Umumiy geologiya



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#151698
1   2   3   4   5   6
metamorfik tog jinslarining hosil bo 035706

Kristalli slanetslar metamorfizmning o‘rta va yuqori bosqichlarida (amfibolitli va granulitli fatsiyalar) hosil bo‘ladi, slanetsli va gneysli teksturaga, mayda va o‘rta donali strukturaga ega bo‘ladi. Ularning tarkibiga plagioklaz, rogovaya obmanka, biotit, piroksenlar, granatlar, epidot va boshqa minerallar kiradi. Kvars va kaliyli dala shpatlari odatda uchramaydi.
Gneyslar metamorfizmning o‘rta va yuqori bosqichlarida vujudga keladi, mineral tarkibi bo‘yicha granitlarga yaqin, ya’ni dala shpatlari va kvarsga boy bo‘ladi. Rangli minerallardan slyudalar, rogovaya obmanka, piroksenlar, granatlar, disten, sillimanit va ba’zi boshqa minerallar uchrashi mumkin. Ular gneysli teksturaga, mayda yoki o‘rta donali strukturaga ega bo‘ladi (6.5-rasm).
Birlamchi jinslarning tabiatiga bog‘liq xolda para va ortog­neyslar ajratiladi. Cho‘kiindi jinslar metamorfizmida paragneyslar, magmatik jinslardan esa ortogneyslar vujudga keladi.
6.5-rasm.Metamorfizm jarayoni
Amfibolitlar melanokratli, kristall donali jinslar bo‘lib, massiv yoki tartibsiz teksturali, asosan rogovaya obmankadan, kamroq plagioklazdan tarkib topgan. Piroksenlar va granatlar ham uchrashi mumkin.
Marmarlar 50% dan kam bo‘lmagan karbonatlarga ega metamorfik jinslardir. Tarkibi bo‘yicha ular kalsitli, kalsit-dolomitli va dolomitli turlarga bo‘linadi. Tog‘ jinsida silikatlar (yoki kvars) miqdori 5 dan 50% gacha bo‘lganda silikatli marmarlar yoki kal’sifirlar deyiladi.
Kvarsitlar asosan kvarsdan tarkib topgan metamorfik jinslar hisoblanadi. Tarkibida dala shpatlari, biotit, temirli birikmalarning mavjudligi bo‘yicha ularning kvarsitlar, kvarsit-slanetslar kabi turlari ajratiladi (6.5-rasm).
Amaliy ahamiyati. Kvarsitlar juda mo‘rtligi bilan farq qiladi va qiyin qayta ishlanadi; yuqori issiqbardosh, kislota va ishqorbardoshligi tufayli asosan dinas ishlab chiqarishda va abraziv material sifatida ishlatiladi. Kvarsitlarning chiroyli turlari ajoyib dekorativ va sayqal toshlari hisoblanadi.
Slanetslar issiqbardosh, izolyasion materiallar, bezak buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Amfibolitlarning qora rangli turlari taqinchoq va sayqal toshlari hisoblanadi. Plitalar tayyorlash uchun foydalaniladi. Marmarlar qurilish materiali sifatida qo‘llaniladi

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə