49
atomar yoki molekulyar tuzilishiga bog‗liq. Bu jarayonda ularning to‗lqin
uzunliklari va chastotalari o‗zgaradi.
Nochiziqli optik metodda nurlar manbasi sifatida elektron va ion nurlar
dastasida keng foydalaniladi. Bu nurlar moddalarning turli xossalarini o‗rganishda
qo‗llaniladi. Dastlab, elektron nurlar dastasidan
foydalanish va uning
mexanizmlarini ko‗rib chiqaylik.
2.4 – rasm. Nurlar dastasining moddada tarqalish sxemasi.
2.5 – rasmda moddaga yuborilgan elektron nurlarining sochilishini
ifodalovchi
sxema
keltirilgan.
Mikroskoplarda
elektron
nurlar
dastasi
qo‗llanilganda asosan quyidagi fizik jarayonlar yuz beradi. Manbadan moddaga
yo‗naltirilgan nurlar birlamchi elektronlar hisoblanadi.
Moddaga elektron nurlar
dastasi tushishi hisobiga katod nurlanish vujudga keladi. Atom yoki molekulalar
bilan o‗zaro ta‘sirlashgan birlamchi elektron nur dastalari turli ko‗rinishda
tarqaladi. Modda sirtidan qaytgan elektronlar ikkilamchi elektronlar hamda rentgen
nurlarini hosil qiladi. Birlamchi elektronlarning ma‘lum
bir qismi modda hajmida
yutilishi hotto uni teshib o‗tishi ham mumkin.
Moddalarning tuzilishi va morfologiyasini o‗rganishda ion nur dastalaridan
foydalanish ham samarali usullardan biri hisoblanadi. 2.6 – rasmda moddadan
qaytgan nurlarning sxemasi tasvirlangan Ion nurlar
dastasi modda atom yoki
50
molekulalar bilan o‗zaro ta‘sirlashganda emissiya jarayonlari yuz beradi. Bunda
qaytgan nurlar bir – biridan emissiya hodisalariga mos holda farqlanadi. Emissiya
hodisalari modda tarkibidagi atomar yoki molekulyar bog‗lanishlarga bog‗liq.
Yuqorida, nurlar dastasining modda hajmidagi atom yoki molekulalar bilan o‗zaro
ta‘siri haqida aytib o‗tgan edik. Biroq, nurlar dastalarining
atom yoki molekulalar
bilan o‗zaro ta‘siri mexanizmlari ochiq qolgan edi. Quyidagi bandda bu
mexanizlarni ko‗rib chiqaylik.
2.5 – rasm. Skaner qiluvchi elektron nur mikroskopining sxemasi.
51
2.6 – rasm. Ion nur dastalaridan foydalanish sxemasi
Dostları ilə paylaş: