0 ‘sha kuni kechasi, qishloq sokin uyquga ketgan mahal Oq So'yloq
onasini eslab ezildi va beixtiyor o ‘ta g'amgin, lekin baland ovozda
shunday uv solib yubordiki, azbaroyi Kulrang Qunduz uyg'onib ketdi
va turib itning ta’zirini berdi. Shu voqeadan keyin Oq So‘yloq odam lar
oldida dard-u hasratini ichiga yutadigan, faqat o'rm onning ovloq
chekkalariga borgan paytlarda va bir o ‘zi qolganida zorlanadigan b o ‘ldi.
Shu kunlarda Oq So'yloq o ‘zini g‘or va anhor bo‘ylariga ham on
chorlayotgan ichki ovozga quloq solishi mumkin edi, ammo onasi esiga
tushib hech yerga ketolmadi. Ehtimol onasi xuddi ovdan qaytgan ovchilar
kabi qaytib kelar, Oq So'yloq Kichini kutib tutqunlikda yashayverdi.
Tutqunlik Oq So'yloqni u qadarqiynamasdi. Aksincha, bu hayotning
ko'p jihatlari uni qiziqtirardi. Qishloqda deyarli har kuni albatta biron
voqea yuz berar, xudolarning g'alati-g'alati ishlarining keti uzilmas,
Oq So'yloq esa bu voqealarni o'ta ishtiyoq bilan kuzatib borardi. Bundan
tashqari, ta ’bir joiz bo'lsa,#u Kulrang Qunduz bilan til topishib oldi.
Oq So'yloqdan qat’iyan itoat etish talab qilinardi, mana shuni o'zlashtirib
olgandan keyin odamlarning g'azabi va kaltagidan u tamomila qutuldi.
G oho shunday ham bo'lardiki, Kulrang Qunduzning o'zi ham go'sht
bilan siylar va to u yeb bo'lguncha yoniga o'zga itlarni yo'latmasdi.
Bunaqa luqmalarning lazzatiga nima yetsin! Xotin-xalajlar bundan o 'n
hissa ko'p go'sht berishardi, lekin nima uchundir xo'jayinning luqmasi
totliroq bo'lardi. Kulrang Qunduz Oq So'yloqni umum an erkalamas,
silab-siypamasdi. Kim bilsin, uning ayamay urishimi, yo adolat qilishi
va qudratimi yoki shularning hammasi birgalikdami Oq So'yloqqa ta ’sir
qilardi — nim a bo'lgan taqdirda ham uning vujudida bu berahm
xo'jayiniga nisbatan moyillik tug'ila boshladi.
Allaqanday xiyonatkor istaklar Oq So'yloqni tutqunlik to'rlariga
o'rab-chirm ar, kaltak va musht zarbidek ta’sir etardi. Azal-azaldan bo'rini
inson huzuriga yetaklagan sezgilar juda tez o'zidan ogoh qilardi. Xuddi
shu narsa Oq So'yloqda ham sezila boshladi. Shuning uchunm ikin,
hozirgi hayoti g'am-tashvishga to'la yoki havas qilgudek bo'lm asa ham,
bu qishloq, bu odamlarga mehri tovlanib borardi. Ammo buni o'zi
sezmasdi, u faqat Kichini sog'inar, uning qaytib kelishiga ishonar, ilgarigi
erkin hayotiga jon-u jahoni bilan talpinardi.
Dostları ilə paylaş: