O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə23/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
8-B

Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy-texnik rivojlanish, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini, shuningdek, ularning o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olib, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat ta’lim talablari, o‘quv dasturlari va darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash;
(9-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini va uni amalga oshirish mexanizmlarini yanada rivojlantirishni nazarda tutadigan takliflarni Vazirlikka kiritish;
davlat ta’lim standartlari hamda kasbga doir bilim va ko‘nikmalarga qo‘yilgan talablar asosida mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni va sifatini takomillashtirishga, xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlikka kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
b) o‘quv-tarbiya jarayoniga, xususan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish sohasida:
(9-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olgan holda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalanish orqali maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarni, o‘quv-metodik va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani, shuningdek, jahonning eng yaxshi ta’lim tashkilotlari yutuqlarini umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish;
(9-band “b” kichik bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ta’lim jarayonining yuqori darajasini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarga intilishni, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini va ijodiy mahoratni rivojlantirish;
v) milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar sifati va mazmunini yanada boyitish, o‘yin va o‘yinchoqlar sonini ko‘paytirish sohasida:
o‘quv dasturlari, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlash va nashr etish hamda ularni pedagogika amaliyotiga joriy etish jarayonini qo‘llab-quvvatlash;
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy o‘quv-metodik komplekslarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash;
milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va yoshlikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
darsliklar, o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishda metodik yordam ko‘rsatish;
bolalarni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini targ‘ib qilish maqsadida ularning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun o‘yinlar va o‘yinchoqlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
(9-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish sohasida:
(9-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘qitishning zamonaviy shakllarini, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik yordam ko‘rsatish;
(9-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga, bolalar va pedagoglar iste’dodlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar (konferensiyalar, forumlar, musobaqalar, ko‘rgazmali olimpiadalar, seminar-treninglar, tanlovlar) tashkil etish;
pedagoglarning o‘z sohasini bilishini rivojlantirish va oshirishda o‘qitishning interaktiv va zamonaviy usullarini, metodik materiallarni, metodik yordam ko‘rsatishning samarali shakllarini ishlab chiqish, sinab ko‘rish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xonalar, sport zallari va maydonlari, asbob-uskunalar va kompyuter texnikasini ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;
(9-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini (aralash, masofaviy, yakka tartibda o‘qitish, “ustoz-shogird” va boshqa shakllarini) joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish;
har xil metodik materiallar tayyorlash, pedagogik va ilmiy-metodik axborotni umumlashtirish va tarqatish, ilmiy-metodik jurnallar, gazetalar, metodik to‘plamlar va qo‘llanmalar nashr etish;
davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarni, darsliklar va o‘quv-metodik materiallarni o‘rganish hamda muhokama qilish, takliflar kiritish va Institutning ilmiy-metodik kengashida xulosalar qabul qilish;
d) o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish bo‘yicha rahbarlar va mutaxassislar ko‘nikmalarini takomillashtirish va ta’lim sifatini baholash sohasida:
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni va metodik faoliyat holatini o‘rganish, nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha rahbarlar va mutaxassislar uchun o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda nazorat qilishga doir metodik ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatini baholash materiallarini, natijalarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish;
(9-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
metodik materiallarni tayyorlash va davlat ta’lim standartlari talablarini o‘zlashtirish ustidan monitoring olib borishda ishtirok etish;
aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha metodik materiallarni ishlab chiqish, bolalar va pedagoglarning ta’lim ehtiyojlarini aniqlashda metodik yordam ko‘rsatish;
e) xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish;
konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish, shunga o‘xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha ta’lim sohasida milliy va xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda sheriklik faoliyatini yuritish.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə