Mavzu: Logistik axborot tizim va texnologiyalari



Yüklə 54,82 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü54,82 Kb.
#157921
Kumush LOGISTIKA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

«IQTISODIYOT» KAFEDRASI


« LOGISTIKA » FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


Tuzuvchi: 9-2 Iqt S-20 guruh talabasi


Boboyeva Kumush

Buxoro-2023


Mavzu: Logistik axborot tizim va texnologiyalari. Axborot oqimi


Reja:
1. Logistik axborot tizim va texnologiyalari
2 Axborot oqimi

Logistika tizimi asosida axborot - texnika bazasining tashkil etilishi, boshqarishda zarur bo‘lgan strategik va taktik vazifalarni hal etishda axborotlarni yig‘ish va ularni ajratib olish asosiy rol o‘ynaydi. Axborotlarning xarakteri va uning sifatli ajratilishi qabul qilinadigan qarorlarning natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.


Bu shu narsa bilan bog‘liqki, ajratib olingan axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi, masalan: o‘rganilayotgan halqa yoki predmetning material yoki pul oqimlari bilan boshqarilishinigina emas, balki o‘sha raqib korxonaning kuchli va bo‘sh tamoyillarini baholash hamda u yoki bu masala tamoyillarining echimi va yo‘qotish tavakkalligini ham baholaydi. Shunday qilib, gap faqat axborotlar sonida emas, balki strategik va taktik qarorlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan, birinchi navbatda axborotlarning sifatida va ularni to‘g‘ri ajratib olishdadir.


Logistika tizimning tuzilishi amaliyotda shuni ko‘rsatadiki, axborotlarni to‘g‘ri ajrata bilishda, ularni tahlil qilib, korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib, axborotlarni yig‘ish va tayyorlash asosiy ko‘rsatkichlariga e’tibor berish zarurdir. Bunday tahlil, shu soha bo‘yicha puxta, qiziquvchi mutaxassislar bilan o‘tkazilishi lozim.
Bu sohada ma’lum bo‘lgan yo‘nalishlardan biri, ya’ni ishchi guruhni tashkil etish bo‘yicha shu axborotlardan foydalanuvchi mutaxassislarni jalb etishdir. Raqobat hozirgi zamonda xo‘jalik yuritishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun raqiblarni to‘g‘ri baholash ma’lum miqdorda shu korxonani boshqarishdagi kamchiliklarni ham baholashdir.

Material va pul oqimlarini boshqarishda tez qaror qabul qilish uchun statistik axborotlar, masalan, soliqlar, ishchilarga qo‘shimcha ish haqi va hokazolar katta rol o‘ynaydi. Bu kabi axborotlar korxona ichida material oqimlarini boshqarishni ularga ma’lum tuzatishlar kiritishning imkonini beradi.


Axborotlarni ma’lum tuzilmaga solish axborotlarning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Axborotlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Marketing bo‘yicha axborot:
- mahsulot sotilish tahlili;
- mahsulot sotish bashorati;
- bozorni o‘rganish.
2. Taqsimlanish bo‘yicha axborot:
- hisob varaqlari;
- iste’molchilar to‘lovi;
- transport nakladnoylari;
- mahsulotga buyurtmalar.
3. Loyiha axboroti:
- ishlab chiqariladigan mahsulotni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan logistik xizmatlarga yuklaydilar;
- asbob - uskunalar bo‘yicha chizmalar;
- operatsion kartalar;
4. Jamg‘armalar bilan boshqarish:
- jamg‘armalar hisobi;
- materiallarni boshqarish.
5. Moliyaviy axborot:
- debitorlar bo‘yicha hisob-kitob;
- moliyaviy boshqarish.
6. Ishlab chiqarish bo‘limi:
- ishlab chiqarish jarayonining to‘lov hisobini baholash;
- ishlab chiqarish resurslari bo‘yicha hisobot;
- ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha hisobot;
- umumiy vaqt ichida mahsulot ishlab chiqarish jadvali;
- ishlab chiqarishga buyurtma;
- mahsulot jo‘natish bo‘yicha talabnoma;
- tovar - material qiymatlarini hisoblash.
7. Ta’minot:
- to‘lov raqamlari bo‘yicha hisob;
- sotib olish bo‘yicha buyurtmalar;
8. Logistik xizmat logistik xizmat bo‘yicha yuk xatlarini o‘rganib chiqishdir
. - transportni boshqarish.
Logistika axborotlari tizimi sifatining oshishi, mahsulot g‘amlab qo‘yilishi, jo‘natish, omborga joylash, pul oqimlarini ta’minlash masalalarini samarali hal etishda xizmat qiladi. Axborot oqimlarini yig‘ish katta foyda beradi, lekin bular harajatsiz bo‘lmaydi.
Teskari aloqaga ega axborot tizimi tushunchasi asosiy tuzilmani tuzishda, logistik tizimni boshqarishdagi jarayonlarning turli tomonlarini integratsiyalashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Teskari aloqaga ega axborot atrof - muhit imkoniyati yaratilgan, ma’lum to‘g‘ri qarorlar qabul qilinib, ular shu muhitni yaxshilashga ta’sir ko‘rsatgan joyda mavjud bo‘ladi va EHM bazasida logistik axborot tizimlarini ko‘rish mobaynida bir qancha tamoyillarga rioya qilinadi va ular quyidagi tamoyillarga amal qiladi.

  1. Apparat va axborot modullarini ishlatish tamoyili. Apparat moduli asosida radio apparaturalar bosh vazifasini mustaqil bajarilgan buyum sifatida tushuniladi.

Dastur va apparat modullari tamoyiliga rioya qilish shuni taqozo etadi:
- boshqaruvning turli darajalaridagi, hisoblash texnikasi va dasturlar bilan ta’minlash;
- logistika axborot tizimlari vazifasi foydasini ko‘tarish;
- ular narxini tushirish;
2. Sharoitdan kelib chiqqan holda bosqichma - bosqich tizimini yaratish tamoyili. Boshqa avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari kabi EHM bazasida qurilgan logistika axborot tizimlari doimiy rivojlanishdagi tizimdir. Bu shuni bildiradiki, loyhalashtirilayotgan vaqtda doimiy avtomatlashtirilgan obyektlarning o‘sishini oldindan ko‘rish, axborot tizimlari orqali tarqatilayotgan vazifalar va yechiladigan masalalar sonini kengaytirish. Lekin shuni nazarda tutish keraki, birinchi o‘rinli masalalarni tanlash logistik axborot tizimlarining rivojlanishi va uni foydali ishlatishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
3. To‘g‘ri kelgan joyini juftlash. To‘g‘ri kelish joylarida, material va axborotlar to‘plami, o‘z vazifasi chegarasidan o‘tib ketadi. Shu to‘g‘ri kelish joylaridan o‘zgaruvchanlik bilan o‘tib ketish logistikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi
4. O‘zgaruvchan tizim tamoyili.
5. Tizimdan foydalanuvchilarga qulaylik tamoyili «Inson va mashina».

Logistika axborot tizimlari uch guruhga bo‘linadi: - rejali; - dispozitsion; - tezkor(vazifa o‘taydigan).


Har xil guruhlarga kiradigan logistika axborot tizimlari o‘z vazifaviy va ta’minlaydigan tizimlari bilan ajralib turadi. Vazifaviy tizimlari yechiladigan masalalar tarkiblari bilan ajraladi. Ta’minlovchi axborot tizimlari o‘zining texnikaviy, axborot va matematik ta’minlash elementlari bilan ajralib turishi mumkin. Biz alohida bir axborot tizimlariga to‘xtab o‘tamiz. Rejali axborot tizimlari. Bu tizimlar ma’muriy boshqarish darajasida yaratiladi va strategik xarakterli uzoq muddatli yechimlarni qabul qilish uchun xizmat qiladi. Yechiladigan masalalar ichida quyidagilar bo‘lishi mumkin: - logistik guruhlar zanjirini yaratish va kengaytirish;
- doimiy - shartli yoki kam o‘zgaruvchan berilmalar. Quyida bir necha misollar keltiramiz:
Termostat harorat bo‘yicha axborot oladi va pechning yoqilishi bo‘yicha qaror qabul qiladi, harorat ko‘tarilsa, pech o‘chiriladi. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qarorlar ombordagi jamg‘armalar hajmi va mahsulotga buyurtmalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Teskari aloqaga ega axborot tizimi quyidagi tavsifga ega: tuzilma. kechikishi. tizimning kuchayishi. Tuzilma tizimda ma’lum qismlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. Kechikish axborotlarni qabul qilishda mavjud bo‘ladi.

Tizimlar tamoyillariga ko‘ra, har qanday tizim avvalo tashqi omillar bilan izlanishi, so‘ng ichki tizimda izlanishi shart. Bu tamoyil tizimning bosqichma –


bosqich yaratilishi tamoyilidir. Logistika axborot tizimlarini loyihalashtirish vaqtida bu tamoyilga rioya qilish shart.
Logistika jarayoniga kelish tizimi uch darajaga bo‘linadi:
Birinchi daraja. Logistikada materiallar to‘plamining ish o‘rni harakatlanadi, qadoqlanadi va hokazo.
Ikkinchi daraja. Ish joylarini aniqlash va yuklarni transportlash jarayoni, o‘tkazilayotgan joyi - hudud, sex, ombor.
Uchinchi daraja. Bu transportga joylash, butun bir harakat tizimi va bir qator hodisalar zanjiridir. Shu darajada boshlanishidan oldin sotuvchi xomashyoni tushirish payti desa bo‘ladi, shu zanjir yakunlanishi esa tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘ladi.
Rejali axborot tizimlarida logistik tizimni umumiy materiallar to‘plami bilan bog‘laydigan masalalarni hal etadi. Shu bilan birga «sotuv- ishlab chiqarish- tarqatish» rejasi zanjiri bajariladi. Bu ishlab chiqarishning foydali tizimini tashkil qilishga yordam beradi. Shu bilan birga rejali tizimlar, logistik tizimlar tashqi omil bilan bog‘langanday bo‘ladi.
Dispozitiv va bajarish tizimlari belgilangan rejalarni qismlarga bo‘ladi va ularni ishlab chiqarishning alohida hududlarida bajarilishini ta’minlaydi.
Har xil guruhlarga tegishli bo‘lgan logistik axborot tizimlarining konsepsiyalari asosida ular yakka axborot tizimiga jamlanadi. Ular vertikal va gorizontal integratsiyalarga ajratiladi. Vertikal integratsiya rejali, dispozitiv va boshqarish tizimlari o‘rtasidagi aloqa hisoblanadi. Gorizontal integratsiya esa axborot to‘plamlari orqali dispozitiv va bajarish tizimlaridagi alohida masalalar majmui orasidagi omil hisoblanadi.
Integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarining barcha yutug‘i quyidagilarda aks etadi:
- axborot almashuvi tezligi oshadi;
- ishlab chiqarishni rejalashtirish;
- zahiralarni umumiy boshqarish;
- zahiralarni boshqarish va boshqa masalalar.
Dispozitiv axborot tizimlari.
Bu tizimlar omborni yoki sexni boshqarish darajasida yaratiladi. Bu yerda quyidagi masalalar bajarilishi mumkin:
- zahiralarni qisman boshqarish (ombor joylarida); - korxona yoki ombor transportini ishlatish;
- yuklarni tanlash va ularni joylashtirish, jo‘natilayotgan yuklar hisobi va boshqa masalalar.
Bajarish axborot tizimlari. Tezkor yoki ma’muriy boshqarish darajasida yaratiladi. Axborotlarga tizimlarda ishlov berish, EHM ga kelib tushish tezligi amalga oshiriladi. Bu ish jadvali hozirgi vaqtdagi yuklarning harakati haqida axborot olish va ularga nisbatan ma’muriy va boshqarish ta’siri ko‘rsatiladi. Bu
tizimlar bilan har xil masalalar bajarilishi mumkin: ishlab chiqarishga tezkor xizmat ko‘rsatish; binolar, materiallar to‘plamini boshqarish va h.k.
Ko‘p darajali avtomatlashtirilgan tizimlar material to‘plamlarining boshqarilishini barpo etish, dastur bilan ta’minlashni ishlab chiqish uchun sarf qilish bilan bog‘liq. Bu bir tomondan, tizimning ko‘p vazifaliligini ta’minlaydi, boshqa tomondan esa uning integratsiya darajasini ko‘taradi.
Hozirgi paytda yetarli darajada yaxshilangan dasturlash paketlari yaratilmoqda. Birgina ular hamma axborot tizimlarida ishlatila olmaydi. Bu integratsiyalar to‘plamini boshqarish masalalari yechimi boshqarish darajasi andozalariga bog‘liq:
Masalalarni yechish, yuqori darajadagi andozalarini rejalashtirish axborot tizimlarida balandroq bo‘ladi. Shu yerda tizimlarni ta’minlashga ko‘nikish uchun qiyinchiliksiz erishishga yordam beradi. Axborot tizimlarida ularning andoza paketlarini ko‘niktirish ayrim sabablarning kelib chiqishi bilan bog‘liqdir.
Masalan:
-ishlab chiqarish jarayonining oldindan o‘zlashtirib kelinishi va andozalar o‘zgarishlariga qiyinchilik bilan keladi;
-ma’lumotlar qayta ishlash tizimi, hamma qo‘llovchilarda bir xil emas.
Bajaruvchi axborot tizimlarida tezkor darajada qoidadagidek, yakka dasturlarni ta’minlashda ishlatiladi.
Logistikada qo‘llaniladigan axborot tizimi turlari 20-chizmada, logistikadagi axborotlar to‘plamining turlari esa 21-chizmada keltirilgan.



Tizimning kuchayishi butun axborot tizimi ichida bo‘lib, asosan logistik tizimda ma’lum qarorlarni qabul qilishda ko‘rinadi.
.

ADABIYOTLAR.



  • 1. Радионов А.Р., Радионов Р.А. Логистика: нормирование сбытовых запасов и оборотных средств предприятий. - М., 2006. – 410 с.

  • 2. Практикум по логистике ред. проф. Б.А. Аникина. -М.: - 2006. – 220 с.

  • 3.Гаджинский А.М. Логистика: Учебник. - М., 2006. - 400 с.

  • 4. Григорьев М.Н., Долгов А.П., Уваров С.А. Логистика. Учебное пособие. - М., Гардеркини, 2006. - 450 с.

  • 5. Канке А.А., Кошевая И.П. Логистика. М., Форум-Инфра 2006. - 420 с.

  • 6. Степанов В.И. Логистика. Проспект. - М., 2006. – 390 с.

7.. Кузибошев Э.Н., Тиньков С.А. Логистика: Учебное пособие. - М., 2006. – 520 с.

  • 8. Неруш Ю.М. Логистика: Учебник. - М.: 2006. - 520 с.

  • 9. Джеймс Р.СтокЮ Дуглас М., Ламберт. С

Yüklə 54,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə