Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”


KIRISH Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Oʻzbek tili kambagʻal emas, balki oʻzbek tilini kambagʻal deguvchilarning oʻzi kambagʻal. Ular oʻz nodonliklarini oʻzbek tiliga toʻnkamasinlar”.
Abdulla Qodiriy
Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’ana va qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda oʻzbek tilining shon-shuhrati, obroʻyi yildan yilga oshib bormoqda. Fan, madaniyat va san’at sohasida Oʻzbekiston yoshlarining sa’y-harakatlari, qilgan xizmatlari beqiyosdir. Yurt kelajagi boʻlgan yosh avlod oʻz mehnatlari orqali ona tilimizning rivojlanishiga, uning jozibadorligini namoyish etishga, ochilmagan qirralarini kashf etishga sababchi boʻlishlari zamon talabi hisoblanadi.
Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgust sanasida mustaqil boʻldi. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi qariyb 2 yil avval, 1989-yil 21-oktabrda yuz bergan. Ushbu tarixiy voqea xalqimiz hayotida muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyildi. Shu tufayli oʻzbek tili davlat gerbi, bayrogʻi, madhiyasi kabi qonun bilan himoya qilinadigan davlat ramzlari qatoriga kirdi. Bu ishlar, albatta, hurmat va ehtiromga sazovordir.
Mustaqillik yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylandi, xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan, butun jamiyat hamda davlat organlari ish yuritadigan faol ijtimoiy hodisaga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. [1]
Davlat tili haqidagi qonun ona tilimizning boy oʻtmishi, goʻzalligi hamda jozibasini namoyon etish va shu bilan birgalikda uni ilmiy asosda rivojlantirishda asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, har qanday tilni saqlab qolish va rivojlantirish uchun, avvalo, ushbu tildan ta’lim tizimida keng foydalanish, jamiyatning oʻzaro muloqot tiliga aylanishini ta’minlab berish ustuvor vazifa sanaladi. Til millatning ma’naviy boyligi ekanligini qayd eta oʻlaroq, aytamizki, u xalqning madaniyati, an’ana va qadriyatlari, tarixini oʻzida aks ettirgan hodisotdir.
Hozirgi kunda tabiiy tillar jarayonini qayta ishlash (NLP - Natural language processing) ilmiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda muhim hisoblanadi. Bu soha jadallik bilan rivojlanmoqda. NLP - sanoat sohasi, biznes ma’lumotlarni tahlil qilish, web dasturlarni ishlab chiqish, korpus tilshunosligi, informatika va sun’iy intellekt orqali hisoblash kabi sohalarni ham qamrab olgan. [2] Internet axborot tarmogʻida mavjud ma’lumotlarning asosiy qismini matnli ma’lumotlar tashkil qiladi. Shuning uchun matnli ma’lumotlarni tahlil qilish orqali kerakli axborotlarni olish, oʻzbek tilidagi matnlarni morfologik va sintaktik tahlil qilish masalalari dolzarb hisoblanadi. [3]
Umuman olganda, koʻpchilik zamonaviy til korpuslarida “teglash” tushunchasi qaysidir ma’noda oʻzining dolzarbligini yoʻqotgan. Chunki bunday tillarda korpuslar allaqachon izohlab, teglab boʻlingan.
Yuqoridagi masalaga oʻzbek tili nuqtayi nazaridan qaraydigan boʻlsak, ijobiy fikr bildira olmaymiz. Sababi hozirgi kunga qadar oʻzbek tilining teglangan korpusini yaratish va rivojlantirish ustida tegishli ishlar qilinmagan va muayyan korpus tuzilmagan. Sof oʻzbek tilini ifodalay oladigan teglangan korpusning yoʻqligi koʻplab tadqiqot ishlarini sekinlashtirad. Bizningcha, oʻzbek tilining ochiq teglangan korpusini qurish hamda uni oʻzbek tilining grammatik qoidalari asosida izohlab chiqish katta ahamiyatga ega boʻladi hamda bu oʻzbek tilini oʻrganish va rivojlantirishda foydali vosita boʻladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə