Mavzu: Minerallar Kirish Reja: Sfen Epidot Kobaltin Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə3/5
tarix02.06.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#115210
1   2   3   4   5
Minerallar

E pidot

Epidot (frans.— oʻsmagan) — orolli silikatlar kenja sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy tarkibi. Monoklin singoniyada kristallanadi. Prizmatik, ignasimon shaklda boʻlib, donador, nursimon agregatlar hosil qiladi. Rangi pushtisimonzangori, baʼzan malla va pushti. Kattiqligi 6—7; Mineral tarkibida temir va marganets salmogʻining oshishi bilan zichligi 3,3 dan 3,5 g/sm3gacha oshib boradi. Shishadek yaltiroq. Epitod . Ohakli skarnlar uchun xos mineral hamda Sa ga boy past va oʻrtacha metamorfik jinslarda uchraydi. Epitodnining hosil boʻlishi genetik jihatdan plagioklazlarning albitlanishi bilan bogʻliq. Sinonimi: alloxit, beustit, delfinit, orendalit, tallit, esherit va boshqalar bezak tosh sifatida ishlatiladi. Epitod. konlari juda koʻp mamlakatlarda boʻlib, shundan Janubiy Uraldagi Kusinsk konida uning kristallari 15 sm gacha yetadi. Oʻzbekistonda Epitod . koʻp tarqalgan: Turangli, Langar, Oqtosh, Qoʻytosh, Qoʻrgʻoshinkon, Chodak konlarida koʻplab uchraydi.

Kobaltin


Kobaltin, kobalt yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga oid mineral, kimyoviy formulasi: CoAsS (Co — 35,4%, As - 45,3%, S - 19,3%). Ni, Fe aralashmalari ham mavjud. Kub sistema da kristallanadi. Rangi oq, pushti donador agregat va kristallardan iborat. Metallsimon yaltiroq. Qattikligi 5,5; zichligi 6,2 g/sm3. Moʻrt. Elektrni yaxshi oʻtkazadi. Gidrotermal, kontakt-metasomatik konlar temir rudali skarnlar va gidrotermal tomirlarda uchraydi. Oksidlanish zonasida eritringa aylanadi. Kobaltin . kobalt olinadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. Oʻzbekistonda Chaqilkalon togʻlarida uchraydi, shuningdek, Oqtepa konida ham bor.

Tog’ jinslari Вazalt Porfirit Alevrolit


Reja:
Kirish

  1. Вazalt

  2. Porfirit

  3. Alevrolit

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Bazalt



Bazalt (lot. basaltes, yun. basanos — sinov toshi) — magmatik togʻ jinsi. Rangi boʻz va qoramtir. S.ogʻ. 2,5 — 3. Tarkibi asosan plagioklaz (labrador)dan iborat; shuningdek piroksenlar, olivin hamda magnetit, titanit, apatit va hokazo ham boʻladi. Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi boʻlgan gabbroga yaqin. Vulkan shishasi donador kristallar oraliqlarini toʻldirib turadi. Toʻla kristallangan Bazaltlar dolerit deyiladi. Bazalt.ning okean tubida paydo boʻlgan, temir va magniyga boy turi okeanit, tektonik yoriqlardan quruklikka oqib chiqib qotib qolgan turi esa platobazalt deyiladi. Bazalt. okean tubi va quruqlikda juda katta maydonni egallagan. Hozirgi vulkanlardan ham bazaltli lavalar oqib chiqadi. Tarkibida qaysi mineral borligiga qarab analsimli Balzalt., leysitli Balzalt.,., nefelinli Balzalt.,., magnetitli Balzalt.,., gayuinli Balzalt.,., apatitli Balzalt.,. va h.k. deb ataladi. Balzalt.,. kislotaga chidamli kimyoviy asboblar, quvurlar, elektroizolyatorlar yasashda, toshdan quyma buyumlar ishlab chiqarishda hamda qurilishda qoplama bezak materiallari sifatida ishlatiladi. Yaxshi silliqlanishi tufayli juda qadimdan haykaltaroshlikda Misr, Assuriya, Rim, Vizantiya, Armaniston va boshqa joylarda qoʻllanilib kelingan. Kamchatka, Zabaykalye, Armaniston, Ukrainada va Oʻzbekistonning Qurama, Turkiston, Tomdi togʻlari (paleozoy qatlamlari)da bor (yana q. Magmatik tog jinslari).


Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə