O’quv materiallari ( ma’ruzalar t o’plami )



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə24/30
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#145558
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org

- deb yozadi u. – tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila 

mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va 

muazzam bo’ladi”. Bu muddao amalida, tabiiyki, oila boshlig’inig ibrati alohida o’rin tutadi. Oila
a’zolari o’rtasida o’zaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sog’lom muhitni yaratadi. Zero, 
sog’lom tarbiya oila a’zolari o’rtasida yakdillik, maqsadlar birligini yuzaga keltiradi. Aks holda esa
ichdan emirilish, ma’naviy inqiroz holatlari yuz beradi, bu esa har qanday tashqi ziyonlardan ko’ra 
talofatliroqdir.
Fitrat oilani millat manfaatiga xizmat qiluvchi, shu ruhni tarbiyalovchi beshik ekanligini alohida 
ta’kidlaydi. Oiladagi ijtimoiy foydali tarbiya esa jamiyatni mustahkamlovchi omil bo’lib, uning
uyg’oqligi, harakatchanligi, ma’rifiy komilligiga taqalishini ta’kidlaydi. “Qaysi millatning umumiy 
19
Абдурауф Фитрат. Оила. Т.: Маънавият, 1998, 8 - бет 

20
ªаранг: Энтони Гидденс. Социология: олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма, Илмий муҳаррирлар: 


А.Бегматов ва М.Бекмуродов, - Т.: Шарқ, 2002. – 459 – бет.
21
ªаранг: Энтони Гидденс. Социология: олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма, Илмий муҳаррирлар: 

А.Бегматов ва М.Бекмуродов, - Т.: Шарқ, 2002. – 459 – бет.


22
О.Сафаров, М.Маҳмудов. Оила маънавияти. -Т.: Маънавият, 1998. 20-21- бетлар.



sa’y – harakati va amali ko’p bo’lsa, kuch – qudrat va izzati ham shuncha salmoqli va buyuk 

bo’ladi”, deydi u va yurtdoshlarini shunga da’vat etadi. Tabiiyki o’sha davrda hamma ham buni
anglab etmagan, bu yo’lda jonbozlik ko’rsatadigan fidoiylarga yo’l berilmagan, istibdod siyosati esa 
milliy yakdillikning barcha ko’rinishlari rivojiga monelik kilgan. Shu boisdan ham Fitrat Vatanu
mamlakatni dildan sevuvchi, uning sha’ni sharafini himoya kiluvchi fidoiy farzandlarni ko’plab 
tarbiyalab voyaga etkazish lozim, degan fikrni asoslab beradi.
Fitrat jamiyat a’zolarining fidoiyligi va ongliligi milliy taraqqiyotga, el-yurt obodligiga olib 
kelishiga ishongan. Fitrat XX asr boshlarida Turkistonda amal qilgan tarqoqlik xurofot va
aqidalarni, mutelik va parokandalikni inkor etuvchi, jamiyatni sog’lomlantiruvchi kuch sifatida 
odamlarni oilaga yangicha bir ko’z bilan karashga undaydi. Ota-onaning birlamchi vazifasi-
farzandini jamiyatga nafi tegadigan kilib hayotga tayyorlash, uni ongli va hushyor shaxs qilib 
jamiyatga qo’shishdan iborat, “Xalqning harakat qilishi, davlatdmand bo’lishi, jahongir bo’lishi, 

zaif bo’lib xo’rlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, 

o’zgalarga tobe, qul va asir bo’lishi – bolalikdan o’z ota-onalaridan olgan tarbiyaga bog’liq”, deb
biladi u.
23

Demokratik jamiyat qurishning muhim tamoyillaridan biri bu - erkin fuqaro shaxsini


shakllantirish bilan bog’liqdir. Erkinlik esa oiladagi ijtimoiy tarbiya
yo’nalishining mahsulidir. Ana shu jarayon xalqimizning turmush tarzi, demografik holatiga ham
bog’liqdir. Bu boradagi muhim muammo - o’zbek oilalarining ko’p farzandliligidir. Chunki 
aholining ko’payib borishida, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida oiladagi serfarzandlik muhim
ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekistonda nikohdan o’tish, oila qurish hollarining yuqoriligi ham oila sonining
ko’payishiga, bu esa, o’z navbatida, tug’ilishning o’sishiga bog’liq. 1960 yilda respublika bo’yicha 
oila a’zolarining o’rtacha soni 4,7 kishini tashkil qilgan bo’lsa, 1992 yilda-5,5, 1994 yilda 5,4
kishini tashkil etdi.
24
2000 yil ma’lumotlariga ko’ra esa, oila a’zolarining o’rtacha soni 5,2 kishidan 

iboratdir.


Mamlakatimizda 1998 yilning “Oila yili” deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan oila 
manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni amaliyotga tatbiq etilishi,
respublikamizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, demokratik qadriyatlarning 
shakllanishida muhim o’ringa ega bo’lmoqda. Mustaqillik yillarida oila masalalarini ilmiy-amaliy
o’rganishda milliy va diniy qadriyatlarimizning ahamiyatiga katta e’tibor berilishi esa bu boradagi 
katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Bu imkoniyat oila a’zolari ma’naviyatini yuksaltirishga,
ularning huquqiy va tibbiy ongini shakllantirishga, sog’lom turmush tarzini yaratishga xizmat 
qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarimizda oilaviy hayotga bo’lgan hurmat oshmoqda.
Ayollarning ijtimoiy hayotdagi maqomini oshirishga qaratilgan barcha imkoniyat va sa’y-
harakatlarni birlashtirish, ularni turmush sharoitlarini yaxshilash orqali jamiyatning yangilanishida
ayollar ishtirokini kuchaytirish uchun sharoit yaratish ustuvor vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. 
Ma’lumki, mamlakatimizda I.A.Karimov tashabbusi bilan 1999 yilni “Ayollar yili” deb e’lon
qilingan edi. Ayollar yili munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi mamlakatning siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy hayotida, bozor iqtisodiyotini shakllantirish hamda jamiyatning ma’naviy-
ma’rifiy asoslarini mustahkamlashda ayollarning maqomi, o’rnini mastahkamlashga qaratildi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov oila omiliga, imkoniyatlariga alohida to’xtalib “Vatan
tuyg’usi oilaviy mehrdan boshlanadi” deb ta’kidlagan edilar. 
Oilada vatan tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir. Vatanga bo’lgan mehr dastavval ota-onaga,
aka-ukalarga, yaqin qarindoshlarga, qo’shnilarga bo’lgan munosabatdan boshlanadi.
23
Соғлом авлод бизнинг келажагимиз: туплам. Тахрир ҳайъати: М.Мухаммад Дўст, О.Мусурмонова, 

Т.Рисқиев ва бошқа. -Т.: Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашрёти, 2000.- 272-б. Г.Хотамовнинг


“Маърифатпарварлар армони” маколасидан.
24
ªаранг: Инсоний тараққиёт бўйича ҳисобот. -Т.: Ўзбекистон, 1995. 47-бет.

Tabiiyki, mustaqillikka erishilgandan so’nggi o’n uch yil yangi qadriyatlarga o’tish, o’zlashtirish


va bu qadriyatlar asosida boshqacha yashashdan iborat murakkab jarayonlarni boshdan o’tkazish 
davri bo’ldi. Birgina madhiya misolini olaylik. Tarixiy manbalarning guvohlik berishiga ko’ra,
gimnlar vatan yo’lida yakka-yolg’iz jonini tikib, qurbon bo’lgan fidoiy-qaxramonlar ruhiga alqov, 
bag’ishlov, yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak, tantanali marsiyadir. Tabiiyki, marsiya aytiladigan
paytda arvohlar ruhining hurmati uchun odamlar o’z o’rinlaridan turib, jo’r bo’lib marsiyani ijro 
etishgan.
Amerika oilalaridagi erkin fuqaro shaxsini shakllantirishda demokratik qadriyatlarning qaror 
topishini quyidagi misolda ham ko’rish mumkin. Ma’lumki, Amerika oilalarida gimn ijro etilgan
paytda hamma o’rnidan turib, qo’lini ko’ksiga qo’yib, birga ixlos bilan jo’r bo’lishadi. Endi shu 
holatning ko’rinishini O’zbekistonda bir tasavvur qilaylik. Ertalabki nonushta yoki kechki ovqat
paytida televizorda madhiya ijro etilib qolsa, biror kishi ham o’rnidan turishni xayoliga keltirmaydi. 
Agar masalaga shunday yondashaversak, befarqlik namoyish etadigan bo’lsak, gimn qadriyatini
mustaqillik ramzi sifatida qalbimizga jo etishimiz qiyin. Shu boisdan ham Amerika oilalaridagi kabi 
mazkur qadriyatlarning shakllanish o’chog’larini oilalarga ko’chirish Vatan tuyg’usini samaraliroq
shakllantirish imkoniyatlari kengayadi.
Uzoq yillar mobaynida amalga oshirilgan kuzatishlar, xalqimiz tarixining sinchkovlik bilan
qilingan tahlili shundan guvohlik beradi-ki, oilada ota-onaning farzandlar bilan qancha ko’p vaqt 
birga bo’lishi, o’zaro muloqotlar, o’rgatilgan bilim va kasb-korlar mehr tuyg’usining shuncha
mustahklanishiga olib keladi. Mehr tarbiyasi o’zbek oilalarida turli darajada ekanligi o’tkazilgan 
sotsiologik tadqiqotlar hamda kuzatuvlardan ravshan ko’rinadi. Shu narsa e’tiborga loyiq-ki,
respublikamiz turli hududlarida istiqomat qiluvchi ziyolilarning (o’qituvchilar, vrachlar, injenerlar, 
boshqaruv tuzilmalari vakillari, oliy ma’lumotli tijoratchilar) o’z farzandlari bilan bir kundagi
muloqotlari hajmi o’rtacha 10-15 minut atrofidagi ko’rsatkichni ifodalayotganligi tashvishlanarli 
holdir. Ma’lumki, hayotga endigina kirib kelayotgan o’smirda atrof-muhit, odamlarda yuz
berayotgan o’zgarishlar borasida har kunda o’nlab savollar, jumbokli holatlar yuzaga keladi. O’smir 
bunday savollarni vaqt defitsiti sababli ota-onaga bera olmaganligi va malakali javobga ega
bo’lmaganligidan jumboqlarning echimini tasodifiy shaxslardan, aksariyat hollarda o’z 
tengdoshlaridan izlashga majbur bo’ladilar. Natijada, kichik yoshdagi bolalar, o’smirlar har
tomonlama to’g’ri, jamiyat va shaxs uchun ijtimoiy foydali bo’lgan malakali javoblarga ega 
bo’lmaydilar. Buning oqibatida esa yoshlar tarbiyasi muayyan izdan chiqib, umumiy axloq, milliy
an’analar ruhiga zid bo’lgan holatlar yuzaga keladi. 
Tarbiya tizimida oila tarkibi, tug’ilajak farzandlarning yosh farqlari ham muhim ahamiyatga
egadir. Ko’p yillik kuzatishlar, huquqiy idoralar hujjatlari, voyaga etmagan yoshlar tomonidan 
qilingan jinoiy xatti-harakatlar, tartibbuzarlik holatlarining asl sabablarini o’rganish shundan
guvohlik beradi-ki, oila muhitida tinchlik, totuvlik, o’zaro mehrga chanqoq bo’lganlik, ota-
onalarning o’zaro adovati, aka-ukalar o’rtasidagi mehrsizlik tufayli aksariyat yoshlarning jinoyat
ko’chasiga kirib qolishlari ma’lum bo’ldi. Aka-ukalar o’rtasidagi mehrsizlik dastavval ota-
onalarning o’z farzandlariga e’tibor bermasliklari, bu ishga juda kam vaqt ajratishlari bilan
izohlansa, ikkinchi tomondan esa farzandlar tug’ilishida biri va ikkinchisi o’rtasidagi yosh farqi 
masalasiga xalqimizda umuman ahamiyat berilmasligi ham jiddiy masaladir. Ruhiyatshunoslik ilmi
nuqtai nazardan o’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, agar bola 1 dan 3 yoshgacha bo’lgan 
vaqtda ikkinchi farzand tug’ilsa, bolalar o’rtasida ona va otaga egalik qilish, suyukli bo’lish, erkalik
qilish borasida bir qarashda kichik fakt tuyulsa-da, ammo bu faktning ong ortida 
mujassamlashuviga ko’ra jiddiy hodisa-o’zaro raqobat holati tarkib topadi. Agar tug’iladigan
bolalar o’rtasidagi farq 4-5 yosh bo’lsa, katta farzand tomonidan o’z ukasini himoya qilish ruhi 
shakllanib o’z ota-onasidan ukasini qizg’anmaslik holati tarkib topadi. Bu bilan esa, aka-ukalar
o’rtasida juda nozik bo’lgan mehrning biologik omillar orqali rahna topishining oldi olinadi. 
Xalqimizda unchalik e’tibor berilmaydigan, ammo, mehr tuyg’usiga rahna soluvchi yana bir jihat -
bu aka-ukalar o’rtasidagi o’zaro janjallar hodisasidir.
Aka va uka o’rtasidagi bahslar agar verbal darajada, ya’ni faqat so’z talashlari fikr-qarashlar
tortishuvi tarzida yuz berish bilan cheklanilsa, mehri-tuyg’usi jiddiy zarar ko’rmaydi. Mobodo, bu 

bahs musht tushirish darajasiga etgudek bo’lsa, kichiklarning kattalarga bo’lgan ukalik mehr


ildiziga jiddiy zarba beriladi. Shu narsa e’tiborga loyiqki, musht urgan tomon mehrini saqlashi 
mumkin bo’lsa-da, tayoq egan tomon o’z akasiga nisbatan mehr tuyg’usini teran his eta olmay
qoladi. Yaqin qarindoshlar, er va xotin o’rtasidagi munosabatlarda zo’ravonlik qilish, urish 
hodisasining nechog’li zararli ekanligi bois, mukaddas kitobimiz bo’lgan Qur’oni-Karimda ham
zo’ravonlik qilmaslik, insonni o’z yaqinlariga va ayniqsa xotinlarga zinhor-bazinhor qo’l 
ko’tarmaslik zarurligi, to’g’risida alohida kayd etiladi. (Qur’oni Karim, G’oshiya surasi, 22-oyat).
Xalqimiz tarixidan ulug’ va qudratli saltanatlarning asosan ichki omillarga ko’ra, oilaviy 
tarbiya muammolari, otalar va bolalar, akalar va ukalar, opalar va aka-ukalar o’rtasidagi mehrsizlik,
o’zaro nifoqlar, yakdillik ruhining sustligi sababli zavol topganligini bilamiz. Taassufki, ayni shu 
sabablarga ko’ra Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Temuriylar boshqa davlatlar inqirozga yuz tutgan
edi. Shu boisdan ham yurtboshimiz mamlakatdagi umumiy barqarorlik biri-biriga bog’liq va tizimiy 
xususiyatga ega ekanligini ta’kidlab, “agar oila sog’lom va mustahkam bo’lsa, mahalla tinch va
hamjihat, agar mahalla mustahkam bo’lsa davlat osoyishta va barqaror bo’ladi” deb ta’kidlagan 
edilar. (I.A. Karimov. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining besh yilligiga bag’ishlangan
majlisdagi tabrik so’zidan, 1997 yil 5 dekabr). 
Oila barqarorligi va vatan salohiyatini oshirishda ona omilining roli beqiyosdir.

Darhaqiqat, ona mukaddas va cheksiz e’zoz-ehtiromga munosib zotdir. Xalqimiz onaga bo’lgan


cheksiz hurmati, samimiy muhabbati borasida ko’pgina xalqlarga namuna bo’larli an’ana va 
odatlar, marosimlar tizimiga ega. Mushtipar onalarimiz farzandni hayotga keltirganidan so’ng, to
o’z vafotiga qadar faqat jigarbandi taqdirini o’ylab, unga omonlik, tinchlik, rizq-ro’z, baraka tilab 
yashab o’tadi. Onalarning farzandlariga yaxshilik tilab, Yaratgandan panoh so’rashi, o’zi emay
bolasiga beruvchilik, o’zi kiymay kiydirishi, o’zi ko’rmay o’tsa-da bolasi ko’rishiga orzumandligi 
ayni haqiqat va chuqur ta’zim, tahsinga sazovordir.
Ammo, bugun kun sur’atlari, shiddatkor zamon uchun farzandlarning faqat miqdoran ko’p 
bo’lishi, ularning sog’-omon yurishini ta’minlashning o’zigina etarli bo’lmay qoldi. Zamona shu
shiddatkor sur’atlarga xos va mos yuksak ma’rifatli, bunyodkor, tinib-tinchimas avlodni 
tayyorlashni talab etmoqda. Bu esa davlat va jamiyat zimmasiga, eng avvalo oilaga, ona omiliga
ko’p narsalarni bog’liq qilib qo’ymoqda. Onaning maqsadlari, turmush tarzi, hayot mantig’i 
mazmunida davr ruhiga mos bo’lgan tamoyillar ya’ni, farzandlarga ta’lim, tarbiya berishni tubdan
yaxshilash, ularga yondashuv uslublarini o’zgartirish zarurligini kun tartibiga qo’ymoqda. Bu 
borada bugungi holat manzarasi o’zbek oilalarida turli daraja va ko’rinishlarda bo’lib, ularni
quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir.
Farzandlarini aniq maqsadlarni ko’zlab turli vositalar ko’magida hayotga faol tayyorlavchilar
toifasi. Bu toifaga mansub oilalarda ona barcha o’zgarishlarning uyg’unlashtiruvchi va 
yo’naltiruvchisi sifatida namoyon bo’ladi. Farzandlar o’z vaqtida, aniq belgilangan reja va rejim
asosida maktabda o’qiydilar yoki universitetlarda tanlagan ixtisosliklarini puxta o’zlashtirish ishlari 
bilan band bo’ladilar. Rejaviy ta’lim qo’shimcha bilim olishlar usuli (repetitsiya, to’garaklar,
uyushmalar) bilan muntazam ravishda uyg’unlashtiriladi. Ta’lim olish holati va mutaxassislikni 
egallash muammolari oila muhitida muhokama etib boriladi, uyda dars tayyorlash qat’iy tarzda
muntazam amalga oshiriladi. Urf-odat va an’analarga me’yor doirasida ratsional amal qilinadi 
Oila muhitida tarbiya, odob-axloq masalalariga ta’lim ishlaridan ko’ra ustunroq ahamiyat
beruvchilar toifasi. Bunday toifa vakillari oilaviy muhitda tinchlik, osoyishtalik, o’zaro hurmat 
saqlanishi, mahalla-yurtda mavqe-e’tiborda bo’lish, an’ana va urf-odatlarga qat’iy amal qilish,
uydagi gap ko’chaga chiqmasligiga jiddiy ahamiyat qaratib yashaydilar. Bunday oilalar 
farzandlarning ertangi kuni, ularni faol va bunyodkor shaxs sifatida hayotga tayyorlashning aniq
rejalariga ega bo’lmasalarda, o’z bolalarini jamiyatga bezarar qilib o’sishidan ogoh bo’lib 
yashaydilar.
Oilada ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarda masofa mavjud bo’lgan toifa. Mazkur 
toifaga mansub oilalarda ota va ona farzandlari tarbiyasi va ta’lim olish saviyasi uchun maktablar
mas’ul va majbur hisoblaydilar. Maktablar va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik 

qilmaydilar, ota-onalar majlislariga kelmaydilar. Farzandlarining ahloqiy va ma’rifiy holatlarini


nazorat qilmaydilar. Bunday oilalarda har kim asosan o’zi uchun yashaydi. 
Respublikamizdagi huquq tartibot idoralari ma’lumotlariga ko’ra, voyaga etmagan yoshlar
o’rtasidagi tartibbuzarlik, jinoyatchilik ko’chasiga kirib qolish holatlarining o’ndan to’qqiz qismi 
ayni shunday toifadagi oilalar muhitida yuzaga chiqmoqda.
Mazkur tasnifga ko’ra, birinchi toifaga mansub oilalar miqdorining bugungi kun talablari 
darajasida faol ortib borishini ta’minlash o’ta muhimdir.
Oila muhitida ota va onalarning farzandlar taqdiri uchun favqulodda mas’ulligi masalasi 
rivojlangan barcha mamlakatlarda doimiy ravishda kun tartibida turadi. Xususan, Yaponiyada
o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, o’zaro tanish ayollarning bir-birlari bilan uchrashib, o’tkazadigan 
suhbat, muloqotlari majmuida o’ttiz foizgacha vaqt o’z farzandlarining o’qish va ishlaridagi ahvoli,
yigirma foiz vaqt shaxsiy takomillashuv, ya’ni, o’zlashtirgan yangi kasb-korlari, o’qigan kitoblari, 
ko’rgan filmlari haqida va faqat yigirma foizgacha vaqt tanish-bilishlarning maishiy holati,
kayfiyatlari, sog’ligi, turmush o’rtog’ining muammolari masalalari band etar ekan. 
Taqqoslash uchun O’zbekiston ayollari o’rtasida Toshkent davlat Madaniyat instituti
“Sotsiologiya” kafedrasi olimlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotda esa ziyoli ayollar orasida 10 
foiz, tijoratchilar o’rtasida 5-7 foiz, qishloq ayollari orasida 3-5 foizgina vaqt farzandlarning ta’lim
borasidagi o’zlashtirishlari ahvoliga ajratilar ekan. Ayni chog’da, ayolarimiz suhbatlari majmuida 
40 – 50 foizgacha vaqt maishiy hayot tashvishlari, qo’shnilar muammolari, dugona va tanish-
bilishlar taqdiri singari masalalar tahliliga bag’ishlanishi aniqlandi. 
Bir qarashda uncha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli tuyulmaydigan mazkur qiyosiy tahlil onalarning
o’z farzandlari tarbiyasi, ularni katta hayotga maqsadli tayyorlab borish ishlaridagi o’rnini, pirovard 
natijada esa mamlakatning umumiy taraqqiyoti holatiga bo’lgan bevosita hamda bilvosita ta’sirini
belgilab beradi.
Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda oila institutiga katta ijtimoiy ahamiyat berib kelinmoqda.
Uning isboti sifatida mamlakatimizda an’anaga aylangan har bir yilga asosiy diqqat-e’tibor 
qaratilayotganligi katta ahamiyatga ega bo’lgan. Shuningdek, “Oila yili” deb e’lon qilinishi mazkur
masalaga bevosita va “Sog’lom avlod”, “Onalar va bolalar”, “Obod mahalla” yillari mobaynida esa 
bilvosita tarzda doimiy e’tibor qaratib qelinmoqda. Ayniqsa, 2004 yilning «Mehr-muruvvat» yili
deb e’lon qilinishi oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o’rnining ortib borayotganligining yana bir 
isbotidir.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə