Umumiy geologiya


Metamorfik jinslarning tasnifi



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#151698
1   2   3   4   5   6
metamorfik tog jinslarining hosil bo 035706

Metamorfik jinslarning tasnifi.
Metamorfik jinslarning xossalari
Metamorfik jinslarning magmatik va cho‘kindi jinslardan asosiy farqi ularning mineral tarkibida hamda strukturaviy va teksturaviy xususiyatlaridadir.
Metamorfik jinslar faqat yuqori harorat va bosim sharoitlarida barqaror bo‘lgan minerallardan tarkib topgan bo‘ladi. Ularga magmatik jinslarning ko‘pchilik minerallari: kvars, albit va boshqa plagioklazlar, kaliyli dala shpatlari (mikroklin), slyudalar (muskovit va biotit), rogovaya obmanka, piroksen (avgit), magnetit, gematit hamda cho‘kindi jinslarning xarakterli minerallari (kalsit) kiradi. Bundan tashqari, metamorfik jinslarda faqat ulargagina xos bo‘lgan minerallar: serpentin, granat, grafit va b. bo‘ladi.
Metamorfik jinslarning strukturasi. Umuman metamorfik jinslar uchun slanetsli va kristalli struktura xarakterli. Slanetsli strukturada metamorfik jinslar aniq ifodalangan varaqsimon ajralishga (slanetslar, gneyslar) ega. Kristalli strukturada esa - kristalli tuzilishli (marmar, kvarsit va b.) bo‘lib, ayniqsa donalarning varaqli, tangachali, ignasimon va tabletkasimon shakllari xarakterli, ba’zi hollarda ular kristall-donalidir.
Metamorfik jinslarning teksturasi eng muhim aniqlovchi belgilari bo‘lib sanaladi. Donalarning o‘zaro joylashuvi va turiga ko‘ra yaxlit, slanetsli, linzasimon, gneysli, yo‘l-yo‘lli, tolali va tartibsiz teksturalar ajratiladi.
Metamofik jinslarning turlari
Metamorfik jinslarning turlari.
Mintaqaviy metamorfizm jinslari. Mintaqaviy metamorfizm-ning eng keng tarqalgan jinslari bo‘lib, yashil slanetslar, kristalli slanetslar, gneyslar, amfibolitlar, marmarlar, kvarsitlar sanaladi. Ular odatda faol deformatsiyalangan, murakkab burmalangan qatlamlar, linzalar va qatlamalar shaklida yotadi (6.4-rasm).
Yashil slanetslar metamorfizmning eng past darajasi hisoblanib, xlorit, albit, aktinolit, epidot, kvars, seritsit singari past haroratli minerallar majmuasi bilan xarakterlanadi. U yoki bu minerallarning ustuvorligi bo‘yicha xloritli, epidot-aktinolitli, seritsit-xloritli va boshqa turlari ajratiladi.
Bunday jinslarning teksturasi slanetsli, strukturasi mayda donali bo‘ladi; odatda reliktli strukturalari saqlanib qoladi. Harorat yuqoriroq bo‘lganda slyudali, sillimanit-muskovitli va stavrolit-sillimanitli slanetslar shakllanadi.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə