Umumiy geologiya



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#151698
  1   2   3   4   5   6
metamorfik tog jinslarining hosil bo 035706


METAMORFIK JARAYONLAR
Tayyorladi:Shokirov Muhammadyusuf

Metamorfik jinslarning hosil bo‘lish sharoitlari
Metamorfik jinslarning xossalari (strukturasi, teksturasi, alohidaligi)
Metamofik jinslarning turlari
Reja:
Metamorfik jinslarning hosil bo‘lish sharoitlari
Yer po‘stida joylashgan tog‘ jinslari vaqt o‘tishi bilan o‘zining kimyoviy tarkibini o‘zgartirmasdan turib struktura va boshqa xossalarini keskin o‘zgartirishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning sababi uzoq vaqt davomida yuqori bosim va harorat hamda minerallashgan suvlar ta’siridir. Metamorfizmga magmatik jinslar ham, cho‘kindi jinslar ham uchrashi mumkin. Metamorfizmning yaqqol misoli - yaxlit magmatik jinslarning peridotitga, o‘zining tarkibida ingichka tolali mineral – asbestga ega bo‘lgan qatlamli jinslarning serpentinitga aylanishini ko‘rsatish mumkin.
Metamorfizm deganda termodinamik sharoitlarning (birinchi navbatda harorat va bosim) kuchli o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi turli endogen geologik jarayonlar ta’sirida tog‘ jinslarining o‘zgarishi va qayta o‘zgarishi tushuniladi. Metamorfizmga barcha genezisdagi - cho‘kindi, magmatik va metamorfik tog‘ jinslari uchrashi mumkin. Birlamchi tog‘ jinslarining o‘zgarish darajasi (metamorfizm darajasi) turlicha – jinslarning tarkibi va ko‘rinishi uncha sezilarli bo‘lmagan holdan to‘liq o‘zgarishigacha etadi.,
Metamorfik tog‘ jinslari yer yuzasida ham, yer po‘stining chuqurligida ham keng tarqalgan. Ular qadimiy tokembriy qalqonlari maydonlarida, o‘zgacha yoshdagi burmali viloyatlarda hamda platformali mintaqalar fundamentining tuzilishida ishtirok etuvchi magmatik jinslarning hosilalari sifatida rivojlangan.
Metamorfik jinslar tarkibi va strukturasi bo‘yicha juda ham turli-tuman bo‘lib, ularda bir qator qimmatli foydali qazilmalar: oltin, uran, molibden, volfram, temir, qimmatbaho va texnik toshlar, keramik xom ashyolar uchraydi. Turli gneyslar, marmarlar, slanetslar ajoyib qurilish va bezak materiallari hisoblanadi.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə