O‘zbekiston respublikasi oliy va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə2/33
tarix20.04.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#106426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
ulbo\'sin opaniki

Xulosa va tavsiyalar…………………………………………………….49
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………51


Kirish
Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e’tibor qaratdi. Prezidentimiz rahnamoligida “Ta’lim toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ yaratildi. Uzluksiz ta’limning har bir bosqichi uchun alohida davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, ta’lim to’g’risida ilgari qabul qilingan qonunlarda shaxsning har tomonlama kamol topishi, bilimlarni egalishi, o’z faoliyatida o’rgangan bilimlaridan amaliy foydalana bilishiga, o’qitishning ilg’or texnologiyalari asosida talabalarning faolligiga erishish, ikki tomonlama hamkorlikni ta’minlash, mustaqillik va onglilik asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va bu boradagi muammolar xususida batafsil toʻxtalindi. «Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi» 1. Kadrlar tayyorlash tizimida shaxs bosh subyekt va obyekt, «ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi»2 deb ta’kidlanadi.
Respublikamizda barkamol avlod tarbiyasi, mustaqil fikrlovchi ijodkor yoshlar tarbiyasi ta’limning ustivor vazifalaridan biri boʻlib qoldi. Ijodiy tafakkur sohibi tarbiyasida, barcha fan asoslarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirishda matematika fani muhim oʻrin tutadi. Intellektual bilim, ijodiy kashfiyotlar matematikani mukammal egallash yordamida amalga oshiriladi.
Respublikamiz ta’lim tizimida so`nggi yigirma yil mobaynida yosh avlodni aqliy, jismoniy va kamolotga еtkazishda ko‘p islohotlar amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganidek «bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga xar bir davrning dolzarb muammolariga xar tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina, ma’naviyat olami yangi ma’no-mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik yaratalgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, manaviyatning shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir o`tkazadi»3.
Shu nuqtayi nazardan oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdan asosiy maqsad ularning ilmiy-texnikaviy hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali kasbiy-ijodiy tayyorgarlik darajasini oshirishdir. Bu esa o‘quvchilarning ijodiy shaxs sifatida shakllanishida xizmat qiluvchi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini takomillashtirishni, mavjud ta’lim texnologiyalarini qo‘llab, zamonaviy talablar asosida yangilarini tashkil etish va rivojlantirishni taqozo etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim isloxotlari va istiqbollari haqida ko`rsatmalar berar ekan, o‘qituvchining amalda, ya’ni ta’lim jarayonida “Mening aytganim -aytgan, deganim –degan” prinsipini juda o‘rinli tanqid qilib, majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi zarurligini ta’kidlagan edi. “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson mustaqil fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar mustaqil fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Mustaqil fikrlash xam katta boylikdir” 4. Ushbu durdona xikmat bugungi kunda va kelajak uchun oliy ta’lim jarayonida ham juda muhimdir.
Bo’lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash, uning samaradorligini oshirish shuning uchun ham muhimki, talabalar yosh xususiyatlariga ko‘ra mustaqil faoliyat yuritish va hayotiy maqsadni belgilab olishga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘ladilar. Shuning uchun ham talabalarga ijtimoiy munosabatlarning huquqiy me’yorlarni singdirish ularda nomaqbul xatti - xarakatni sodir etishda himoya qiluvchi mezonlar haqida tasavvur qilish muhimdir.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan fan asoslarini uni amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish uchun quyidagi shart- sharoitlarni yaratishni takozo etadi:
-talabalarda ijodiy pedagoglikka oid madaniyatning shakllanishiga zamin xozirlash;
-yukori malakali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlash, shaxs manfaatlarini qondirishga, ishonchni qaror topishiga erishish;
-fan asoslarni o‘zlashtarishga bo‘lgan ichki extoyoj va qiziqishning yuzaga kelishini ta’minlash;
-me’yoriy xujjatlarga nisbatan xurmatni qaror toptirish; ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, talabalarda ilmsizlikka qarshi kurash tuyg‘usini tarbiyalash.
-bo`lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarni ijodiy shaxs sifatida rivojlanishiga metodik tayyorgarligi yo`nalishlarini ishlab chiqish.
Demak, kasbiy, xususan, metodik ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirishda metodika fanlari bo`yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uning didaktik jihatdan to`g‘ri tashkil qilinishi mantiqan va ijodiy fikrlashga, xodisa va faktlarni tahlil qilishga o‘rgatadi, o‘quv faoliyatiga samaradorlik, o‘qishga — shaxsiy mazmun, butun o‘quv-bilish faoliyatiga — xayrixox intellektual — emotsional xarakter beradi.
Insoniyat XXI asirga qadam qo`ydi. Bu davr axborotlarning ko`pligi texnika va texnologiyalar taraqqiyoti bilan ajralib turadi. Davr bilan hamnafas yashamoqchi bo`lgan har bir inson yuksak intelektual salohiyatga chuqur bilimga ega bo`lishi o`ta muhum axamiyat kasb etmoqda. Etirof etiloyatgan fazilat va jihatlarga ega bo`lishda albatta matematik bilim, matematik tafakkur talab etiladi. Ijtimoyi hayotimizning hech bir sohasini matematik xisob-kitoblarsiz tassavur etish mumkin emas.
Ma’lumki, aksariyat insonlar kundalik ehtiyoj bilan bog`liq hisob-kitoblarda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi va bu qiyyinchiliklar ma’lum bir muommolarni keltirib chiqaradi. Muommoning yechimini ta’lim tizimida, aniqrog`i boshlang`ich ta’lim tizimidan axtarish maqsadga muvofiq. Xalqimiz bejizga “Yoshlikda olingan bilim toshga yonilgan naqsh”, -deb aytishmagan. Shuning uchun bitiruv loyiha ishi mavzusini “Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o’rgatish metodikasi” modulini innovatsion ta’lim texnologiyalar asosida o’qitish” deb tanladik.
Uzluksiz ta’lim tizimida o`quvchi-talabalar matematik savodxonligini shakllantirish va rivojlantirishda boshlang`ich ta’lim bosqichining o`ziga hos o`rni va ahamiyati mavjud. Bunga o`z vaqtida yetarli ahamiyat qaratish o`ta dolzarb masala hisoblanadi.

Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə