2. Gidrosiklonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi Gravitatsion gidravlik tasniflagich



Yüklə 46,5 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü46,5 Kb.
#143048
  1   2   3
Ajratish dastgohlari mexanik va gidravlik-fayllar.org


BO’TANALARNI FAZALARGA (QATTIQ VA SUYUQ) 
AJRATISH DASTGOHLARI: MEXANIK VA GIDRAVLIK 
SINFLAGICHLAR (KLASSIFIKATOR).
REJA: 
1. Mexanik (spiralli) klassifikatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 
2. Gidrosiklonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 
3. Gravitatsion gidravlik tasniflagich 
 


Tasniflagich - dastlabki mahsulotni elovchi yuza qo`llamagan holda ikki
yoki undan ko`p o`lchamdagi sinflarga ajratish uchun qo`llaniladigan uskunadir.
Olib boriladigan tasniflash jarayoni muallaq holdagi yirik va mayda zarrachalarni
sokin yoki harakatdagi muhitda erkin bo`lmagan tushish tezliklari farqiga
asoslangan. Tasniflagichda bo`tana turli o`lchamdagi ikki yoki undan ko`p
mahsulot (fraktsiya)ga bo`linadi. Ikki mahsulotga bo`linganda, katta o`lchamdagi
mahsulot qum fraktsiyasi, qisqacha qum deb ataladi va mayda mahsulot sliv deb
ataladi. Uch yoki undan ko`p mahsulotga (fraksiyalarga) bo`linish ko`p mahsulotli
tasniflagichlarda amalga oshiriladi.
Ishlash usuli bo`yicha tasniflagichlar bo`linish gravitatsiya kuchlari ta`siri
ostida kechadigan - gravitatsion (piramidali, konusli, elevatorli va skrebkali), va
markazdan qochma kuchlar ta`siri ostida bo`linadigan - markazdan qochma
(gidrosiklonlar, yoysimon g’alvirlar) ga bo`linadi.
Tasniflagichlarning konstruktiv tuzilishiga qarab bo`tananing (yoki
qo`shilgan suvning) harakati vertikal, gorizontal, klassifikatorning o`qi bo`ylab
yoki spirali bo`ylab berilishi mumkin.
Mexanik spiralli tasniflagich (48-rasm) qiya korita 1, koritaning ichiga
o`rnatilgan bir yoki ikkita aylanuvchi spiral 3 bilan jihozlangan val 2 dan iborat.
Ajralish gorizontal oqimda sodir bo`lib, yirik mahsulot – qumga va mayda
mahsulot – slivga ajraladi.
Dastlabki mahsulot tasniflagichning pastki qismidan koritaning yon devorida
joylashgan qabul qiluvchi cho`ntak orqali yuboriladi. Yirik zarralar (qum) korita
tubiga cho`kadi va aylanuvchi spiral bilan tasniflagichning yuqori qismiga
bo`shatuvchi tirqish 4 tomon harakatlanadi. Mayin zarrachalar esa bo`tana
ko`rinishida sliv yoqasida 5 dan oqib chiqib ketadi.
Spiralli tasniflagichlar tuzilishining soddaligi va xizmat ko`rsatishning
osonligi, ishlatilishdagi ishonchlilik va yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turadi.
Spiralning muntazam bir tekis va sokin aylanishi mahsulotni tasniflash
uchun qulay sharoitni hosil qilib, yuqori zichlikdagi toza sliv olish imkonini
beradi.
Spiralli tasniflagichlarning ish unumdorligi ikkita mahsulot bilan aniqlanadi:
sliv bo`yicha va qum bo`yicha.
Sliv bo`yicha unumdorlik, t/sut, quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi:
yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun
Spirali botgan tasniflagichlar uchun
bu yerda m - tasniflagich spirallarining soni; k
- sliv o`lchamiga bog’liq
koeffitsient (yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun k
0,46÷1,95, spirali botgan tasniflagichlar uchun k
1
= 0,36÷2,9); k
2
- sliv zichligiga
bog’liq koeffitsient (k
2
= 1,9 ÷ 1); D - spiral diametri, m.
Qum bo`yicha unumdorligi, t/sut, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
135
3
2
n
D
mk
Q

(5.13)
bu yerda n - spiralning aylanish tezligi, min
Ishlab chiqaruvchi zavodlar diametri 0,3 dan 3 m gacha va koritasining
uzunligi 2,9 dan 15,1 m gacha bo`lgan spiralli tasniflagichlar ishlab chiqaradi.

Yüklə 46,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə