Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Fanning ahamiyati. 
O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani yoshlarga 
xalqimizning o‘tmishini aks ettiruvchi qadimgi va bugungi arxivlar tarixi haqida 
bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi. Ushbu fan yoshlarni moddiy va ma’naviy 
merosni asrab-avaylaydigan vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro yetib 
tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti ta’kidlab 
o‘tganidek “Ma’naviyatni tiklash, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam 
sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. 
Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, 
bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix 
saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi ( Karimov I.A. 
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: “Sharq”, 1998. – B. 8-9). 
O‘zbekistonning arxiv ishi tarixifani orqali arxivlarning davlat va jamiyat 
ravnaqidagi qadrini talabalarga tushuntirish, ularni arxiv hujjatlarini chuqur 
tushunishi, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish va jamoatchilikni arxiv ishi 
tarixi, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashishdan iborat. 
Shuningdek, jamiyatning ma’naviy manzarasini arxiv hujjatlaridagi manbalar 
bo‘yicha boyitish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tarixiy xotiramizni aks ettiruvchi 
arxivlarni mablag‘ va qiymat keltiruvchi hodisaga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun amaliy ko‘rsatmalar beradi. 
Fanning ob’ekti va pretmeti. 
O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fani tadqiqot 
ob’ektiga yurtimizdan topilgan yog‘och, suyak, teri, xum sirtiga va qog‘ozga 
yozilgan ilk arxiv hujjatlari, o‘rta asr kutubxona-arxivlar haqida ma’lumot beruvchi 
manbalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini tashkil 
etuvchi arxiv hujjatlari, ilmiy-texnikaviy, tibbiyot va kino, surat, ovozli hujjatlar, 
mikrofilm va boshqa manbalar kiradi. 
O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani davlat taraqqiyoti va inqirozining faqat bir 
tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda 
bir butunlikda arxiv hujjatlari asosida o‘rganadi. U O‘zbekistonning o‘tmishidagi va 
hozirgi hududida eng qadimgi davrdan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat 
hayoti, tabiyat va jamiyat taraqqiyoti hamda tanazzulini tahlil qiladi. Uning 


10 
o‘rganish pretmetiga esa, manashu makondagi jamiki xilma-xil voqea hodisalar
ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi hamda
jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə