O‘simliklar evolyusiyasi va tirik tabiatning tarixiy jarayonda paydo bo‘lishi



Yüklə 4,51 Mb.
səhifə2/8
tarix23.09.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#123099
1   2   3   4   5   6   7   8
3 mustaqil

1. Shamollatish usullari
Umumiy shamollatish. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan bar xil zararli moddalarni shamol yo'nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo'lmasa yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo'lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo'llash imkoniyati yo'qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko'p ajralib chiqayotgan .zonaga o'rnatish kerak.
Ishlab chiqarish zonalarida yig'ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va fonarlar, shuningdek, havo almashtirish maqsadida o'rnatilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin. Sof havoni esa yuqorida ko'rsatib o'tilgan vositalarning biri yordamida amalga oshirish mumkin. Qanday yo'l bilan xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig’ilgan havoni chiqarib yuborish1 usullari, zararli moddaning xona bo'ylab tarqalish xususiyatiga bog’liq bo'ladi. Masalan, agar sexda ko'plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan mashina va mexanizmlar o'rnatilgan bo'lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan shamollatish usullari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli faktorlarga ega bo'lgan jihozlarni sex bo'ylab joyiashtirish ham katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to'g’i joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo'lsa, shamollatish vositalarini o'rnatish ham shunchalik osonlashadi.
Shamollatish vositalarini o'rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy kamxarj bo'lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur.
Issiqlik ajralib chiqadigan xonalarda havo almashtirishni ta'minlash. Sanoat korxonalari xonalarida ajralib chiqadigan zararli omil faqat issiqlik bo'lsa, unda hisoblab almashtiriladigan havo miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
G1= Qort
0.24(t x to
bu yerda, G- cliiqarilib tashlanishi kerak bo'lgan havo miqdori, kg s; Qort- ortiqcha issiqlik miqdori.
Ortiqcha issiqlik miqdori, xonada ajralayotgan issiqlik miqdori orasidagi ayirmadan iborat bo'ladi. Bunda issiqlik balansini o'rtacha issiq, sovuq va issiq davrga ayrim-ayrim hisoblash tavsiya qilinadi.
Issiq sharoit uchun issiqlik balansini quyidagicha yozish mumkin:
tT > 10°C, Qort = S Q '+ Qrad - (Q1 + Q2 + Q3 +Q4)
O'rtacha va sovuq davr uchun:
tT > 10°C, CW = 2 Q ~ (Q1+>Q2 + Q3 + Q4 + Q5 +Q6)
bunda, Q — xonadagi hamma issqlik manbalaridan ajralayotgan issiqlik miqdori, kkal soat; Qrad- quyosh nuri ta'sirida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori, kkal soat;
Q1 — xonaga kiritilgan materiallarning isishi uchun sarflanadigan issiqliki, kkal soat;
Q2- sovuq yuzalar bilan yutiladigaix issiqlik'miqdori, kkal soat;
Q3 — joylardagi shamollatish vositalari orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori, kkal soat;
Q4 — devorlar orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori, kkal soat; xonaga tirqishlardan kirgan havoni isitishga sarflanadigan issiqlik, kkal soat.
Yuqorida keltirilgan formulada th — chiqarib yuborilayotgan havoning temperaturasi hisobga, olingan. Uni belgilash uchun issiqlik ajralayotgan jihozlarning sathini xonaning balandligi va o'rnatilgan jihozlarning zichligini hisobga olish kerak bo'ladi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə