|
Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010bilan tikka olishadigan, ularni g'ajib tashlashga qodir onasini kutibjek london oq soyloq qissabilan tikka olishadigan, ularni g'ajib tashlashga qodir onasini kutib
atrofga alangladi. O na bo'ri o'kirib atrofga qutqu solib kelardi, u
bolasining zorlanishini eshitib yordamga oshiqardi.
Ona bo'ri ilkis odamlarga tashlandi. U quturib ketgan, hech narsadan
toym as, vajohati o'ta dahshatli ham da vahshiyona edi. Lekin uning
xaloskorona yangragan qahr-g'azabi bo'ri bolasini quvontirib yubordi.
U quvonchdan chiyillab yubordi va onasiga peshvoz yugurdi, odamlar
esa bir necha qadam chekinishdi. Ona b o ‘ri bolasi bilan odamlar o'rtasida
turib oldi. U ning junlari hurpaygan, b o ‘g ‘zida vahshiyona irillash qaynab-
toshardi.
Birdan hindulardan biri qichqirib yubordi:
— Kichi!
Bu xitobda hayrat ohanglari yangradi.
B o ‘ri bolasi bu ovozdan onasining qunishib olganini payqadi.
— Kichi! — deya yana qichqirdi hindu, bu safar keskin va am rona
ohangda.
Shunda bo'ri bolasi balodan qo'rqm aydigan onasining yerga yotib
olib dum ini likillatgancha yalinchoq ohangda chiyillaganini ko'rib hech
narsaga tushunm adi. U sarosimaga tushdi. U yana odam zoddan qo'rqa
boshladi. Sezgisi uni aldamayotgandi. Onasining xatti-harakati ham buni
tasdiqlab turibdi. U ham odam larga itoat etmoqda!
«Kichi!» deb baqirgan inson urg'ochi bo'rining yoniga keldi. U
kaftini uning boshiga qo'ygan edi, urg'ochi bo'ri yanayam yerga qapishib
oldi. U insonni tishlash u yoqda tursin, bunga harakat ham qilib ko'rmadi.
Qolgan to'rt nafar hindu kelib, ushlab, siypalay boshlashdi. Kichi yo'liga
bo'lsin qarshilik qilm adi. Bo'ri bolasi odamlardan ko'z uzmasdi. Ular
bir nimalar deb baqirishar, lekin og'zilaridan chiqayotgan tovushda
Dostları ilə paylaş: |
|
|