Optik tolali lazerlar? Ularning kristallarning xossalariga ta’sirini o’rganish


 Mikro- va nanotuzilmalarni tadqiq qilishning optik metodlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix21.10.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#130622
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat

 
2.1. Mikro- va nanotuzilmalarni tadqiq qilishning optik metodlari 
Mikro- yoki nanoo‗lchamli tuzilmalar olish murakkab, o‗ta aniqlikda 
ishlaydigan qurilma va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday tuzilmalar 
haqida fikr yuritilganda insonning ko‗rish chegarasidan tortib, turli murakkab 
tuzilmali 
mikroskoplarning 
sezgirlik 
qobiliyatlarini e‘tiborga olish lozim. 
Jumladan, insonning ko‗rish chegarasi 10
-4
metrga teng. Inson ko‗zi bilan 
1millimmetrni yoki ignaning ip o‗tkaziladigan teshigigacha bo‗lgan kattalikni 
ko‗rishi mumkin (2.1-rasm). Lupaning sezgirlik darajasi esa 10
-5
metr ya‘ni, 
millimetrning o‗ndan bir ulushini tashkil qiladi. Biroq, mikrometr 10
-6
metrga, 
nanometr esa 10
-9
metrga teng. Ko‗rinadiki, oddiy ko‗z yoki lupa yordamida 
mikro- yoki nantuzilmalarni o‗rganib bo‗lmaydi. Bunday mayda zarrachalarni 
ko‗rish uchun maxsus metod va yuqori aniqlikdagi mikroskoplardan foydalaniladi. 


43 
Oddiy optik mikroskopning sezgirlik darajasi 10
-7
metr, maxsus skaner qiluvchi 
mikroskopniki 10
-8
– 10
-9
metrni tashkil qiladi. Demak, mikro- yoki 
nanotuzilmalarni o‗rganishda, diagnostika va tadqiq qilishning optik metodlarni 
bilish talab etiladi. 
2.1-rasm. Inson va mikroskoplarning ko‗rish chegarasi [15]. 
Hozirgi kunda mikro- va nanotuzilmalar tuzilishi va morfologiyasini 
o‗rganishning bir necha optik metodlari ishlab chiqilgan. Bu metodlarni 
qo‗llanilish sohasi hamda metodiga bog‗liq holda quyidagi turlarga bo‗lishimiz 
mumkin:
moddalar diagnostikasi va tadqiq qilishning optik metodlari
elektron va ion nurlar dastasi yordamida diagnostika va lokal taxlil qilish;
skaner qiluvchi zondli mikroskop, spektroskop va boshqalar. 
Bu metodlar yuqori vakuum sharoitida, maxsus mikroskoplarda amalga 
oshirilib, namunaning geometrik hamda atomar tuzilishi haqida to‗la ma‘lumot 
olish imkonini beradi.


44 
Hozirda, bu soha bo‗yicha asosan ilmiy tadqiqot institutlarigina 
shug‗ullanadi. Oliygohlarda esa bu sohaning rivojlanishiga kam e‘tibor berilgan. 
Biroq, bunday qurilma va metodlarni fizik mohiyatini o‗rganish, ularni o‗quv 
jarayoniga tadbiq etish magistr hamda bakalavrlarni jahon standarti talablari 
doiroasida ta‘lim olishlaridagi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu 
muammolarning hal etilishi magistrant, bakalavr hamda ilmiy tadqiqotchilarning 
ilmiy salohiyatini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bularga bog‗liq holda, 
mazkur bo‘limda, mikro- va nanotuzilmali yarimo‘tkazgichlar diagnostikasi va 
ularni tadqiq qilishnig optik metodlari, ularning fizik mohiyati bayon qilinadi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə