Mavzu: Munfasil harflar Reja



Yüklə 137,92 Kb.
səhifə1/2
tarix05.05.2023
ölçüsü137,92 Kb.
#108616
  1   2
portal.guldu.uz- Munfasil va muttasil harflar


MAVZU: Munfasil harflar


Reja:

  1. Harflarni ikki guruhga : Mo‘ttasil va mo‘nfasil harflar guruhiga ajratish.

  2. Mo‘nfasil (ayrilgan) harflarni 2 xil shaklini yozib mashq qilish.

  3. Mo‘ttasil (qo‘shilgan) harflarni 4 xil shaklini yozish, mashq qilish.



Dars maqsadi:
Mo‘ttasil (qo‘shilgan) va mo‘nfasil (ayrilgan) harflar haqida ma’lumot berish.


Identiv o‘quv maqsadlari:

  1. O‘zidan oldingi harfga qo‘shilib, keyingisiga qo‘shilmaydigan harflarni ajrata oladi.

  2. Har ikki tomondan qo‘shilib yoziladigan harflar yozuvda 4 xil shaklda bo‘lishini biladi.

  3. Mo‘ttasil harflar 25 ta va mo‘nfasil harflar 7 ta ekanligini biladi va bir-biridan farqlaydi.

Mavzu bayoni:



  1. Mo‘ttasil harflar. O‘zidan oldingi va keyingi harflarga qo‘shilib yoziladigan harflar

4 xil shaklda yoziladi.

ﺽ ‘ ﺹ ‘ ﺵ ‘ ﺱ ‘ ﺥ ‘ ﺡ ‘ ﭺ ‘ ﺝ ‘ ﭖ ‘ ﺙ ‘ﺕ ‘ ﺐ


ﻩ ‘ ﻥ ‘ ﻡ ‘ ﻝ ‘ ﮒ ‘ﮎ ‘ ﻕ ‘ ﻑ ‘ ﻍ ‘ ﻉ ‘ ﻅ ‘ ﻁ





  1. Mo ‘nfasil harflar. Mazkur harflar o‘zidan oldingi harfga qo‘shiladi, o‘zidan keyingi harfga qo‘shilmaydi va yozuvda 2 xil shaklga ega bo‘ladi.

ﻮ ‘ﮊ ‘ﺯ ‘ﺮ ‘ ﺫ ‘ ﺩ ‘ ﺍ


A rabcha, ruscha va lotincha harflarning kelib chiqish asosi bittadir. Ular eng qadimgi somiy alifbosidan oldingi tasviriy yozuv asosida yaratilgandir. Arabcha alif ruscha „A“ va grekcha „ a“ alfa qadimgi somoy tasviriy yozuvdagi alp– ho‘kizning boshi tasviridan kelib chiqqan. Alif tasviriy yozuvdagi ho‘kiz shoxlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi vertikal (tik) chiziq asosida, ruscha va lotincha „A“ ga esa ho‘kiz boshi, tumshug‘i va shoxlarini birlashtirib turuvchi cho‘ziq asosida shakllangan. Dol harfi tasviriy yozuvdagi dalt – eshik va re harfi esa ra’sh – bosh (odamning boshi ) tasviri asosida paydo bo‘lgan.


Zol, re, ze harflari esa yuqoridagi harflar tepasiga nuqta qo ‘yish asosida yaratilgan.
V ov harfi tasviriy yozuvdagi waw – ilgak shakli asosida yasalgan. Qadimda ilgakning ikki aylanali va ayri shakllari mavjud bo‘lgan. Aylanali ilgakdan arab yozuvidagi „vov“, ayri ilgakdan yevropa yozuvidagi „v“ ga asos qilib olingan.

Yüklə 137,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə