Tun kirdi. Qor endi bo ‘ralab yog‘a boshladi, kalovlanib yo'l-yo'lakay
zorlangancha uv solib borayotgan Oq So'yloq d a fa ta n odam iziga
duch keldi. Iz shunchalar yangi ediki, Oq So'yloq buni darhol sezdi. U
toqati toq bo'lib uvillab yubordi-da, o'rm on tarafga yugurdi. U ning
qulog'iga tanish ovozlar yetib keldi. U gulxan alangasini, allanim a
pishirayotgan K lu-K uchni, ch o 'k tushgan ko'yi bir bo'lak dum bani
shimib o'tirgan Kulrang Qunduzni ko'rdi.
Oq So'yloq jazolashlarini kutardi. Shu esiga tushgan zahoti junlari
hurpaydi. Keyin pusib ilgari yurdi. U kaltaklanishdan qo'rqar, shu bilan
bu jazodan qochib qutulolmasligini bilardi. Ammo u gulxan yonida
isinib yotishni, odamlar himoyasida bo'lishni, garchi kek-xusumatli bo'lsa
ham tirik jon bilan yaqinlik qilish ehtiyojlarini qondira oluvchi itlar
orasida yashashini ham bilardi.
Oq So'yloq sudralgancha gulxanga yaqinlashdi. U ni ko'rib qolgan
Kulrang Qunduz dum ba yog' shimishdan to'xtadi. Oq So'yloq qo'rqa-
pisa boraym i, bo rm aym i degandek sudralardi. O dam zod oldida
jilpanglashga majbur qilayotgan xo'rlik, tobelik hissi uni ezardi. U imillab
sudralar, bamisli Kulrang Qunduzga yaqinlashgan sari sudralishi qiyinla-
shayotgandek arang siljirdi, oxiri uning oyoqlari ostiga cho'zildi — go'yo
bu bilan o'zining inon-ixtiyorini unga topshirdi. U o 'z ixtiyori bilan
inson yoqqan gulxan yoniga keldi va o'zini uning hukm i-irodasiga
topshirdi. Oq So'yloq kaltaklashlarini kutib qaltirardi. Kulrang Qunduz
qo'lini ko'tardi. It qo'rqqanidan g'ujanak bo'lib oldi. Ammo Kulrang
Q unduz urmadi.
Oq So'yloq qo'rqa-pisa yuqoriga qaradi. Taajjub! Kulrang Qunduz
dum ba yog'ni ikkiga bo'lib, bir qismini unga uzatdi. Oq So'yloq
ishonqiramay sekin moyni iskadi, so'ng tishlab tortdi. Kulrang Qunduz
unga go'sht beringlar, deb buyurdi va Oq So'yloq go'shtni yeb bo'lguncha
boshqa itlarni uning yaqiniga yo'latmadi. Bu marhamatdan iyib ketgan Oq
So'yloq xo'jayinning oyoqlari ostiga cho'zildi, u gulxan alangasiga termular
ekan, ko'zlari suzilib, yumilib ketardi. U ertaga mash’um o'rm onda emas,
balki eti bilan suyagini topshirgan va hayot-mamoti bilan bog'liq odamlar
qarorgohida uyg'onajagini sezar va bundan quvonardi...
Dostları ilə paylaş: