|
![](/i/favi32.png) O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari
|
səhifə | 40/58 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 0,67 Mb. | | #137603 |
| 1.Ot turkumining son kategoriyasiSabab ravishi.
Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi.
Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin).
Maqsad ravishi.
Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi.
Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min
Mavzu: 4.Ravishlarning yasalishi, tuzulish jihatidan turlari Reja:
Ravishlarning yasalishi haqida ma’lumot.
Ravishlarning tuzulish jihatidan turlari
Ravishlarning yasalishi haqida ma’lumot.
O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul,
1.affiksatsiya
2.kompozitsiya
usuli bilan yasaladi.
Affiksatsiya usuli
Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi.
Ravishning bu usul bilan yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi.
Kompozitsiya usuli
Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan
Dostları ilə paylaş: |
|
|