O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004


GUVOHNOMA, DALOLATNOMA VA IShONChNOMALAR MAZMUNI



Yüklə 178,88 Kb.
səhifə23/37
tarix29.11.2023
ölçüsü178,88 Kb.
#141008
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

GUVOHNOMA, DALOLATNOMA VA IShONChNOMALAR MAZMUNI



Guvohnoma - bu shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shunigdek, biror ishga vakolatini ko’rsatuvchi hujjat.
Har bir kishi ishga qabul qilinganda kadrlar bo’limi tomonidan guvohnoma oladi. Bunday guvohnoma yonda olib yurishga moslashtirilib daftarcha shaklida tayyorlanadi. Uning zaruriy qismlari:
  1. Hujjatning nomi (guvohnoma-odatda muqovasiga yoziladi).


  2. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.


  3. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi.


  4. Lavozimi.


  5. Guvohnomaning qaysi vaqtgacha amal qilishi.


  6. Idora rahbarining imzosi.


  7. Surati.

  8. Muhr (bir qismi suratga bosilishi kerak).



Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradi. Uning zaruriy qismlari:
  1. Hujjatning nomi (xizmat safari guvohnomasi).


  2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi.


  3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.


  4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari) va tashkilotlar nomlari.


  5. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko’rsatiladi, dam olish kunlari, borish va kelish kunlari ham unga kiritiladi).


  6. Xizmat safariga asos bo’lgan buyruq yoki farmoyish tartib raqami, sanasi.


  7. Guvohnomaning orqa tomonida: xizmat safariga bo’lgan joylar (shahar va muassasa nomlari) va u erdan jo’nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi).


Xizmat safari guvohnomasi muassasa rahbari buyrug’idan so’ng xodim qo’liga beriladi. Xizmat safariga jo’nab ketish oldidan va qaytib kelgandan so’ng o’sha sanalar ko’rsatilib muassasa mansabdor shaxs guvohnomaning tegishli joyiga imzo chekadi va muhr bosadi. Umuman xizmat safari guvohnomasini rasmiylashtirishda muhrlar va imzolar bo’lishiga alohida ahamiyat berish kerak, aks holda, xizmat safari bilan bog’liq safarlar bo’yicha hisob-kitob qilishda guvohnoma hujjat vazifasini o’tay olmaydi. Xizmat safari guvohnomasi namunaviy shakldagi bosma ish qog’oziga rasmiylashtiriladi.


Shaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi guvohnoma va shu turdagi boshqa guvohnomalarda uning muddati ko’rsatilmaydi, bularda malaka komissiyasi raisi va a’zolari imzosi bo’ladi.
Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yozilishi kerak.
Dalolatnoma (akt) - muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog’liq biron bir bo’lgan voqea, hodisa, ish-holatini yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir.
Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni ko’zlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo’lgan voqea-xodisalardan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qatiy belgilangan. Masalan, korxonaning hisob-kitob bo’limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o’rin tutadilar.
Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag’lari va moddiy boyliklarga bog’liq holda tuziladi, chunki, u ko’proq moliya-xo’jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo’llaniladi.
Dalolatnomalar tegishli taftish o’tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir shaxsdan ikkinchisiga o’tkazishda, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o’tkazish chog’ida, qimmatdor buyumlarni hisobdan o’tkazish yoki hisobdan chiqarish, tovarlarni miqdor va sifat bo’yicha qabul qilib olish yoki ularning idishini qayta tortib ko’rishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o’rganishda va boshqa hollarda tuziladi.
Moliyaviy faoliyat va savdo sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlar bo’lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar etishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli (qayd etuvchi, rag’batlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo’ladi.
Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi.
Chunonchi, davlat qabul komissiyasi uchun hamda hujjatli ashyolarni yo’q qilish uchun, me’yorlashgan hujjatlar bilan dalolatnomalarning shunday qoidaviy namunalari joriy etilganki, ularning shaklini o’zgartirish mumkin emas (ularning faqat o’zbekcha nusxalarini yaratish kerak).
Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buyrug’i bilan hay’atlar, doimiy hay’atlar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Keyingi holatda va umuman dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo’lmog’i shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-xodisaning qatnashchilari yoki unga guvoh bo’lgan kishilarning tashabbusi bilan ham tuziladi. Masalan, savdo muassasalarida xaridor haqiga xiyonat qilingan hollarda dalolatnoma bevosita voqea ishtirokchilari tomonidan tuzilishi mumkin. Tekshirish va dalillar asosida hujjat tayyorlash hay’atiga o’rganilishi zarur bo’lgan voqea, hodisa yoki holatdan xabardor, uni yaxshi tushunadigan va farqiga borib tahlil qila oladigan kishilar kiritiladi.

Yüklə 178,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə