Mavzu: Minerallar Kirish Reja: Sfen Epidot Kobaltin Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#115210
  1   2   3   4   5
Minerallar


Mavzu: Minerallar
Kirish
Reja:

  1. Sfen

  2. Epidot

  3. Kobaltin

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mineral kristall panjarasinit ayrim strukturaviy elementlari (qatlam, paket, zanjirchalar va h.k.) shu ele-mentlar ichida strukturasi toʻliq saqlangani holda bir-biriga nisbatan bir oz siljigan boʻlishi mumkin. Natijada Mineralning politip modifikatsiyalari vujudga keladi. Politiplar katlami Minerallar (mas, slyuda, grafit, molibdenit, gilli Minerallar)da koʻp uchraydi. Agar polimorfizm hodisasi temperatura va bosimning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlsa, Mineral politipiyasi esa ehtimol kristallarning oʻsishi sharoiti bilan bogʻliq. Minerallarning strukturaviy nuqsonlari, politipi va boshqa chetlanishlarini ideal strukturaga nisbatan qiyosiy oʻrganish Minerallarning paydo boʻlishidagi termodinamik sharoitni aniqlashga imkon beradi.
Minerallarning kimyoviy tarkibi, formulasi va tasnifi. Minerallar strukturasida kimyoviy elementlarning ahamiyati turlicha: baʼzilari yetakchi boʻlib, Minerallarning aosiy tarkibini belgilaydi; boshqalari xususiyatlari va atom (ion) tuzilishlari bilan asosiylariga yaqin boʻlib, Minerallarda izomorf (qarang Izomorfizm) aralashma (mas, seriy, indiy, kadmiy, galliy, selen, talliy, reniy, rubidiy, koʻpgina kamyob-yer elementlari) holida uchraydi.
Mineral tarkibining murakkabligi va yetarlicha barkaror emasligi izomorfizm hodisasi, submikroskopik kiritmalar, shuningdek, sorbsiya hodisasiga ham bogʻliq. Mineralda submikroskopik kiritmalar quyidagi qollarda roʻy berishi mumkin: eritma, qorishma va boshqa muhitning kristallanish jarayonida dispers aralashmalarni ushlab qolish natijasida (mas, kvarsdagi gazsuyuqlik kiritmalari, dala shpatidagi gematit kiritmalari); temperatura sharoitlarining oʻzgarishi natijasida qattiq qorishmalarning parchalanishi (dala shpatlarida pertitlarning hosil boʻlishi, murakkab sulfid va murakkab oksidlarning parchalanishi)dan; metamikt oʻzgarishda; bir Mineral oʻrniga boshqasi joylashgan hollarda yoki ikkilamchi oʻzgarishlar natijasida. Koʻpgina Minerallar (mas, magnetit) tarkibida doim turli qoʻshimchalar zarralari boʻladi.
Tabiatda tarqalgan jami Minerallarning chorak qismini silikatlar sinfi, 12% ini oksid va gidrokiyedlar, 13% ini sulfid va uning analoglari, 18% chasini fosfatlar, arsenat (vanadat)lar, 32%ini boshqa kimyoviy birikmalar tashkil etadi. Yer poʻstining 92% silikat, oksid va gidroksidlardan tarkib topgan. Kimyoviy birikmalari tipiga koʻra, Mineral oddiy (tugʻma elementlar) va murakkab tarkibli (binarli va boshqalar)ga boʻlinadi.
Minerallarning hozirgi qoʻllaniladigan tasnifiga kimyoviy birikmalar va kristall panjarasi tiplaridagi farqlar asos qilib olingan. Muayyan struktura tipiga mansub Mineralning tarkibi, shuningdek, uning izomorfizmdagi qonuniyatli oʻzgarishlari unda ishtirok etgan atomlar (ionlar) tuzilishi va kristallokimyoviy tavsifi, ularning radiusi, koordinatsion sonlari va kimyoviy bogʻlanish tipi bilan belgilanadi. Mineral konstitutsiyasi (tarkibi va struk-turasi) kristallokimyoviy formulalarda ifodalanadi.



Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə