O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


«Ekologiya (yunoncha oikos — uy, turar joy



Yüklə 2 Mb.
səhifə43/69
tarix28.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#103404
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

«Ekologiya (yunoncha oikos — uy, turar joy va logos — ta'limot) - organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar: popul-yatsiyalar; biosenozlar; biogeosenozlar (ekotizimlar) va biosfera-ning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o'rganadigan biolo-gik fanlar majmuyi. Ekologiyani organizmlar va ular atrof-muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganadigan fan sifatida ham tal-qin qilinadi». «Ekologiya - yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va tevarak-atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir». Ekologiya termini 1866-yilda nemis olimi E.Gekkel tomonidan fanga kiritildi. Olim tirik organizmlarning atrof-muhit bilan munosa-batlarini belgilash uchun shu atamani taklif etdi. Ekologiyaning fan sifatida yuzaga chiqishi XVIII-XIX asrlarni qamrab oladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida tadqiqotchi — olimlar tomonidan ayrim omillar, ayniqsa, iqlimning kishi organizmiga ta'sirini o'rganish natijasida bu fanga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi. Bugungi kunda ekologiya muammolari umumjahon (umuminsoniyat, umumbashariyat) muammosiga aylangan. Shu sababli, bu masala yechimiga bir, ikki davlat emas, balki o'z atrofimizdagi olam muvozanatini o'ylayotgan ko'pgina davlatlar e'tibor bermoqda. Jumladan, bu muammo yechimi respublikamizda ham davlat siyosati darajasigacha ko'tarilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida yer usti va yer osti boyliklarini, suv manbalarini, o'simlik va hayvonot dunyosini saqlash, qo'riqlash hamda bu moddiy boyliklardan mamlakatimiz taraqqiyotini o'ylagan holda oqilona foydalanish, ob-havoning toza va musaffo bo'lishiga doimo harakat qilish, tabiiy (yer usti va osti) boyliklarni uzluksiz yuksaltirib borishni ta'minlash, atrofimizdagi olamni yaxshilash uchun doimo chora-tadbirlar ko'rib borishimiz ta'kidlangan. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 23-apreldagi «Sog'Iom avlod uchun» Xalqaro nodavlat xayriya jamg'armasini tashkil etish to'g'risida»gi Farmoni, o'shayili «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'Iim-tarbiya konsepsiyasi»ning ishiab chiqili-shi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga davlatimiz hukumatining g'amxo'rligidan dalolatdir. Qadimda ham ekologik muammolarni hal qilishga urinishlar boigan. Ayniqsa, «Avesto»da, Qur'oni Karim va Hadisi shariflarda ham ushbu muammolarga e'tibor berib kelingan. Ekologik tarbiyaga e'tibor yurtimizda oiladan, bog'cha va yaslilardanoq boshlab yuborilgan. Hozirgi paytda umumta'lim maktablarida ham ekologik yo'nalishdagi sinflarning tashkil etilishi va shu-lar asosida litsey va maktablarda ta'Iim-tarbiya ishlarining olib borilishi — yoshlarga maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganligidan dalolatdir. Ekologik joy - ekomuhit - tabiatda tur yashashi mumkin bo'lgan barcha muhit omillari majmuyi.
  1. Ekologik krizis — ekoSogik tanglik - ekologik tizimlar, alohida hududlar yoki biosfera miqyosidagi tabiiy ofatlar: toshqin; yer silkinishi; vulqon otilishi; qurg'oqchilik; dovul; chigirtkalar ofati; yong'in va boshqa holatlar oqibatida yuz beradigan ekologik vaziyat.


  2. Ekologik muvozanat — inson, o'simlik va hayvonlar uchun zarur bo'lgan tabiiy sharoitlar muvozanati.


  3. Ekologik omillar - atrof-muhitning organizmlar faoliyatiga o'ziga xos ta'sir etuvchi ma'lum sharoitlar va elementlar majmuyi.


4.Ekologik madaniyat - kasbiy faoliyatda qaror qabul qilish


uchun ekologik javobgarlikni his qilish tabiat rnuhofazasi sohasidagi
bilimlarga egaligi jahon va hududiy darajada ekologik muammolarni
ochishda qatnashishga tayyorgarlik va boshqalar.
5. Ekologik tanglik xavfi - XX asr davomida texnikaning rivoji, xalq xo'jaligini va kundalik turmushni kimyolashtirish, yer yuzida aholi sonining keskin ko'payishi oqibatida tabiat bilan inson o'rtasidagi muvozanatning buzilishi, yer, suv, havoning inson hayotiga zararli darajada ifloslanishi natijasida paydo bo'lgan holat.
«Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning tabiatga ta'sir etish darajasi ham shunchalik ko'p bo'lar ekan. Aholi sonining tez o'sib borishi natijasida ekologik muammolar ko'payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo (global) muammolar-ga aylanib bormoqda. Yer bag'ridan har yili 120 mlrd tonnadan ortiq turli xildagi xomashyo, qurilish materiallari, yoqilg'ini qazib olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar miqdorining kamayib borishiga sabab bo'lmoqda. Ko'pgina zararli korxonalar, zavodlarning oqar suvga yaqin joylashganligi sababli suv havzalarini toza saqlash muammo bo'lib borayotir. Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salo-matligi yomonlashib, kasalliklar ko'paymoqda. Ekologik tarbiya - talaba-yoshlarning atrofimizdagi olamga, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalashdan iborat. Demak, bundan ekologik ta'lim-tarbiyaning mazmun-mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin, ya'ni umumiy ta'lim-tarbiyaning asosiy va tarkibiy qismlaridan biri boiib, uning yordamida talaba-yoshlarda atrof-muhit va uning muammolari yechimlariga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish hamda ularni kelajakda ekologik tar-biyani olib borishga oid bilim,ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdir.
12.5. Ekologik tarbiyaning maqsad va vazifalari
Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi talaba-yoshlarda atrof-muhit va uning muammolari haqida ongli munosabatni hamda ular bo'yicha optimal yechimlar topish to'g'risidagi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bir qator vazifalarni hal qilishga to'g'ri keladi.
  1. Talaba-yoshlarimizga ekologik tarbiya berishda ularning


    yashab turgan joyi (tabiati) va boyliklarini tejab-tergashga, ularni
    ongli ravishda muhofaza qilishga o'rgatish.
  2. Ekologik madaniyatni shakllantirish. Bu, eng avvalo, oiladan boshlanmog'i lozim. Bu haqda mazkur bobning birinchi paragra-


    fida ma'lumot keltirildi. Talaba-yoshlardagi ekologik madaniyatni shakllantirishda quyi-dagi jihatlarga alohida e'tibor berilib borilmog'i lozim:
  • atrofni ifloslantirish kishilarga kasalliklarini olib keluvchi manba bo'lishligiga;


  • yong'in oqibatlarining tabiatga zarari va yong'in chiqmaslik


    chora-tadbirlarini ko'ra bilishlikka o'rgatish;
  • «suvga tuflama, uni iflos qilma», degan da'vatning mazmun-mohiyatini bilishlikka;


  • gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirmaslik, uning


    mevasidan insoniyat foydalanishligi hayotiy ehtiyoj ekanligi haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga va shu kabilarga.

3.Ekologik savodxonlikni shakllantirish. Bunga talaba-yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda hayotiy misollardan foydalangan ma'qul.


•dam olishga chiqilganda o't-o'lanlarning payhon qilinishi va bu

joylarda shisha siniqlarining qolishi jamiyat, tabiat va kishilar salomatligiga ta'siri oqibatlari haqida talaba-yoshlar ongida tasavvurlarni shakllantirish;


  • daraxtlar, o'simliklar olamiga va hayvonlarga nisbatan murosasizlik bilan munosabatda bo'lish oqibatlarining tabiat va jamiyatga


    zararli ta'sirini talaba-yoshlar ongiga singdirish;
  • zavod va fabrikalardagi zararli chiqindilarning insoniyat taraq-


    qiyotiga ta'sirini va uning oqibatlarini talaba-yoshlar ongiga singdirishning axborot-kommunikatsion texnologiyalarini yaratishga
    erishish;
  • bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi barcha fanlarni o'qitishda


    ekologik tarbiyani olib borish;
  • auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda va ekskursiya hamda


    sayohatlarda ekologik tarbiyani olib borish;
  • fanlarni o'qitishda talaba-yoshlarga ekologik muammolarni


    o'rgatish orqali ularda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan
    oqilona foydalanishga old beriladigan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish,

4. Talaba-yoshlarga ekologiya haqidagi tushunchalar va qonuniyatlar to'g'risida bilim berish. Bunda mehnat muhofazasi, tabiat­ni asrash, noyob jonzotlar ro'yxati, tabiat va atmosferadagi inqirozlar oldini olishga oid tushunchalar va qonuniyatlarga e'tibor beriladi.


Demak, talaba-yoshlar ekologik tarbiyasidan ko'zlangan maqsadlardan biri — bir tomondan - muqaddas Ona zaminimizni ozoda qilib saqlash bo'lsa, ikkinchi tomondan — musaffo osmonimizni aslidagidek saqlashdan iborat. Bu ona diyorimizni obod etishga qo'shiladigan katta hissa bo'lib, uning yordamida talaba-yoshlarda obodonchilik va orastalik, pokizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuomalalik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Bular talaba-yoshlarda quyidagi ekologik qonuniyatlar va tushunchalarni ongli ravishda anglashni kafolatlaydi:

  • tabiat haqidagi tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular


    orasidagi bog'lanish;
  • tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofa­


    za qilish;

atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash;


  • tabiatni kelajak avlodlar uchun qanday boisa, o'shandayligicha


    qoldirishga intiiish va shu kabilar.

12.6. Talabayoshlar ekologik tarbiyasida ma'naviy qadriyatlardan foydalanish


Uzoq tarixga nazar tashlaydigan boisak, Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o'zbeklar ham jahondagi eng qadimiy xalqlardan hisob-ianadi va ular jahon ilmfaniga, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotiga katta hissa qo'shganligining guvohi bo'lamiz. «Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng, ekologik tar-biyada xalq pedagogikasidan foydalanishga katta e'tibor berib kelinmoqda. Milliy tarbiyamizda to'rt narsa - yer, suv, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e'tiqod qo'yib, yozning eng jazirama kunlarida «Suv say!i» o'tkazgan. Ota-bobolarimiz «Suv - tabiat in'omi, hayot manbayi», deb bejiz aytishmagan. Har tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog'-rog'lar yaratishgan. Biz esa suvdan xo'jasizlarcha foydalanishimiz natijasida Orol muammosining tug'ilishiga sababchi bo'ldik. Sirdaryo va Amudaryoning belgilangan yerga to'la yetib bormasligi natijasida bugun O'rta Osiyo uchun ahamiyatli bo'lgan Orolning butunlay yo'qolish xavfl paydo bo'ldi».Demak, talaba-yoshlarga ekologik tarbiya berishda milliy qadriyatlar, urfodatlar, an'analar, marosimlar, nodir qo'lyozmalar va davlat arboblarining ushbu sohaga oid faoliyatlari mustahkam didaktik asos bo'lib, bular orqali ularni atrof-muhitni toza saqlashga, ozodalik-ka, pokizalikka va eng asosiysi sog'lom turmush tarzi hamda muhiti-ni tashkil eta olishga o'rgatiladi.
Ekologik tarbiya yo'nalishlari
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan taraqqiyoti darajasi undagi xalq xo'jaligining turli jabhalariga ta'sir etadi. Bu bora-da o'ziga xos global va raintaqaviy ekologik muammolar ham yuzaga kelaveradi. Bunda global muammolarga Orol fojiasi, Chernobil halokati, Xirosima va Nagasaki shaharlardagi bomba portlashlar ham-da shu kabilar misol bo'la olsa, mintaqaviy muamraolarga zavod va fabrikalardan chiqadigan zararli chiqindilar yoki ma'lum hududdagi tuproq erroziyasi, ba'zi kasalliklarning ko'payishi Va shu kabilarni misol qilib olish mumkin. Shu sababli ekologik tarbiya yo'nalishlari ham turli xil bo'ladi. Quyida ularning ba'zilari to'g'risidagi ma'lumotlar keltiramiz:

  1. Talaba-yoshlarni yashab turgan joyi'dagi tabiatimiz boyliklarini tejab tergashga, uni muhofaza qilishga o'rgatish.


  2. Talaba-yoshlarni o'z o'quv muassasalarini va uning tevarakatroflarini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar ekishga o'rgatish.


  3. Talaba-yoshlarda xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash


    ko'nikmalarini shakllantirish.
  4. Ekologik dunyoqarashni yuksaltirish.


  5. Ekologik madaniyatni shakllantirish.


  6. Ekologik savodxonlikni yuksaltirish.


  7. Talaba-yoshlar ongida atrof-muhit va uning shaxs ma'naviy


    dunyosiga ta'siri haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
  8. Talaba-yoshlar ongida tabiat va uning jamiyat taraqqiyotidagi


    o'rni haqidagi tasavvurlarni paydo qilish.
  9. Talaba-yoshlarga ekologik tarbiya berishda o'quv muassasalari


    va oila o'rtasidagi umumiylik va xususiylik.
  10. Talaba-yoshlar ongida atrof-muhit muhofazasida bolalarning


    vazifasi haqida tasavvur hosil qilish.
  11. Talaba-yoshlar ongida tabiatni muhofaza qilishda ota-ona ibrat na’munasi haqidagi tasavvurlarni hosil qilish.


12.Talaba-yoshlarni oiladagi, o'quv muassasasidagi o'simliklar


va hayvonot dunyosini e'zozlashga o'rgatish, jonivor va qushlarni
parvarish qilishdagi bilim va ko'nikmani yuksaltirish.
13.Talaba-yoshlarga ekologik tarbiya berishda milliy an'ana va

urf-odatlarni tiklashga e'tiborni qaratish.


14.Talaba-yoshlarga ekologik tarbiya berishda to'garaklardan

foydalanish va ularda «Tabiat va inson», «Ekologiya va inson», «Orol


madad so'raydi», «Tabiatni e'zozlaylik», «Suvni muqaddas deb bilaylik» va shu kabi mavzularda davra suhbatlari uyushtirish.
Ushbu yo'nalishlar bo'yicha ish olib borish orqali ota-bobolari-mizning azal-azaldan tabiatga yuksak mehr va ehtirom ko'rsatish-ganligini talaba-yoshlar ongiga singdirish mumkin.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
/. (Iqtisodiy tarbiya» deganda nimani tushunasiz?




  1. Yüklə 2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə