O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

- (a) loq affiksi qiz, bo‘ta kabi so‘zlarga qo‘shilgandagina erkalash ma’nosini hosil
qiladi: qizaloq, bo‘taloq, toyloq. Ba’zi o‘rinda –cha affiksi bilan sinonim bo‘la
oladi: qizaloq-qizcha, toyloq-toycha. Bu affiks o‘rin-joy oti yasovchi –loq affiksi
bilan omonimlik munosabatga ham ega bo‘ladi: o‘tloq,  qumloq.
-gina affiksi. Asosan, shaxs bildiruvchi otga qo‘shilib, erkalatish-kichraytirish
shaklini hosil qiladi: bolagina(m),  qizgina(m),  jongina(m).
Mazkur
affiks yaxshigina, kattagina, tezgina, endigina kabi so‘zlarda sifat va ravishga xos shakl yasaydi. So‘z takibida shakl yasovchi sifatida ishtirok etganda urg‘uli
hisoblanadi: bolagina΄, yaxshigina΄, ozgina΄. Urg‘usiz holatda esa, ayiruv-
chegaralov yuklamasi vazifasini bajaradi va shakl yasovchilar bilan omonim bo‘ladi.
Masalan: bola΄gina,  faqa΄tgina, so‘zlarni΄gina.
3-§. Qarashlilik shakli ot yoki olmoshlarga –niki affiksini qo‘shish bilan yasaladi.
Bu affiks o‘zakka qo‘shilib, narsaning asosdan anglashilgan shaxs yoki narsaga
qarashli ekanligini bildiradi: akamniki, do‘stingniki, ko‘chaniki, maktabniki 
kabi. Men, sen olmoshlariga qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibidagi n undoshi
tushiriladi: men+iki, sen+iki. Qarashlilik shaklidagi ot mazmunan egalik affiksini
olgan otlarga sinonim bo‘ladi.

2. Mavzu: Otlarning yasalishi, tuzilish jihatdan turlari

Mustaqil ish
Mavzu: Otlarning yasalishi, tuzilish jihatdan turlari
Reja:

  1. Otlarning yasalishi

  2. Otlarda modal shakl yasalishi

  3. Otlarning tuzilishiga koʻra turlari

Foydalanilgan adabiyotlar:
Otlarning yasalishi.
Hozirgi o`zbek tilida ot so`z turkumi lug`at tarkibida mavjud bo`lgan so`zlarning miqdorini tashkil qiladi. Chunki ot so`z turkumi boshqa so`z turkumlariga nisbatan yangi so`zlar hisobiga tez boyib boradigan turkumdir.
O`zbek tilida ot morfologik, sintaktik va abbreviatsiya usullari bilan yasaladi.
Morfologik usul bilan ot yasash. Bu usulga ko`ra so`z negiziga maxsus ot yasovchi affikslarni qo`shish bilan yangi ot yasaladi. Ot yasovchi affikslar ot, sifat, son, olmosh, fel va ravish kabi mustaqil so`z turkumlari, shuningdek, modal va taqlid so`z negizlaridan yasaladi.
Morfologik usul bilan ot yasovchi affikslar mano jihatdan quyidagi guruhdagi otlarni yasaydi:
1.Shaxs va kasb-hunar otlarini yasovchi affikslar.
2.Narsa, qurol, o`lchov birligi otlarini yasovchi affikslar.
3.O`rin-payt otlarini yasovchi affikslar.
4.Abstrakt ot yasovchi affikslar.
Shaxs va kasb-hunar oti yasovchi affikslar, asosan, ot negiziga qo`shilib, negizdan anglashilgan predmet bilan bog`liq shaxs otlarini va malum bir soha, kasb bilan shug`ullanuvchi kasb-hunar otlarini yasaydi.
Bu affikslarga quyidagilar kiradi:
-chi: tarbiyachi, terimchi, sportchi, tijoratchi, navbatchi
-dosh: fikrdosh, kursdosh, zamondosh, suhbatdosh, muallifdosh
-gar,-kor: zargar, kimyogar, g`allakor, sanatkor
-bon:,-boz: bog`bon, darvozabon, darboz, bedanaboz
-paz: oshpaz, somsapaz, kabobpaz
-kash: suratkash, aravakash, mehnatkash
-dor: chorvador, mulkdor
-shunos: tilshunos, tuproqshunos, tabiatshunos
-xon: kitobxon, gazetxon, g`azalxon
-soz: mashinasoz, traktorsoz, soatsoz
-do`z: do`ppido`z, etikdo`z, mahsido`z, gilamdo`z
-xo`r: choyxo`r, oshxo`r.
Shaxs va kasb-hunar oti yasovchi affikslardan chi eng mahsuldor ot yasovchi affiks sanaladi.
Yuqorida qayd etilgan kash, -xo`r, -paz, -do`z, -boz, -gar, -soz, -xon, -shunos so`z yasovchi affikslari tojik tilida fel o`zaklari bo`lib, o`zbek tilida so`z yasovchi affiks vazifasini bajaradi.
Narsa, qurol, o`lchov birligi otlarini yasovchi affikslari, asosan, fel negiziga qo`shilib negizdan anglashilgan ish-harakat va holatning natijasi bo`lgan yoki ish-harakatni bajarish uchun qo`llaniladigan narsa, qurol otini yasaydi. Kam hollarda ot, sifat, taqlid so`z negizlari narsa, qurol, o`lchov birligi otlarini yasashga asos bo`la oladi. Bu affikslar quyidagilar:
-k (-ik), -ak, -q (-iq, -uq), -oq: elak, kurak, teshik, pirpirak, bo`lak, bo`yoq, so`roq, chopiq, topshiriq, yutuq, o`roq kabi.
-gich (-g`ich, -kich, -qich): suzgich, o`chirg`ich, qirg`ich, ko`rsatkich, tutqich, qisqich.
-gi (-ki,-qi,-g`i,-g`u): supurgi, kulgi, tepki, chopqi, tutatqi, yoqilg`i, cholg`u.
-m (-im,-um): to`plam, tishlam, chimdim, kiyim, unum.
-ma: qiyma, qatlama, dimlama (mahsulot nomi), tenglama, ayirma (matematik terminlar), isitma, jamg`arma.
-don: qalamdon, guldon.
-indi: yuvindi, chirindi, qirindi.
-qin (-qun, -g`in, -g`un): to`lqin, toshqin, uchqun, yong`in, yulg`un.
-in (-un, -on): yig`in, tugun, to`zon.
-ak (-oq): qarsak, varrak, qaltiroq.
-a: sharshara, jizza.
-os: gulduros, chuvvos.
-gak (-kak): ilgak, eshkak.
-doq: qovurdoq.
-moq (-mak): quymoq (ovqat turi), chertmak.
-cha: qizilcha, olacha.
-chiq: yopinchiq.
-ildoq: shaqildoq.
-machoq: bekinmachoq, tortishmachoq.
-noma: taklifnoma, tashakkurnoma, vasiyatnoma.
Yuqorida sanalgan affikslardan a, -os, -gak, -doq, -moq, -cha, -chiq, -ildoq, -machoq affikslari ot yasashda kam unum so`z yasovchi affikslar sanaladi.
O`rin-payt oti yasovchi affikslar, asosan, ot negiziga qo`shilib, negizdan anglashilgan predmet mavjud bo`lgan, ekiladigan, dam oladigan, yashaydigan o`rin-joy otini yasaydi. Bu affikslarga quyidagilar kiradi:
-zor: olmazor, gulzor, bug`doyzor
-loq: o`tloq, toshloq, qumloq
-iston: O`zbekiston, guliston, qabriston
-goh: oromgoh, sayilgoh
-xona (affiksoid): choyxona, oshxona, yotoqxona, sartaroshxona
-qoq: botqoq (fel negizidan yasalgan o`rin-joy oti).
Abstrakt ot yasovchi affikslar ot, sifat, son, olmosh, fel, ravish, bazan modal so`z negizlariga qo`shilib, negiz anglatgan tushuncha bilan bog`liq abstrakt manodagi ot yasaydi. Bular quyidagilar:
-lik (-liq): go`zallik, mardlik, yaxshilik (ot negizidan yasalgan); ko`plik, tezlik (ravish negizidan); birlik, yuzlik (son negizidan); qarindoshlik, bolalik (ot negizidan); o`zlik, manmanlik (olmosh negizidan); yo`qlik, borliq (modal so`z negizidan).
-ch (-inch): sevinch, quvonch, tayanch, qo`rqinch (fel negizidan yasalgan)
-chilik, -garchilik: pillachilik, temirchilik, ipakchilik, odamgarchilik (ot negizidan), xursandchilik (sifat negizidan), yo`qchilik (modal so`z negizidan yasalgan).
-gilik, -kilik: ko`rgilik, ichkilik (fel negizidan yasalgan).
Sintaktik usul bilan ot yasash. Bu usulga ko`ra ikki va undan ortiq so`z shakllari Biron qolipda birikib, bir predmetni anglatadigan yangi ot yasaladi.
Sintaktik usulga ko`ra qo`shma va juft otlar yasaladi.
Qo`shma ot ikki va undan ortiq so`zning birikishidan hosil bo`lib, bir predmetni anglatadigan yangi ot. Qo`shma ot tarkibidagi so`zlar dastlab mano va grammatik jihatdan tobelanish yo`li bilan (qo`shimcha aniqlovchi+aniqlanmish) tuzilgan so`z birikmasi bo`lib, keyinchalik shu sintaktik munosabatning yo`qolishi natijasida bir tushunchani, yangi bir predmetni ifoda etadi: ko`zoynak, belbog`, o`rinbosar kabi. Qo`shma ot bir bosh urg`u bilan aytiladi.
Qo`shma ot qismlari orasidan quyidagi sintaktik munosabatlarning yo`qolishi natijasida hosil bo`ladi:
1.Aniqlovchi+aniqlanmish: bilaguzuk, achchiqtosh, oshqozon, toshko`mir, bedapoya, so`z boshi, Beshariq, Kattaqo`rg`on.
2.Ega+kesim: Soykeldi, Qoryog`di.
3.To`ldiruvchi+kesim: dunyoqarash, kungaboqar, muzyorar, otboqar, ish tashlash.
4.Hol+kesim: besh otar, iskabtopar, bosvoldi.
5.Kesim+undalma: YOriltosh, ochildasturxon.
O`zbek tilida rus, tojik va boshqa tillardan o`zlashgan parovoz, aeroport, dushanba, chorshanba, obdasta kabi otlar kelib chiqishiga ko`ra qo`shma ot bo`lsa-da, o`zbek tilida qo`shma ot ekanligi anglashilmaganligi tufayli sodda ot deb qaraladi.
Juft ot bir xil grammatik shaklda kelgan ikki so`zning grammatik jihatdan teng bog`lanishidan tuzilgan jamlovchi, bir umumiy manoni anglatadigan yangi ot. Juft ot qismlari orasidagi tenglik munosabati yozuvda chiziqcha bilan ko`rsatiladi. Bunday juft otning qismlari 2 xil bog`lanadi: a) bog`lovchilarsiz: ota-ona, gul-lola; b) bog`lovchi vazifasidagi u, -yu yuklamalari yordamida: tog`-u tosh, olma-yu o`rik kabi.
Juft ot qismlari bir so`z turkumiga oid bo`lib, qismlarining har biri o`z urg`usiga ega bo`ladi. Juft otlarning manosi qismlar manosining yig`indisidan kelib chiqadi: kuch-quvvat, aql-xush, ota-ona.
Juft ot tarkibidagi qismlar quyidagi mano munosabatlarini ifodalaydi:
1.Qismlar o`zaro mano jihatdan bir-biriga yaqin so`zlardan tuziladi: qovun-tarvuz, baxt-saodat, qozon-tovoq, gap-so`z kabi.
2.Qismlar o`zaro manodosh (sinonim) so`zlardan tuziladi: baxt-saodat, orzu-havas, kuch-quvvat, asbob-uskuna.
3.Qismlari bir-biriga antonim bo`ladi: o`g`il-qiz, er-osmon, aka-uka, er-xotin.
Juft otlar quyidagicha yasaladi:
1.Juft otning har ikala qismi mustaqil manoli so`zlardan tuziladi: o`yin-kulgi, opa-singil
2.Juft otning bir qismigina mustaqil manoga ega bo`ladi: kiyim-kechak, bozor-o`char
3.Juft otning har ikki qismi mustaqil manoga ega bo`lmagan so`z bo`lishi mumkin: g`ala-g`ovur, dali-g`uli.
Juft otlar takrorlangan holda kelishi mumkin, lekin bunday ot yasama ot sanalmaydi: choy-poy, ish-pish, don-dun kabilar. Bunday juft otlar modal mano ifodalaydi.
Abbreviatsiya usuliga ko`ra turg`un so`z birikmalarini turli usullar bilan qisqartish orqali qisqartma ot hosil qilinadi. Qisqartma otlar abbreviaturalar deb yuritiladi. Bu usul bilan so`z yasash o`zbek tiliga rus tilidan o`zlashtirilgan bo`lib, nutqda ixchamlikka erishish maqsadida qo`llaniladi.
Hozirgi kunda rus tilidan aynan o`zlashtirilgan bir qator qisqartma otlar bir qatorda rus tilidagi qisqartma otlarning o`zbek tilidagi shakli ishlatilmoqda. GES, ZAGS – aynan o`zlashtirilgan, VAK – Vыsshaya Attestatsionnaya Komissiya, OAK – Oliy Attestatsiya komissiyasi, GA gosudarstvennaya attestatsiya DA davlat attestatsiyasi kabilar o`zbekcha qisqartma shakli hosil qilingan. Shuningdek, o`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida yasalgan yangi qisqartma otlar lug`at tarkibidan joy olmoqda: DTM, DAN, O`zFA kabi.
Qisqartma otlar tuzilish jihatdan quyidagicha bo`ladi:
1.Qisqartirilayotgan so`zlarning birinchi tovushlaridan tuziladi: BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti), XXR (Xitoy Xalq Respublikasi), DTM (Davlat test markazi); DAN (davlat avtomobil nazorati).
2.Qisqartirilayotgan so`zning bosh qismi va keyingi so`zlarning birinchi tovushlaridan: ToshDIU (Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti), O`zFA (O`zbekiston Fanlar Akademiyasi).
3.Birinchi so`zning bosh qismi va keyingi so`z to`liq olinadi: pedkolledj (pedagogik kolledj), pedamaliyot (pedagogik amaliyot).
4.So`zlarning bosh qismlaridan: Toshunivermag (Toshkent universal magazini), ...
Otlarda modal shakl yasalishi
Otlarda so`z o`zgarish, so`z yasalish xususiyatlari bir qatorda modal shakl yasash hodisasi ham mavjud.
Otlarning leksik manosiga qo`shimcha modal mano qo`shilishi bilan hosil qilinadigan shakl modal shakl yasash deyiladi. Otlar o`z leksik manosiga qo`shimcha kichraytish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik kabi modal manolarni ifodalaydi.
Otlarda bu modal manolar ikki xil usul bilan yasaladi: morfologik usul va takrorlash usuli.
Morfologik usulga ko`ra otning leksik mano ifoda etuvchi qismiga modal shakl yasovchi affikslarni qo`shish orqali modal mano yasaladi. Bu usulga ko`ra otlarning kichraytish, erkalash, hurmat kabi modal shakllari hosil qilinadi.
Otlarda modal shakl yasovchi affikslarga quyidagilar kiradi:
-cha: qizcha, uycha
-chak, -choq: kelinchak, qo`zichoq, toychoq
-loq, -aloq: joyloq, bo`taloq, qizaloq
-gina: bolagina, qizgina
-xon, -jon, -oy, -boy: otaxon, onajon, Ranoxon, YUlduzoy, Karimboy.
Otni maxsus takrorlash yo`li bilan gumon, kamsitish, umumlashtirish, noaniqlik kabi modal manolar yasaladi. Bu usulga ko`ra modal shakl hosil qilishda takrorlanuvchi qismda turli fonetik o`zgarishlar yuz beradi:
1.Ot unli tovush bilan boshlanganda, takrorlanuvchi qism boshqa p, m, s, ch, d, j, t tovush orttiriladi: un-pun, ot-pot, o`rik-mo`rik, irim-sirim, irim-chirim, imi-dimi, alang-jalang kabi.
2.Ot undosh tovush bilan boshlanganda, takrorlanuvchi qismdagi birinchi undosh p, m, s, ch, b tovushlaridan biri bilan almashtiriladi: loy-poy, mosh-posh, non-pon, bosh-mosh, poda-moda, patir-satir, meva-cheva, g`idi-bidi kabi.
3.Otning takrorlanuvchi qismida keng va cho`ziq unli qisqa va tor unli bilan almashadi: don-dun, xashak-xushak kabi.
4.Takrorlanuvchi qismda birinchi undosh ham, keng unli tovush ham almashadi: latta-putta kabi.
Bazan otning o`zi aynan hech o`zgarishsiz takrorlangan holda qo`llanib, kuchaytirish manosini hosil qiladi: tog`-tog`, xirmon-xirmon kabi.
Otlarning tuzilish jihatdan turlari
Otlar tuzilishi jihatdan sodda ot, qo`shma ot, juft ot, qisqartma otlarga bo`linadi.
1. Sodda ot bir o`zak morfemadan tashkil topadi: daraxt, kitoblar, gulzor, uycha kabi.
2. Qo`shma ot ikki va undan ortiq o`zak morfemaning birikishidan hosil bo`ladi: belbog`, atirgul, oqsoqol kabi.
3. Juft ot ikki o`zak morfemaning o`zaro teng bog`lanishidan tuziladi: aka-uka, o`y-xayol, temir-tersak kabi.
4. Qisqartma otlar birikma qismlarini qisqartish yo`li bilan tuzilgan otlar: AQSH, MDH, O`zMU kabi.
5. Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-tomiriga, don-dun, irim-sirim, yor-yor (qo`shiq nomi).
Juft va takroriy otlar orasiga chiziqcha qo`yib yoziladi.
Agar juft otlar o`rtasida ikki otni bir-biri bilan bog`laydigan u, yu tovushlari bo`lsa, kirilcha yozuvda chiziqcha qo`yilmaydi: Onayu bola – gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi: Aytilgan so`zlar jon-jonidan o`tib ketdi. Tilimizda takrorlangan, so`zning boshida kelgan undosh p eki
M undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin
P tovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop, osh-posh, pul-mul kabi takroriy otlar ham bor.
3. Sifat so’z turkumi.Uning ma’no turlari haqida ma’lumotlar.
turkumi sifat deyiladi. Sifat asosan otga bog‘lanadi va uning belgisini aniqlaydi. Masalan: oq ko‘ylak, kuzgi ekin, aqlli qiz, yumshoq non, o‘rtancha o‘g‘il. Bunda belgi bildiruvchi so‘z sifatlovchi, uni boshqarib kelgan ot esa sifatlanmish deyiladi.
Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanish mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k qalamning, ko‘k qalamdan kabi. Sifat gapda asosan a) sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Bir ozdan so‘ng yoqimli shamol esa boshladi; b) kesim bo‘lib keladi: Osmon tiniq.
Sifat ba’zan fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin. Bunday holda sifat ravish kabi gapda hol vazifasini bajaradi: U do‘stining yuragida kechayotgan tuyg‘ularni yaxshi tushunardi.
2-§. Sifatning ma’no turlari. Sifatlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtarin, sho‘x, ziqna, sodda, yo‘rg‘a, mehribon;

  • holat bildiruvchi sifatlar: keksa, badavlat, iliq, tinch, salqin, ochiq, xursand;

  • shakl- ko‘rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, qiyshiq, yassi;

  • rang – tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, pushti;

  • hajm – o‘lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, yaqin, katta, og‘ir;

  • maza – ta’m bildiruvchi sifatlar: nordon, achchiq, bemaza, shirin;

  • hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo‘y, badbo‘y;

  • o‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar: kechki, tonggi, kuzgi, bahorgi.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə