Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

3-topshiriq. a) xodim (talaba)ning ish (o‘qish)ga munosabatini ifodalovchi 
quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini o‘z misollaringiz bilan to‘ldirib, 
daftaringizga ko‘chiring. 
Vijdonli, mehnatsevar, tashabbuskor, ishni o‘z vaqtida bajaradigan, ongli, 
dunyoqarashi keng, siyosiy yetuk, o‘zi va o‘rtoqlariga talabchan, o‘z ishini 
yaxshi biladigan, intizomli, hozirjavob, mas’uliyatli ... . 
b) ushbu so‘z va qoliplashgan so‘z birikmalaridan foydalanib guruhdoshingiz 
(o‘qituvchingiz)ning o‘z ishiga munosabatini yorituvchi tavsifnoma matnini 
tayyorlang. 
 
T A V S I Y A N O M A 
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish 
uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat tavsiyanoma deyiladi.
U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan b
е
rilishi mumkin. 
Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari – 
mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho 
b
е
riladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib 
ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi.
Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu 
sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Ular 
orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy 
xususiyatlari qayd qiinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari 
ko‘rsatilishi bilan birga, k
е
yinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani 
bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi. 


 33 
Topshiriqlar: 
1-topshiriq. Zarur so‘z va birikmalarni qo‘shib, gaplarni to‘ldiring. Fe’l 
shakllarining qo‘llanishiga e’tibor bering. 
1. Men Ilhom Shokirov... 2007-yildan ... taniy... . 2. Shu fakultet ... „Kasb 
ta’limi“ yo‘nalishi... birga o‘qiy... . 3. I. Shokirov intizomli, …, talaba 
... 
tanilgan. 4. Fakultetimizning jamoat ishlari... faol qatnash... . 5. U sport ... 
muntazam shug‘ullana... , shu yilgi respublika festivalida stol tennisi ... faxrli 
uchinchi o‘rin... egal... . 6. U ingliz til … … biladi, erkin so‘z... ola... . 7. “Kasb 
ta’limi” kafedrasi… ilmiy ish… jalb etilgan. 8. Shun... ko‘ra, men Ilhom 
Shokirovni Beruniy nom... stipendiyani olish ... tanlovda qatnashish... tavsiya 
eta.... 
Guruh murabbiyi: 
imzo
K.Sobirov. 
2-topshiriq. O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini ko‘rsata olgan 
guruhdoshingizni biror mukofot bilan taqdirlanishi uchun tavsiyanoma yozing. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə