O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə67/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Majmua-2023 tarix

Birinchi omil: ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar davomiyligi saqlab qolingan.
Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shilyapti. Bulardan biri – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi – O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir.
Shunday qilib, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan:
birinchi ustuvor yo‘nalish – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi ustuvor yo‘nalish – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi ustuvor yo‘nalish – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi ustuvor yo‘nalish – umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
yettinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Ikkinchi omil: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilayotgani bejiz emas. Chunki, avvalo, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Taraqqiyot strategiyasida asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan.
Ikkinchi tomondan, unda qonun ustuvorligini taminlash, konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni rivojlantirish, shuningdek, global muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi muhim vazifalar qamrab olingan.
Eng asosiysi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə