O‘qitish va ta’lim olish sharoitlarini o‘rganish xalqaro tadqiqoti



Yüklə 13,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix11.12.2023
ölçüsü13,59 Mb.
#146005
1   2   3   4   5   6   7   8
TALIS 2018 survey brochure ENG UZB 4

Tadqiqotning o

qituvchilik kasbiga foydali jihatlari


TALIS tadqiqoti
OECD tashkiloti hukumatlarga siyosiy tajribani taqqoslash, umumiy muammolarga javob izlash, foydali 
amaliyotlarni aniqlash va ichki hamda xalqaro siyosatni muvofiqlashtirish muhitini taqdim etadi. U 
butun dunyodagi demokratiya va bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarini birlashtiradi:

barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab -quvvatlash;

ish bilan bandlikni takomillashtirish;

turmush darajasini oshirish;

moliyaviy barqarorlikni saqlash;

a’zo va a’zo bo‘lmagan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish;

jahon bozorining o‘sishiga hissa qo‘shadi.
Bugungi globallashgan iqtisodiyotda, ta’lim o‘sish va rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
hisoblanadi. OECD tashkilotining ta’lim va ko‘nikmalar bo‘yicha direksiyasi XXI asrda ta’lim tizimlari 
oldida turgan dolzarb vazifalar, jumladan o‘qituvchilar uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni 
berishda o‘qitish va ta’lim olish sifatini qanday yaxshilashga e’tibor qaratadi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 
(OECD) va uning ta

lim masalalari bo

yicha 
direksiyasi


Varkey Foundation Global Teacher Status Index tahlillariga ko‘ra, Xitoy, Malayziya, Tayvan, Rossiya va 
Indoneziyadagi o‘qituvchilar dunyodagi eng yuqori maqomga ega ekanligini ma’lum qilgan. O‘qituvchi 
maqomi va PISA natijalari o‘rtasida aniq ijobiy munosabatlar mavjud. O‘qituvchi maqomi yuqori bo‘lgan 
mamlakatlarda (Xitoy, Tayvan va Singapur) o‘qituvchilar maqomi past bo‘lgan mamlakatlarga 
qaraganda (Braziliya va Isroil) o‘quvchilarning natijalari yuqori. Biroq, o‘qituvchi maqomi va 
o‘qituvchilar maoshi o‘rtasidagi munosabatlar zaif ijobiy. O‘qituvchilar maqomi yuqori bo‘lgan ko‘p 
mamlakatlarda, shu jumladan Xitoy, Malayziya, Hindiston va Indoneziyada o‘qituvchilarning maoshi 
shunga qaramay past darajada qolmoqda. Xuddi shunday, o‘qituvchilar maqomi nisbatan past bo‘lgan 
ko‘p mamlakatlarda (Ispaniya, Germaniya) o‘qituvchilar maoshi nisbatan yuqori. Shuningdek
o‘qituvchilarga bo‘lgan hurmat qanchalik baland bo‘lsa, ota-ona bolasini o‘qituvchilik kasbiga undashi 
ehtimoli shunchalik yuqori ekanligi aniqlandi. Shunga qaramay, tadqiqotchilarning fikricha, 
o‘quvchilarning yuqori natijalariga erishish uchun yuqori maosh ham, yuqori o‘qituvchi maqomi ham 
zarur.

Yüklə 13,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə