Nizomiy nomidagi tdpu fizika-matematika fakulьteti mi-304- guruh talabasi Nasriddinova Mehrangizning umumiy pedagogika fanidan mustaqil ta‘limi. Fan o‘qituvchisi: Azimova s mavzu: Bolalarda diqqatning rivojlanishi



Yüklə 0,73 Mb.
tarix08.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108989
diqqatni Taqsimlash



Nizomiy nomidagi TDPU
Fizika-matematika fakulьteti
MI-304- guruh talabasi Nasriddinova Mehrangizning umumiy pedagogika
fanidan mustaqil ta‘limi.

Fan o‘qituvchisi: Azimova S
Mavzu: Bolalarda diqqatning rivojlanishi.
Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan talab etiladigan tartiblarga bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalarning topshiriqlarini chidam va qunt bilan ado etish kabi hollar maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki, turli o‘yinlar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarni ilgari suradilar. O‘yinlarning qanday qoidalar asosida o‘ynalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. O‘yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga moslashtirishga va o‘yinda qatnashuvchi o‘rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga tirishadilar. Ana shunday o‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan birga ixtiyoriy diqqat ham aktiv ishtirok etadi. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlana boshlashi uchun sharoit yaratib beradi. Shuni ham nazarda tutish kerak-ki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq, shuning uchun ham bolalar diqqatning bu turini o‘zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo‘li bilan rivojlantirib borish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat MTM dagi sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bolalarning diqqati bir tekisda va bir xil darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida bo‘lmasligi yoki haddan tashqari erka qilib, taltaytirib yuborilganligi tufayli o‘zlarining xatti-harakatlarini, xulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib o‘tirolmaydigan, tartibga chaqirilganda gapga quloq solmaydigan bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat davomida bir narsaga yo‘naltira olmaslik, mashg‘ulotlarda intizom buzishga va boshqalarga xalaqit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’uliyatli topshiriqlar berish va hokazo), ularda diqqatning kuchini hamda barqarorlik xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan diqqatning ko‘lami ham ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqtda 5–6 narsani sig‘dira olsa, maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko‘lami ayni bir vaqtda 1–2 narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolalari 2 ta) sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydilar. Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to‘kib-sochib olib keladi, bu uning uquvsizligi, bo‘shangligi yoki anqovligidan emas, balki o‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni to‘kmay, chayqaltirmay olib kelishga bo‘la olmaydi. Shuning uchun bunday hollarda bolalarni urishish mumkin emas.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqati ko‘pincha ularning qiziqish hamda hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli konsentrlashgan, ya’ni bir narsaga qaratilgan bo‘ladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta-qayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshitaveradilar. Bu hodisaning sababi shundaki, bolalar diqqatining ko‘lami hikoyaning syujetini va personajlarini birdaniga sig‘dira olmaydi. Shuning uchun ular hikoya va ertaklarni qayta-qayta ayttirib eshitaveradilar.
Shunday qilib, bolaning maktabgacha yoshidagi davrida diqqat ancha tez rivojlanadi. Bu davrda, asosan, diqqatning ixtiyorsiz turi ortiqroq rivojlanadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshida faoliyatlarining va, xususan, didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining izchil tarzda ortib borishi ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmaydi. Shuning uchun MTMda turli majburiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini rivojlantirishga harakat qilish kerak.
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə