O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə29/30
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#145558
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

Birinchidan, O’zbekiston agrar mamlakat bo’lib, uning ko’pgina hududlarida ishlab
chiqarishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda; 


Ikkinchidai, mamlakat aholisinnng 65 foizi qishloqda yashaydi. Agrar sohaning yaxshi
rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga muhtoj oilalarning ko’pligiga sabab 
bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo’yadi.

Uchinchidan, mamlakat aholisi orasida yoshlar katta salmoqqa ega, bu esa yoshlarni
ijtimoiy himoya tiznmi orqali muxofaza qilishni talab etadi. 
Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shaxs o’z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon qila olnshi
uchui to’lnq imkoniyatlar yaratish, bunda ularnnig farovon turmush kechirishlariga erishish 
jarayonida to’liq namoyon bo’ladi. Kishilarning jamiyatdan olayotgan ulushlari ( i s h xaki,
daromadlari, mukofotlari, unvonu mansablari) ularning jamiyat rivojiga qo’shayotgan hissalariga 
(mehnati, qobiliyati, zakovati, alohida xizmatlari, sarmoyasi va x.k.) mos kelishi shu ma’noda inson
rivoji imkoniyatlariga bog’liq. 
Albatta inson faqat non bilan tirik emas. Inson taraqqiyotini hayot darajasigina emas, hayot
sifati ham belgilaydi. Hayot sifati esa inson yashaydigan, mehnat qiladigan va bo’sh vaqtini 
o’tkazadigan sohalarda shakllanadi. Ijtimoiy infrastruktura inson hayotida kuchli ta’sirga ega.
Sog’liqni saqlash shunday sohalardan biridir. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab 

Prezidentimiz tashabbusi bilan «Sog’lom avlod uchun» umumxalq harakati boshlangam edi.


Sog’lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi 
va o’zining natijalarini bera boshladi.
Insonning jamiyatga foyda keltirishi ko’p jihatdan uning hayoti qanday ta’minlanganligiga 
bog’lik. Dastavval. har bir oila o’z turar joyiga ega bo’lishi kerak. Aholini toza ichimlik
suvi bilan ta’minlash, qishloq joylarni gazlashtirish kabi murakkab muammolarning hal qilib 
borilishi ham insonga munosib hayotni ta’minlashga qaratilgandir.
Narxlarni erkinlashtirish, savdo tizimi va maishiy xizmat sohasining bir mar omda 
xususiylashtirib borilishi ham inson manfaatlariga zid kelmaydigan tarzda amalga
oshirilishi lozim. Istemol mollarining ko’pini o’zimizda etishtirishni ta’minlash uchun 
mahalliy ishbilarmonlarga har tomonlama yordam ko’rsatish, yangi ish o’rinlarini tashkil
etish, qishloq joylarda savdo shaxobchalari va maishiy xizmat muassasalarini ko’plab 
barpo etish ana shu maqsadlarga olib boradigan yo’ldir. O’zbekistonda xususiylashtirish
jarayonlarining borishi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining m ul kchi l i k s h akl l ar i 
bo’yicha tarkibi, iste’mol mollarini ishlab chiqarish sohasidagi o’zgarishlar ana
shunday yo’nalishga ega. 
Hozirgi zamonda aholini njtimoiy himoya qilishning qator modellari mavjud. Ulardan biri
Skandinaviya mamlakatlarida (Finlyandiya, Shvetsiya) qo’llanilayotgan sotsial-demokratik 
model bo’lib, bunday modelga ko’ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha mas’uliyatini o’z
zimmasiga oladi. 
Neoliberal modelga ko’ra esa (AQSh) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismnni tadbirkorlar va
kasaba uyushmalari bajaradilar. 
Neokonservativ modelga ko’ra (Germaniya) ijtimoiy
himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida 
olib boriladi.
O’zbekistonda ijtimoiy ta’minot asosan davlat byudjeti hisobidan tashkil etilgan bo’lib, bu tizim 
qator rivojlangan chet el davlatlarining ijtimoiy tizimidan kolishmaydi.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yordamdan tashqari respublikamizda 
norasmiy ijtimoiy yordam ko’rsatishning an’anaviy qadriyat turlari ham mavjudki, ularning
negizini qarindoshchilik, qo’shnichilik, mahallachilik, yoru birodarchilik yordamlari, ya’ni 
xalqimizning milliy urf-odatlari tashkil etadi. Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo’jaliklar
hamda boshqa tadbirkorlik tashkilotlaridan fuqarolar pensiyasiga qo’shib berilayotgan 
qo’shimchalar, muhtojlarga ko’rsatilayottan otaliq yordamlari, bayram va xayit kunlari bemorlarni
ziyorat qilish, turli xayr-ehsonlar ham milliy urf-odatlarimizning zamonaviy ko’rinishlaridir. 
Bulardan tashqari, ijtimoiy yordam ko’rsatishda nodavlat jamoat birlashmalari va xayriya
tashkilotlari ham ishtirok etmoqda. 
Albatta, muammolar ham mavjud. Jahon tajribasi bilan qiyoslaganda, avvalo, mehnatkashlar
manfaatlarini himoya qiladigan nodavlat tashkilotlar faoliyatini qayta ko’rib chiqish lozim. 
Xususan, kasaba uyushmalari rivojlangan mamlakatlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish
uchun korxona egalariga, ish beruvchilarga doimo tasir o’tkazib keladilar. Bizda esa hali bunday 
tajriba mavjud emas. Birinchi navbatda jamoat tashkilotlari, xususan kasaba uyuimalari
faoliyatini tubdan yaxshilash, ularni mehnatkashlar manfaatlarini ximoya qiluvchi kuchga 
aylantirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Kezi kelganda
mamlakatimizning ijtimoiy himoya tizimi rivojini umumiy tarzda qarab o’tish o’rinlidir. 
Ma’lumki, 1991 yilda sobiq totalitar tuzum inqirozga uchragach, uning o’rnida vujudga kelgan
yangi mustaqil mamlakatlar demokratiyaga asoslangan jamiyat barpo etishda turli yo’llarni 
tanladilar.
Birinchisi, Evropa va Amerika davlatlari tajribasida sinab ko’rilgan “falaj qilib davolash” 
yo’li edi. Ko’pgina mamlakatlar ushbu “tezkor” yo’lni tanladilar. Bu mamlakatlarda
mustahkam 
qonunlar
majmui

ishlab
chiqilmasdanoq, 


jamiyatni
keskin

tarzda
demokratlashtirishga o’tildi. Oqibatda, bu o’z navbatida ko’plab murakkab muammolarni 


keltirib chiqardi.


Ikkinchi yo’l — jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish yo’li bo’lib, bunda O’zbekiston


tashabbuskor bo’ldi. O’zbekistonda avval qonunlar majmui yaratildi, so’ng bozor infrastrukturasi 
tizimini shakllantirishga e’tibor qaratildi va iqtisodiyotni isloh qilishga kirishildi. Natijada,
jamiyat keskin ijtimoiy larzalarni chetlab o’tdi. Bu, birinchi navbatda, ijtimoiy himoya tizimiga 
ham tegishli edi. Aytaylik, 1992 yilda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang holatda edi.
Shunday sharoitda kam ta’minlangan fuqarolar davlat tomonidan ijtimoiy muxofaza qilinishi 
zarurligi qatiy belgilab qo’yildi. Bu siyosat davlatning islohotchilik roliga tayangan holda amalga
oshirildi. Shu tariqa bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlat nazoratining bo’lishi ijobiy natijalar berdi. 
Birinchi bosqich. Narxlar islohoti va narxlarning erkinlashtirish. (1992 yil 10 yanvardan
boshlab). 
Ikkinchi bosqich. Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilishi. (1992 — 1994 yillar).
O’z o’rnida demokratiyaning sharqona shakli xususida fikr bildirib o’tish lozim. Yaxshi bilamizki, 
Sharq qadriyatlari “inqilobiy sakrash”dan ko’ra tadrijiylikni ustun biladi. Shu sababdan, azaldan Sharq
jamiyatlarida iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o’pirishlar nisbatan kam. O’zbekistonda jamiyatni 
demokratlashtirish jarayoni Sharq va G’arb demokratiya tamoyillari o’zaro uyg’unlashtirilgan
holda amalga oshirilishi sababli ham, taraqqiyotda bosqichma-bosqichlik, harakatda esa qonun 
ustuvorligi asosiy xususiyat kasb etdi va hozir ham shunday bo’lib qolmoqda.
Tan olish kerakki, O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini amalga oshirish uchun shunchaki qulay 
sharoit yo’q edi. Shunga ko’ra, 1994 yil 24 avgustda “Kam ta’minlangan onlalarni ijtimoiy himoya
qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida” Prezidsnt Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko’ra, 1994 
yil oktyabrdan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi takomillashtirildi. Negaki, ilgari faqat respublika
byudjeti yo’li bilangina 30 ta turli soha va yo’nalishlar bo’ylab ijtimoiy himoya amalga oshirilardi. 
Bundgi holat mablag’larning sochilib ketishiga olib keldi. Natijada yuqoridagi Prezident Farmoniga
binoan 1994 yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq 
tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o’tildi. Bu tizim bugungi kunga qadar o’zini oqlamoqda. Ana shu
Farmonga muvofiq yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida o’quv yurtlari talabalarining stipendiyalari 
muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Zero, O’zbekiston Markaziy Osiyodagi aholi soni jihatidan
eng yirik mamlakat bo’lib, sanoat va makroiqtisodiyot tizimi bir yoqlama xususiyatga ega edi. Bu 
murakkablik jamlyat taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmasa-da, ma’lum ma’noda undan
chetlab o’tishga muvaffaq bo’lindi. O’zbekistondagi er usti va er osti boyliklari, salohiyat bunga 
imkon berdi. Undan unumli foyda-lanildi. Shunisi ham e’tiborliki, jamiyatni demokratlashtirish va
ijtimoiy himoya tizimini yaratish o’zaro bog’liq jarayon sifatida rivojlandi. 
Lekin O’zbeknstonda ijtimoiy o’zini-o’zi himoyalash tizimi batamom yo’lga tushib ketgan emas.
Boqimandalik kayfiyatidan ijtimoiy himoya iste’molchilari ham qutulishlari lozim. Fuqarolar 
endilikda o’zini o’zi ta’minlash usuliga o’tishlari kerak. O’zbekistonda xususiy mulkchilikning qaror
topishi bu sohada qat’iy o’zgarishlar bo’lishiga olib kelishi zarur. Shunisi ham muhimki, ijtimoiy 
himoyani doimiy jarayon sifatida tushunmaslik lozim. Aks holda boqimandalik kayfiyati battar kuchayishi
mumkin. Ijtimoiy himoya ayrim fuqarolar uchun imkoniyat, xolos. Har qandan sharoitda ijtimoiy yordam 
jamiyat a’zolari uchun imtiyozga aylanmasligi lozim. Bu o’rinda jamiyatning o’zini-o’zi ijtimoiy
himoyalash tizimiga o’ta borishini ta’minlash uchun ushbu tadbirlarni amalga oshirish lozim: 
-nodavlat, nohukumat tashkilotlar, jamg’armalar, uyushmalar va turli shakldagi mulk egasi
bo’lgan tashkilotlarning moddiy ahvolini yaxshllashni qo’llab-quvvatlash; 
-barcha turdagi korxonalar, muassasalar va uyushmalarni zamon talabiga javob beradigan
xodimlar va ayniqsa huquqshunos, psixolog va sotsiolog mutaxassislar bilan ta’minlashga alohida 
e’tibor berish lozim;
-nomi zikr etilgan muassasalarning xorijiy turdosh muassasalar bilan hamkorligini yo’lga 
qo’yishda ko’maklashish. Ular o’z yo’nalishlarida zarur tajriba orttirishlari talab etiladi;
-ijtimoiy himoya tizimida iqtisodiy muxofazalanishni asta-sekin ijtimoiy fondlar zimmasiga o’tkaza 
borish zarur. Bunday holatda odamlarni ijtimoiy muhofazalashning ta’sirchan vositasi yuzaga keladi;
-ijtimoiy muhofazalashda boqimandalik, mas’uliyatsizlik, befarqlik singari illatlarga barham beruvchi 
ta’sirchan vosita va usullarni qidirib topish hamda hayotga joriy eta borish talab etiladi.


O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatda asosiy boylik inson bo’lib qoladi.


O’tkazilayotgan islohotlarning mazmuni ham shu bilan bog’liq. Bu haqda Prezident I. A. 
Karimov shunday ta’kidlaydi: “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib
boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir”. 
Lekin shunisi ham borki, islohotlar davrida ijtimoiy guruhlarning ham o’rni muhim ahamiyat kasb etadi.
Demokratik jamiyat qurish sharoitida o’rta mulkdorlar qatlami katta saxmoqqa ega bo’ladi. O’rta sinf 
demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda asosiy kuchga
aylanadi. Zero, davlat bunday sharoitda kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo’ladi, o’rta sinf esa jamiyat 
taraqqiyotini texnologik, texnik, ilmiy va ma’naviy ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, O’zbekistonda islohotlar muqarrarligning g’oyat muhim sharti 
bo’lmish axolini ijtimoiy himoya qilish uzluksiz ustuvor yo’nalish hisoblanadi. Bu holat, o’z navbatida,
quyidagi omillarni belgilab beradi: 
kuchli ijtimoiy himoya siyosati istiqlol va taraqqiyot yo’liga ishonchni mustahkamlaydi, bu 

ishonch esa aniq moddny zamin asosida hosil bo’ladi;


kuchli ijtimoiy himoya siyosati eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat 

sharoitlarnni


yaratadi. 
XXI
asr

boshida
dunyo

taraqqiyotida
munosib

turmush
darajasi inson omilining etuk sharti bo’lib qolayotganligi e’tiborga olinsa, mamlakatimizda bu 


masalani
hal

etishda
ijtimoiy 


himoyalashdan
unumli

foydalanish


masalasi nechog’li ahamiyatli ekani ayon bo’ladi; 
kuchli ijtamoiy himoya siyosati fuqarolarning islohotlarning izchil kechishidan 

manfaatdorligini


oshib

borishini


ta’minlaydi 
va
bu

yangalanish


jarayonining 
orqaga qaytishiga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanch bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekistonda aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, bolalar, qariyalar, nogironlarni, 
shuningdek sog’liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’at sohalarini qo’llab-quvvatlashga
qaratilgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati o’zining muayyan tajribalariga ega bo’ldi. 
Ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash
vazifalari dolzarb bo’lgan O’zbeknston uchun bu holat katga ahamlyatga ega. Bu tajriba 
fuqarolarning siyosiy faolligini yanada oshirish, mehnat resurslarini ijtimoiylashtirish,
mintaqaviy rivojlanishni avj oldirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni barqarorlashtirish imkonini 
beradi.
Kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatda yangicha fikrlash asoslarini yaratishga 
qodirligidan ham demokratik jamiyat barpo etishga ko’maklashadi. Zsro, jamiyatda ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik yuzaga kelgach, fuqaralar fikrlashga, yangi zamon tartiblarini tuzishga 
ishtiyoq bilan intiladilar. Chunki fikrlovchi odam fuqarolik jamiyatiga ta’sir o’tkazish
qobiliyatini 
mumkin qadar ko’proq ro’yobga chiqara olgan taqdirdagina, kuchli bo’la oladi.

O’z navbatida ijtimoiy sohaning ahvoli to’g’risida umumiy jahon standartlari nimadan iborat,


degan savol tug’iladi. Mutaxassislar fikricha, bu sohada ham bir necha modellar amal qiladi. Ularni 
umumiy tarzda kuchli njtimoiy himoya tizimining ayrim elementlarini o’zida ifoda etuvchi
skandinavcha model. Nazarimizda, ushbu modellarning har biri o’z yutuq va kamchiliklariga 
ega. Ularni respublnkamizda shunchaki tatbiq qilib bo’lmasligi aniq. O’zbekiston ijtimoiy
ta’minot sohasida o’z modeliga ega hamda u ijtimoiy kafolat tizimining o’zgaruvchan xususiyatiga 
mos tarzda takomillashib boradi.
O’tish davrida ijtimoiy muammolarning yuki ortadi. Yo’lga tushgan karvon kabi bu sohaning 
muammolari ham borgan sari ortib boradi. Shuning uchun mazkur sohada yuzaga keluvchi
muammolarning echimini modellashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda eng muhim muammolar 
rivojlanishi tendentsiyalari o’z vaqtida aniqlanishi katta ahamiyatga ega. Xususan, O’zbekistoning ijtimoiy
xastida yuz berayottan yirik o’zgarishlar asosidagi muammolarni hal etish bo’yicha tavsiyalar ishlab 
chiqish muhim. Misol tariqasida yon tomonda keltirilgan jadvaldan ko’rinishda bo’lishi mumkin.
O’zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy ta’limot tizimida boshqaruv idoralari hisoblangan I ta 
vazirlik, 12 ta viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda 153 ta tuman va 36 ta
shaharda ijtimoiy ta’minot tizimlari mavjud. Shuningdek, yolg’iz nogironlarga va qariyalarga 
mo’ljallangan o’nlab internat uylari, nogironlik sababi va guruhini belgilovchi tibbiy-ekspsrtiza


komissiyalari, xususan, nogironlikni ekspsrtiza qilish va nogironlarning mexnat qobiliyatini tiklashi


bo’yicha 1 ta ilmiy-tekshirish instituti faoliyat yuritmoqda. pensionerlarning davolanishi va dam 
olishiga mo’ljallangan bir qancha maxsus sanatoriyalar ishlab turibdi.
Kam ta’minlangan hamda ko’p bolali muxtoj onalarga moddiy yordam to’lovlarini 
moliyalashtirishning asosiy manbai respublika va mahalliy byudjet vositalari hisoblanadi.
Ma’lumki, mustaqiyl taraqqiyotimizning ilk davridanoq inson — jamiyat — davlat o’rtasidagi o’zaro 
munosabatning oqilona echmini topish alohida ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi jahon urushidan
keyin Evropa mamlakatlari, Osiyoning Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlari aynan shu 
g’oya asosida taraqqiyot yo’lini belgilab, tarixan qisqa davr ichida yuksak taraqqiyotta erishgap
edilar. Ikki asrlik demokratik rivojlanish tarixiga ega bo’lgan AQSh ham inson manfaatini 
taraqqiyotning asosi sifatida qabul qilgan edi. Ma’lum bo’ladiki, O’zbekiston demokratik
taraqqiyotning jahon tajribasini sinchiklab o’rgandi. O’zbekistonda demokratik fuqarolik 
jamiyatni barpo etish va uning tayanchi sifatida insonparvar tuzumni shakllantirish yo’lida
islohotlarni amalga oshirish inson — jamiyat — davlat tizimidek kuchli uyg’unlikni talab etmoqda. 
Xullas, mustaqillik yillarida O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tajribasi va
an’analari to’plangan. Bunda inson — jamiyat — davlat munosabatlari. inson omili yuksak 
mavqeda turadi. Shu ma’noda, O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini zamon talablariga mos tarzda
takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud va ular mamlakatda demokratik jamiyatni 
qurishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə