O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə133/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi
Tarjima zamonaviy dunyo uchun bag‘oyat muhim masala. Chun-
ki tarjima – muloqotning eng ta’sirchan va uzoq yashovchan shak-
llaridan biri, u nafaqat bir insonning o‘zga bir inson bilan, balki bu-
tun boshli bir millatning boshqa bir millat bilan diydor ko‘rishuvidir.
Bugungi axborot asrida, har tomonlama integratsiyalashuv
tig‘izlashgan, tezlashgan zamonda madaniyatlararo muloqotsiz old-
inga xotirjam bir odim ham qo‘yib bo‘lmasligini tobora chuqurroq
tushunib borilayotgani – haqiqat. Jahon adabiyoti ham tarjima bilan
tirik. Faqat har qanday tarjima emas, balki millat ko‘nglining, millat
botiniy qiyofasining tarjimasigina o‘zini oqlaydi. “Har bir odamning
yuragida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi”, degan edi A. Frey-
tag. Millat guli hisoblanmish ijodkor ziyolilar faoliyatida esa (ya’ni
ijodlarida) bu qiyofa o‘zining butun qirralari bilan, ayniqsa, to‘liqroq
namoyon bo‘ladi. Bu qiyofa, avvalombor, millatning o‘zgarmas,
barqaror tabiatini, har bir xalqning o‘zigagina xos o‘zak xususiyatla-
rini o‘zida mujassam etadi. Tarjima orqali mana shu o‘zlikni tanitish
kerak bo‘ladi. Bunday tanishuv esa o‘zga tillarga tarjimasiz, xorijiy
tillarni mukammal bilishsiz mumkin emas. Zero, “Til robitai vosi-
tai olamiyondir”. Mana, nima uchun tarjima bugun hayotu mamot
masalasiga aylanib borayapti ekan. Aksi taqdirda, o‘z javharidan,
turlanmaydigan asos-mohiyatidan mahrum bo‘lgan millat qiyofasiz
bir holga tushib, globalizmning ayovsiz girdobiga tortiladi-da, o‘z
ildizidan, bora-bora esa o‘zligidan ham ayrilib, o‘zi bor-u, nomi va
shoni yo‘q odamlar to‘dasiga aylanadi. Bunday qismatni hech bir
xalq aslo o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Demak, jahonga so‘z bilan o‘zlikni
namoyon qilishning birdan bir yo‘li – baland saviyali, asliyatga
muqobil badiiy tarjima yo‘lidir.
Biroq tarjimada ham tarjima bor. Tarjima bor – asliyatning
“panjasiga panja uradi”, tarjima bor – asliyat mohiyatini to‘la yet-
kazib berolmaydi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, dunyoda har bir

335
katta ijodkorning o‘z tarjimoni bo‘ladi. Ana o‘sha tarjimon paydo


bo‘lmaguncha ijodkor o‘zga millat uchun noma’lumligicha qolav-
eradi. Hatto uning yuzlab tarjimonlari bo‘lib, har yili bittadan kitobi
o‘nlab tillarga tarjima qilinsa ham, foydasi kam bo‘ladi. Aksincha,
nomarg‘ub tarjima ijodkor haqidagi tasavvurni buzib, o‘quvchining
nazaridan tushiradi. Demak, munosib tarjimoni paydo bo‘lmaguncha
ijodkor “hech kim”. Uning faqat nomigina davralarda-yu kitoblarda-
gi sanoqlarda aylanishi mumkin. Lekin hech qachon tarjima etilgan
millat vakillarining yuraklariga kirib, onglarida e’zoz topmaydi.
Shu ma’noda rassom yoki bastakorga havas qilish mumkin. Chunki
ularning biri rang, boshqasi esa ohang tilida ijod qilishadi. Rang
va ohang tili esa universal tillar hisoblanib, hamma davrlarda va
barcha ellar uchun tushunarli bo‘lib qolaveradi. Ya’ni bu “til”lar
tarjimaga ehtiyoj sezmaydi. Bu “til”lar tarjima hodisasidan ustun
hodisalardir. (Harakat san’ati – ayrim dramatik asarlar ham shun-
day. Ya’ni, masalan, so‘zsiz, mimika asosiga qurilgan spektakllarni
oling). So‘z san’ati esa ayni shu yerda yuqoridagi san’atlar bilan
bellasha olmay qoladi. Ayni shu yerda adabiyotning hududiga
chegara uriladi. U tarjima bo‘lgandan so‘nggina “bojxona”dan
chet mamlakat hududiga o‘tishi mumkin. Biroq u endi kattaroq
boshqa bir dovonga duch keladiki, uning ismi o‘zga tilli, boshqa
tafakkurli o‘quvchidir. So‘z san’ati namunasi muvaffaqiyat bilan
tarjima etilgandagina o‘zga mamlakat o‘quvchisining yuraklariga
kirishi mumkin. Shu ma’noda, asliyatda hatto har tomonlama dur-
dona hisoblangan asar ham tarjimadagi o‘z muvaffaqiyatini yuzlab
yillar kutishi mumkin. Ungacha esa u “yopiqliq qozon”dek sirini
ichida yashirib turaveradi.
Tarjima og‘ir yumush. O‘zbek shoiri Erkin Vohidov yozadi:

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə