaydi. Shifokor ma'naviyati deganda, ma'nili fikrlashi, so'zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi.
Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat qamal qo'yishga eng muhtoj narsa tildir, deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub'ekt bo'lmog'i kerak. Shuningdek, bemor bilan muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste'mol qilmasligi, ya'ni so'zda me'yorni saqlay bilishi muhim. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda unga baayni zarur gaplardan so'zlamog'i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda aytadi:«... Yaxshi so'zlarni so'zlagin, foyda topgaysan, yomon so'zni aytishdan o'zingni tiygin, salomat bo'lgaysan...» Zero, «Inson a'zolari ichida eng harakatchan va juda yengil harakat qiladigani til bo'Iib, shu bilan birga insonga eng zararlisi ham udir».
Bemor shifokor bilan muloqotdan so'ng o'zini ruhan tetik va yengil his etishi kerak. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh atirfurushga o'xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo'y hidi yetib turadi. Shifokor bemor ko'nglini ko'tarib agar u yosh bo'Isa, «hali to'yingizda osh yeymiz, xizmat qilamiz», yoshi ulug'roq bo'Isa - «hali nevara-yu chevaralaringizni boqib yurasiz», qabilida gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko'ngilga yoquvchi muloqotni mamnuniyat bilan eslasin. Har bir shifokor Mahmud Qoshg'ariyning: «Bilag'on odamlarning nasihatlaridan foydalan. Chunki yaxshi so'z ta'sir qilgach, dilga joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib qolishi foydadan holi emas.
Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta'sir etish esa o'z o'zidan kelib qoladi».
So 'z orqali muloqot (verbal muloqot) o'zaro munosabatning asosiy ko'rinishidir, bunda quyidagi qoidalarga rioya qilmoqlik maqsadga muvofiq:
-Tushunarli tarzda so'zlang;

So'z ohangingiz bosiq va mayin bo'lsin;


O'rinsiz savollar bilan bemor g'ashini keltirmang;
Ikki yo ko'p ma'noli so'zlarni ishlatmang;
Ko'rsatmalarni aniq bering;
Ilojsiz muolaja, dori-darmonlarni va'da qilmang;
Bemor sizni tushunmay qolsa, erinmasdan so'zlaiingizni yana takrorlang;
Siz bilan suhbatda bemor o'zida tug'ilgan savollarga javob topganiga ishonch hosil qiling;
Zarurat bo'lganda bemorga tegishli mutaxassisni tavsiya eting;
Bemorga zarurat paydo bo'lganda o'z telefon raqamlaringizni bering va telefon orqali so'zlashuvdan qochmang, bemorga tekshiruv natijalarini muntazam ravishda aytib turing;

Tavsiyalaringizni, ko'rsatmalaringizni nazorat qilib turing;


Punktual bo'ling (puntktual - fransuzchadan punktuel - nuqta, ya'ni aniq, saranjom-sarishta, va'dasini vaqtida bajaruvchi);
Qabul vaqtiga kech qolsangiz bu haqda telefon orqali ogohlantiring;
Davo ijobiy natija bermasa kerakli mutaxassisga yuboring;
Zarur bo'lsa shifoxona (statsionar)lar davolanishni qat'iyan talab qiling.
Yüklə 23,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə