Umumiy geologiya


Ultrametamorfizm jinslari



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#151698
1   2   3   4   5   6
metamorfik tog jinslarining hosil bo 035706

Ultrametamorfizm jinslari. Ultrametamorfizmda asosan migmatitlar, granitlar va gneys-granitlar paydo bo‘ladi.
Migmatitlar tarkibi bo‘yicha birjinsli bo‘lmagan yo‘l-yo‘lli teksturali jinslardir. Ular melanokratli substratda leykokratli qatlamchalarning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Migmatitlar tarkibining asosini o‘rta va yuqori darajali metamorfizm jinslari - kristalli slanetslar, gneyslar, amfibolitlar tashkil etadi. Migmatitlarning leykokratli qismi odatda kvars-dala shpatili tarkibga ega bo‘lib, u aplitlarga va pegmatitlarga yaqin (6.5-rasm).
Gneys-granitlar - metamorfik jinslarning granitizatsiyasi jarayonida to‘liq o‘zgargan granit tarkibli va gneysli teksturaga ega jinslardir.
Amaliy ahamiyati. Amaliy ahamiyatga egamas.
Kontakt metamorfizmi jinslari. Ular rogoviklar va skarnlardan tarkib topgan. Mineral tarkibi piroksenlar, plagioklazlar, granatlardan iborat. Past haroratli turlari epidot, aktinolit, karbonatlar va ma’danli minerallardan tarkib topgan bo‘ladi.
Kelib chiqishi. Rogoviklar yondosh alyumosilikatli jinslarga, skarnlar esa yondosh karbonatli jinslarga nordon magmaning yorib kirishi tufayli kontakt metamorfizmi zonasida modda almashuvi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda issiq magmatogen eritmalar qatnashadi.
Silikatlar va alyumosilikatlardan (piroksenlar va granatlar) tarkib topgan ohakli va magniyli minerallardan (forsterit, diopsid, shpinel, flogopit) iborat magnezial skarnlar ajratiladi. Ohakli skarnlar aksariyat hollarda past va o‘rta chuqurlik (10-12 km gacha) sharoitlarida postmagmatik bosqichda vujudga keladi. Magnezial skarnlar yorib kiruvchi magma bilan dolomitlar orasida kechadigan reaksiya jarayonlari ta’sirida yoki katta chuqurlik sharoitlarida (10-12 km dan ortiq) hosil bo‘ladi.
Amaliy ahamiyati. Skarnlar muhim amaliy ahamiyatga ega. Ular bilan mis, temir (magnetit), molibden (molibdenit), volfram (sheelit), qalayning (kassiterit) foydali qazilma konlari bog‘liq. Shu tufayli sanoat ahamiyatiga ega konlarning alohida skarnli turi ajratiladi.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə