Umumiy geologiya



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#151698
1   2   3   4   5   6
metamorfik tog jinslarining hosil bo 035706

Metamorfizm sabablari deganda dastlabki jinslarning o‘zgarishiga olib keluvchi sabablar tushuniladi. Ularning orasida harorat, bosim va tog‘ jinslari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadigan kimyoviy faol birikmalar (eritmalar, flyuidlar) asosiy o‘rinda turadi, ular asosan yer po‘stining 10 km dan 30 km gacha bo‘lgan chuqurliklarida sodir bo‘ladi.
Bosim tog‘ jinslarining chuqurliklarga cho‘kishi bilan bog‘liq bo‘lib, chuqurlikdagi jinslar turli tomondan, shu jumladan ustida yotuvchi jinslar ta’sirida bosimga uchraydi. Umumiy holda bosim chuqurlik sari oshib boradi. Harorat - mineral hosil bo‘lish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi va paydo bo‘ladigan minerallar majmuasini belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Yer po‘stining turli xududlarida harorat 20 dan 60 darajagacha, o‘rtacha bir kilometr chuqurlikda 300 С ga oshadi. Metamorfizm jarayonlari 250°С gacha harorat oralig‘ida sodir bo‘ladi.
Aynan shu chegarada kimyoviy reaksiyalar tezligining keskin o‘zgarishi sababli diagenez va metamorfizm orasidagi chegara o‘tkaziladi.
Shunday qilib, 15 km chukurlikda xarorat 4500 С ni tashkil qiladi, bu esa yer yuzasining haroratidan (o‘rtacha 10°С da 20°С gacha) ancha yuqoridir (6.1- rasm). 15 km chuqurlikdagi bosim cho‘kindi jinslar g‘ovakligi va zichligiga bog‘liq bo‘lib yuzasidagi bosimdan o‘rtacha 4000 marta oshadi.
Metamorfizm jarayoni.(Understanding Earth., J. Grotzinger, va b.)
Metamorfik jinslarining harorat va bosim ta’sirida o’zgarishi. (Understanding Earth., J. Grotzinger, va b.)
Yuzaga yaqin va kam chuqurliklarda bir tomonlama bosim tartibsiz tekstura shakllanishiga olib kelishi mumkin (6.2- rasm). Bunda tektonik buzilish zonalaridagi tog‘ jinslarining burdalanishiga olib keladi. Yuqori bosim uzoq vaqt davomida ta’sir ko‘rsatishida tog‘ jinslarining maydalanishi tufayli unga va talqonga aylanishi ham mumkin.
Metamorfizm omillari. Tog‘ jinslari metamorfizmining bosh sabablari bo‘lib harorat, bosim va kimyoviy faol moddalar – eritmalar va uchuvchi birikmalar hisoblanadi.
Metamorfizm jarayonlari 250° - 300° dan 800°С gacha harorat oralig‘ida sodir bo‘ladi. Haroratning 10°C ga oshishi kimyoviy reaksiya tezligini ikki marta, 100°С oshishi esa taxminan 1000 martagacha oshiradi (6.2-rasm).
Haroratning oshishi chuqurlik flyuidlarining chiqib kelishi, ichki issiqlik oqimining mahalliy oshishi va ba’zi boshqa sabablar orqali sodir bo‘ladi.
Bosim dislokatsiya xarakteridagi faol tektonik harakatlarda yuzaga keladi. Bosim tog‘ jinslarining deformatsiyasini, ulardagi fazoviy mo‘ljallanish qonuniyatlarini keltirib chiqaradi. Masalan, plastinkali minerallar ulanish tekisliklari bo‘yicha bosim yo‘nalishiga perpendikulyar joylashgan bo‘ladi, shu tufayli tog‘ jinslarida slanetsli teksturalar shakllanadi.
Kimyoviy faol moddalar (suv, karbonat angidrit, vodorod, xlor, oltingugurt birikmalari) yangi minerallarning hosil bo‘lishida qatnashadi, kristallar orasidagi kimyoviy reaksiyalarning oson kechishida katalizatorlar hisoblanadi, ularning strukturasiga kiradi va eski mineral majmualarining yangilari bilan o‘rin almashinishini ta’minlaydi.
Bulardan tashqari vaqt omilini ham ko‘zda tutish darkor, toki bu jarayonlar juda uzoq davom etadi va geologik vaqt miqyosida amalga oshadi.
Essentials of Geology - Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 178-181.
Metamorfik jinslarning tasnifi metamorfizm turlari va bosqichlariga asoslangan (6.1-jadval).
Metamorfik jinslar uchun kvars, dala shpatlari, slyudalar, piroksenlar, amfibollar va olivin guruhidagi minerallar bilan bir qatorda andaluzit, kianit, sillimanit, granatlar, kordierit, stavrolit, vollastonit, vezuvian, epidot, xlorit, talk, serpentin va grafit xarakterlidir 6.1-jadval).

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə