Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix18.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#106057
1   2   3   4   5   6   7
sari-cho-qqi-konidagi-birlamchi-mis-porfirli-rudalar-namunasini-texnologik-o-rganish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
685 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
Ключевые слова: медно-порфировые руды, степень измельчения, 
коллективная флотация, измельчения, собиратель, руда. 
KIRISH 
Rangli metallar ishlab chiqarish uchun xozirda ham, kelajakda ham asosiy 
manbaa bo‘lib sulfidli minerallar: misli, mis-molibdenli, mis-piritli, qurg‘oshin-ruxli 
polimetall ma’danlar hisoblanadi. Keyingi yillarda tarkibida misning miqdori 
ko‘proq bo‘lgan konlar topilmoqda, biroq qazib olinayotgan va qayta ishlanayotgan 
ma’danlarda misning miqdori borgan sari kamayib bormoqda.
Mis tabiatda erkin holda uchraydigan metallarning biri bo‘lib, bunday metalli 
konlar juda kam bo‘lgani sababli misni olish manbai sifatida o‘zining ahamiyatini 
yo‘qotgan. Xozirda misning asosiy qismi turli elementlar bilan birikmalarni saqlovchi 
ma’danlardan olinadi. Mis va mis – porfirli ma’danlar oson boyitiluvchi ma’danlar 
turiga kiradi. Qo‘llaniladigan sxema va texnologik tartiblar qayta ishlanayotgan 
ma’danning turiga, mis minerallarining tarkibiga, ularning hol-holligi va 
shlamlanishga moyilligiga, birlamchi shlamlarning va eruvchi tuzlarning 
mavjudligiga, shuningdek, aralashgan jinslarning xarakteriga bog‘liq.
Mis-porfirli rudalarini boyitishning asosiy usuli flotatsiya hisoblanadi. Bu 
usulning muvafaqqiyatli qo‘llanishini ko‘pchilik mis minerallarining yaxshi 
flotatsiyalanishi bilan bog‘liq 
Hozirgacha ochilgan misli rudalar konlari endogen, yoki ekzogen konlar turiga 
kiradi. Ularning orasida magmatik, metasomatik va gidrotermalga bo‘linuvchi 
endogen konlar ko‘proq uchraydi [1-12]. Ularning orasida gidrotermal konlar 
ko‘proq ahamiyatga ega. Texnologik tadqiqotlarning maqsadi mis va temir sulfidli 
minerallarni birlamchi mis porfir rudasidan mis qoldiqlarini olish uchun kollektiv 
konsentratga ajratish imkoniyatlarini aniqlash. Texnologik namuna sifatida

Sari-
choqqi

konidan olingan birlamchi mis-porfirli ma’danlarning namunasi ishlatildi. 
Taqdim etilgan mahsulot bosqichma-bosqich maydalash, saralash, aralashtirish, 
shundan so‘ng, rudaning moddiy tarkibini o‘rganish va texnologik tadqiqotlar 
o‘tkazish uchun namunalarga ajratildi.
Dastlabki namunani va boyitish mahsulotlarini o‘rganish optik mikroskop 
yordamida mineralogik tahlillar yordamida amalga oshirildi. Rudani yanchish 
"MSHR" tegirmonida quyidagi sharoitarda nam usulda amalga oshirildi: namunaning 
og‘irligi - 125 g, sharning yuki - 465 g (har biri 31 g), suv - 100 ml; nisbati Q: S: SH 
= 1: 3.7: 0.8; aylanishlar soni - 180 aylanish/min. Yanchish vaqti 5 - 20 min 
oralig‘ida o‘zgargan. Elak-analizator yordamida tegirmonda yanchilgan mahsulot 
tortildi. Flotatsiya tajribalari o`tkazishda flotomashinalardan FM- 0,5 va 0,25 lit. 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə